Patriot raketalari Eronga qarshi ishlatilishi mumkin.

282
0

AQSh hukumati o’zining NATO bo’yicha ittifoqdoshi Turkiyaga, uning Suriya bilan chegaralaridagi xavfsizligini ta’minlash uchun Patriot raketa komleksining ikki batareyasini jo’natadi. Raketa batareyalari boshqaruvi NATO nazorati ostida bo’ladi. Patriot komlekslariga hizmat kursatishlik uchun Turkiyaga 400 amerikalik harbiy safarbar qilinadi. Bu haqdagi farmonni AQSh mudofaa ministri Leon Panetta imzoladi.

Turkiya chegarasida hammasi bo’lib oltita raketa komleksi batareyasi joylashtirilishi rejalangan – AQShdan ikki batareya, Germaniyadan ikki batareya va Gollandiyadan ikki batareya. . Bu batareyalar harbiy navbatchilikni 2013 yilning yanvar oyi oxiridan boshlaydi

Turkiyaning chegaralariga bunday raketa komplekslarining joylashtirilishligiga Rossiya qattiq e’tiroz bildirmoqda. Bunday e’tirozning sabablaridan biri – u raketalarning Eronga qarshi harbiy amaliyotlar chog’ida ishlatilishi ehtimoli xavfi bo’lmoqda. Bu haqda “Kommersant” Moskvadagi diplomatik manbaga ko’ra ma’lum qiladi

” Turkiya, Suriya bilan bo’lgan chegaralariga Patriot raketalarini joylashtirish haqidagi NATOga qilgan o’z murojaatini, Suriya armiyasining hujumi ehtimolidan himoya qilish zaruratidangina ekanligi bilan izohlamoqda. Biroq, bizdagi ma’lumotlarga ko’ra, bu harakatlarning ikkinchi, e’lon qilinmaydigan mohiyati bo’lishligi mumkin – Eronga qarshi harbiy amaliyotlarga tayyorgarlik”, -. Aniqladi manba

Rossiyalik mutahassislar fikriga ko’ra, Anqara saltanatida premer Erdoganning islomiy boshqaruvidagi hukumati turgan bo’lsada, NATO ittifoqdoshlari Turkiyani osonlikcha Eronga qarshi harbiy amaliyotga jalb qila olishlari va uni poligon sifatida qo’llashlari mumkin. Turkiya hukumatini bu ishga ko’ndirishga uzoq urinishning hojati yo’q, chunki Eron Asad rejimining eng yaqin ittifoqdoshi, rejimni qulatishga esa Anqara faol harakat qilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.