O’rta sharqdagi siyosiy beqaror vaziyatlar isroilliklar orasida muntazam tashvish o’yg’otmoqda

341
0

O’rta sharqdagi siyosiy beqaror vaziyatlar isroilliklar orasida muntazam tashvish o’yg’otmoqda. Bu ish qo’shinni voqelik bilan birga amaliy muomalada bo’lish uchun yangi strotegiya haqida bahs qilishga undadi.

Harbiy ishlar bilan shug’ullanuvchi kotib Umayr Raboburt maorif gazetasi bilan “er qimirlagan paytda”, nomi ostida o’tgazgan suhbatida arab olamidagi muhit va undagi o’zgarishlar hamda har qanday ehtimoliy holatlarga Isroil armiyasining tayyor emasligini ikir-chikirigacha ta’riflab berdi.

Kotib quyidagi so’zi bilan holatni qisqacha bayon qildi: “sharqdagi zayif hududlar holdan toyib qolgan bir paytda shimolda Suriya prezidenti Bashar Asad qulashiga oz qoldi. Bu esa Iordaniya qiroli Abdulloh ikkinchi va Falastin prezidenti Mahmud Abbosga tahdid tug’diradi”.

Ammo janubda esa – qo’shimcha qiladi kotib – Isroil regional ittifoqdoshlarini yo’qotayotgan bir vaqtda Misr prezidenti Muhammad Mursiy g’azabnok jamoa qarshisida turishga majbur bo’lmoqda. Amerika rag’bati yo’qligi sababli yoki avvalgidek bu mintaqaga o’z xohishini majburlab tiqishtirishga qudrati etmasligi tufayli bu ishga aralashish uchun shoshilmayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.