O’zbek prizidenti I Karimov “bojxona ittifoqi”ga a’zo bo’lish niyatida ekandaligi qanchalik samimiy bo’lishi mumkin.

380
0

 

Karimov, 1999 yil ODKB a’zoligidan bir tomonlama chiqqanini e’lon qilib, so’ng 2006 yil avgust oyida yana qaytadan a’zolikka tikkalangan edi.

2012yil iyun oyiga kelib yana ODKBdan chiqish uchun ariza yozdi. Maqsadi: Rossiyaning manfaatlari uning maqsadlariga zid kelib qolganidan, ya’ni mintaqaga begona xarbiy bazalarni joylashishiga karshi barcha ODKB a’zolarini torta boshlaganidan kelib chiqdi.

Aslida Karimov, AQShni Rossiyadan o’ziga manfaatliroq xamkor deb bilib kelgan. Shuningdek uning barcha xarakatlari, AQShni o’ziga jalb qilish asosiga quriladi.

Rossiya bilan esa, qo’shni davlatlariga bo’lgan Rossiyaning ta’siridan kelib chiqib, vaziyatga bog’liq xolda, ko’proq majburiy aloqalar tiklashga maxkum bo’ladi.

Xozirda ko’rib chiqishimiz lozim bo’layotgan uning xarakatlari xam, ana shunday vaziyat taqozzosidan kelib chiqib, majburiy yoki makkorona, vaziyatdan qutilish uchun qilingan bayonotdir.

Karimov juda yaxshi biladiki, AQSh “bojxona ittifoqi” ga tish tirnog’i bilan qarshi turadi. Klintonning bu ittifoqqa qarshi ochiq bayonotidan bu narsa ayon bo’ldi. Lekin bu urushda Karimovning ishtirok etishi, ikki katta davlat o’rtalarida turib qolishga majbur qiladi. Bu xolat O’zbekistonni, ular uchun g’azablarini to’kish maydoniga aylantiradi. Aslida bu noto’g’ri pozitsiya emas. Lekin bu Karimovning munofiqona, ikkiyuzlamachi xarakatlarining davom etayotganidan darak beradi.

Karimov shu vaziyatda ikki katta davlat o’rtasida siyosiy to’qnashuvlar natijasini kutish pozitsiyasini tanladi. Yaqin kelajakda, AQShning “ipak yo’li” loixasi bilan, Rossiyaning “bojxona ittifoqi” o’rtalarida jiddiy xar tomonlama to’qnashuvlar bo’lishi kutilmoqda. Karimov, Putin bilan suv omborlari qurulishida ikki tomonlama maslaxatlashishga o’tish arafasida turibdi. Lekin uning keyingi xarakatlari, AQShning manfaatlari bilan borishi aniq. Albatta bu maxfiy olib boriladi.

Bojxona ittifoqi atrofidagi vaziyat qanday:

X Klinton o’z bayonotida, bu ittifoq SSSRning yangicha ko’rinishi ekanligini va bu rejimni yana xayotga qaytishiga qarshi qattiq kurashajaklarini aytdi. Kurash xatto mintaqada, (asosan O’rta Osiyo nazarda tutildi) iqtisodiy portlashni taqazzo etsa, shundan xam tab tortmasligini ochiq bildirdi.

O’z navbatida Putin xam bunaqangi taxdidlarga qarshi qattiq turishini ifoda etuvchi bayonot bilan chiqdi. Bu borgan sari taranglashib borayotgan xolat, O’rta Osiyoda uningsiz xam vaximali bo’lib borayotgan vaziyatni yana keskinlashtiradi.

Shuning uchun ushbu xolat, O’zbekiston va shunga o’xshash qo’shni davlatlarni xam, Karimovnikiga o’xshash pozitsiyani tutushga majbur qilmoqda. Xozirda bular o’z taqdirlarini AQSh va Rossiya qo’liga topshirib, peshonamizdan ko’rdik deb tek o’tirishdan boshqa choralari qolmay borayabdi. Sababi esa, bu katta va kichik davlatlarning bir birlari bilan kurashish uslublari bir, lekin imkoniyatlari xar xil. Shuning uchun, deyarli barcha imkoniyatlar qo’llarida bo’lgan etakchi davlatlar, bizlarni xalqaro siyosatdagi demokratiyaga asoslangan siyosiy imkoniyatlarimizning tor va chegaralanganligidan foydalanib, xatto o’zlarimizning xayotiy masalalarimiz bo’lgan maydonlarda xam, tanlash ixtiyorini qoldirayotganlari yo’q.

Vaziyatdan qutulishning yagona yo’li:

Asosan musulmonlarning boshiga tushub turgan xorlikdan qutulishning yagona yo’li, bizlar mutloq imkoniyat va qudrat egasi bo’lgan tariqat asosida kurash uslubini tanlash bilan amalga oshadi.

Bu esa bizlardan Islomni Mabda’ sifatida tushunish va uni xayotimizdagi muammolarni echishi kerak bo’lgan yagona asos deb tan olish bilan amalga oshadi. Assalamu alaykum.

Abu Ali.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.