Falastinliklar uchunchi intifoda e’lon qilishdi.

395
0

 

Falastinliklar uchunchi intifoda e’lon qilishdi.

Xevron (Xalil) shaxri falastinliklari internetda “Milliy ittifoq Batalionlari” tuzulganligi haqida video tasma tarqatishdi. XAMAS, FATH, Islomiy jihod hamda Falastin ozodligi xalq Fronti tashkilotoarining a’zolari etakchiligidagi bu “Batalionlar” Isroilga qarshi kurash olib boradi.

Bu yangi tashkilot o’zining video murojaatida, Falastinning BMTga a’zo bo’lmagan holda kuzatuvchi-davlat sifatida tan olinishligiga rozi bo’lsada, biroq “butun Falastinni – dengizdan daryogacha” qayta tiklash uchun kurashishligini takidlagan.

“Bu uchunchi intifodaning boshlanishi. U Xevron qalbida vujudga keldi va butun Falastin bo’ylab yoyiladi”, – deyiladi murojaatda.

Tashkilot vakillari, agar Isroil falastinliklarni qamashlikni davom etdirsa, “Batalionlar” TSAXAL askarlarini o’g’irlab ketishlik, hamda agar isroilliklar Falastin xalqini o’ldirsa, ular isroilliklarni o’ldirishlik bilan tahdid qilishgan.

Shuningdek, bir qator talablar e’lon qilingan. Bular – Iudeya va Samariyadan TSAXALning barcha harbiy bo’linmalarini olib chiqib ketish va barcha tekshirib o’tkazish punktlarini yopish; isroil turmalaridagi falastinlik mahbuslarning barchasini ozod qilish; Falastinning barcha erlaridan isroilning chiqib ketishligi; Xevron aholisiga hujumlarni to’xtatishlik; 26 noyabr kuni BMTda o’tgan ovozga qo’yishlikdan keyin Isroil to’xtatib qo’ygan Falastin ma’muriyatiga kelayotgan barcha mablag’larni qaytarib berish; barcha chegara postlarini ochib tashlash va G’azo sektoriga elektr va suv ta’minotini etkazib berish.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.