Jahon Banki Tunisga 500 mln sarmoya ajratdi

553
0

Tunis Investitsiyalar va Xalqaro hamkorlik vaziri Riyoz Butayyib Jahon Banki joriy yilda davlat byudjetini qo’llab-quvvatlash uchun Tunisga 500 mln dollar sarmoya ajratganini ma’lum qildi.

Ma’lumki, yuz bergan siyosiy beqarorlik sababli Tunis iqtisodida bir qancha muammolar paydo bo’lgan.

Turkiston:

Jahon Banki boy katta davlatlarning manfaatlarini kafolatlash uchungina vujudga kelgan. Shuni qattiq ta’kidlash lozimki, Jahon Bankining faoliyati moliyaviy vositalar orqali bajariladigan siyosiy faoliyat hamdir. Katta davlatlar iqtisodi kengayib, jahondagi ko’p mintaqalarni qamrab olishi Jahon Bankining qo’llab-quvvatlovi bilan amalga oshmoqda. Natijada rivojlanayotgan davlatlar xom ashyo, tabiiy boyliklar, eng avvalo neftga boy bo’la turib, qurbon bo’lmoqda.

Jahon bankidan tashqari BMT, Xalqaro valyuta jamg’armasi, Arab ligasi, uning sammitlari, OPYeK tashkiloti, barcha xalqaro yig’inlar, harbiy va iqtisodiy ittifoqlar va shartnomalar kofirlar nufuzining saqlanib qolinishi uchun ummat qo’liga taqilgan kishandir. O’zini AQSh zulmidan himoya qilish uchun bunday hay’atlar, tashkilotlar va yig’inlardan yordam so’ragan kishi yomg’irdan qochib do’lga tutilgan kabidir.

Iqtisodiy yordamlar ko’rsatishdan ko’zlangan maqsad – yurtni Amerika karvoniga bog’lab olish va yordam ko’rsatilgan yurtni qashshoqlashtirish. Chunki Amerikaning ko’rsatgan yordami yordam ko’rsatilgan yurtni qashshoqlashtirish va uning ustidan iqtisodiy hamda siyosiy hukmronlikni yoyish, uni qarzlar bilan kuchsizlantirish va insonlarni och-yalang’och qilishning vositasidir. Bu ishlar natijasida insonlar hokim tuzumga qarshi namoyishlar va qo’zg’olonlar qiladilar. Shu payt Amerika «ochlik, qiyinchilik va qashshoqlikni bartaraf etish» uchun aralashadi. Aynan mana shu maqsadda AQSh mahalliy, mintaqaviy hamda Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg’armasi kabi tashkilotlarni ishga soladi.

Abduraxmon:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.