Kim xohlasin-xohlamasin, bosh tortsin-bosh tortmasin, Xalifalik davlati albatta barpo bo’lajak

528
0

 

«Vatan» gazetasi 2012 yil 13 noyabr kungi sonida «Misr Xavfsizlik xizmati Xalifalikka chaqiruvchi tarmoqlarga xujum qilish uchun Mursiy ruxsatini kutmoqda» nomli maqola chop etdi. Undan bir kun avval ham ayni gazetada xavfsizlik xizmati Xalifalikka da’vat qiluvchi bir tarmoq payidan tushishga, buning ortidan «Nusrat shahri tarmog’i»ga bostirib kirishi jarayonida «Misrni fath qilish xartiyasi» degan narsani ashyoviy dalil sifatida qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lgani xabar qilingan. Gazetada ayni xartiya Misrda islomiy Xalifalik e’lon qilishning ijroiy rejalarini o’z ichiga olgani aytiladi.

Ushbu xabarga izoh sifatida Hizbut Tahrirning Misrdagi matbuot bo’limi quyidagilarni ta’kidlaydi:

Aftidan, Xalifalik va uni barpo qilishga harakat qilish masalasi qo’zg’olondan so’nggi rejimning hamda rejim ortida turgan Amerikaning e’tiboriga tushgan ko’rinadi. Zero, tog’ut va zulm davlati bo’lgan Amerika Misrdagi xavfsizlik xizmatiga muhim ma’lumotlar etkazib turib, «Nusrat shahri tarmog’i» deb atalgan tarmoqni qo’lga olinishiga o’z xissasini qo’shdi. Buning boisi shundaki, ular Ummatning Xalifalik talabiga qattiq yopishganini, nomini eshitishdan ham qo’rqishayotgan Xalifalik davlatini barpo etish uchun faoliyat qiluvchi Hizbut Tahrirning Misrdagi harakatini ko’rishyapti. Biz ularni ushbu davlatni barpo qilish uchun faoliyat qilayotgan shaxslarni qurolli harakat qilish bilan bog’lashga urinishayotganini hamda shu orqali odamlarni ulardan va Xalifalik nomini tilga olgan kishilardan qo’rqitmoqchi bo’layotganini ko’rishiz mumkin.

Xavfsizlik xizmati va Ummatning mana shu xizmat ortida turgan dushman tarafidan bunday iflos reja tuzilayotgani hayron qoladigan ish emas. Ammo hayron qoladigani shuki, Xalifalikni va unga harakat qilayotganlarni – ayniqsa, Anvar Sadat va Husni Muboraklar zamonida Islom davlatini barpo qilish yo’lida kurashganlarni – mana shunday nomini qora qilish ishiga aynan islomiy oqimdagi kishilar hissa qo’shishdi. Misol uchun, «Vatan» gazetasida nashr qilingan maqolani, izoh sifatida keltiradigan bo’lsak, islomiy jamoa etakchisi Karm Zuhdiyni bunday so’zlarini eshitamiz: «Xalifalikni qayta jonlantirish to’g’risida takror gapirilayotgan so’zlar quruq shiorlardan o’zga narsa emas. Uni qayta jonlantirish amri mahol ish, chunki u bugungi asrga yaramaydi. Misr kabi musulmonlar viloyatlaridan bitta viloyatda Xalifalik e’lon qilinishi amri mahol ishligini aytmasak ham bo’ladi. Biz bor yo’g’i Yevropa Ittifoqiga o’xshash biror ittifoq tiklashimiz mumkin, xolos». Zuhdiy «odamlarni bunga o’xshash yangi davlatlar bilan mashg’ul qilish o’rniga, ochlarni to’ydirish, kasallarni davolash va ishsizlarga ish topib berish»ni talab qildi. Xo’sh, bu shayx faqat shiorlar deya kurashayotgan bo’lsa, biz kechayu kunduz anavi ilmoniylar va ularning malaylaridan eshitib turganimiz bunday gapni gapirishga uni nima majbur qildi ekan?!

Kamol Habib bo’lsa, bunday deydi: «Islomiy Xalifalik to’g’risidagi fikr go’dakcha fikr. Chunki jihodga chaqiruvchi jamoalar Xalifalik odamlar muammolarining echimi degan e’tiqoddalar. Aslida Xalifalikning siyosiy va ijtimoiy voqei bo’lib, biz yashayotgan voqega tamoman ziddir». Mana shu gapning o’zi go’dakcha emasmi? Nahot bu g’ayratli mujohid odam shu darajaga etib borib, shar’iy hukm va ilohiy farz bo’lgan narsani «go’dakcha», deya baholayotgan bo’lsa?! Bundan ham ajablanarlisi, Alloh rahmat qilsin shayx Umar Abdullohning o’g’li Amerika elchixonasi yaqinida 9 noyabr kungi «shariatni tatbiq qilish jumasi»da odamlarga Hizbut Tahrirdan va uning Xalifalikka qilayotgan da’vatidan ehtiyot bo’lish to’g’risida so’zladi hamda ulardan bunday hizbdan voz kechib, bunday «yolg’on» shiorlarga aldanib qolmaslikni talab qildi. Bu hayron qoladigan g’alati narsa emasmi?! Bizga nega bunday ehtiyot bo’lishga chaqirayotganini aytsa edi? Buni «shariatni tatbiq qilish jumasi»ga nima aloqasi bor? Ha,

 

«Zero, ko’zlar ko’r bo’lmaydi, biroq ko’kraklaridagi qalblar ko’r bo’ladi» [Haj 46] degan so’z naqadar haqdir.

Sharif Zoyid

Hizbut Tahrirning Misr viloyati matbuot bo’limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.