Falastinga BMTdagi kuzatuvchi-davlat mavqei berishlik qarorining loihasi tayyor bo’ldi.

543
0

BMT Bosh Assambleyasining Falastinga xalqaro tashkilotdagi kuzatuvchi-davlat mavqei berishlik haqidagi qarori loihasi tayyor. Loiha bir necha arab mamlakatlari guruhi tarafidan tayyorlangan va u 29 noyabr kuni, Falastin xalqi bilan Xalqaro birdamlik kunini nishonlab o’tkazadigan BMTning plenar yig’ilishida ko’rib chiqiladi.

Qaror loihasi Falastinga BMT tizimidagi, huquqlari va imtyozlari cheklanmagan kuzatuvchi-davlat mavqeini berishlikni taqdim qiladi. Hujjatda, shuningdek Falastin ozodlik Tashkilotining falastin xalqi vakili sifatida o’ynayotgan roliga ham keng yo’l ochib berishlik aytilgan.

Undan tashqari, hujjat falastinliklarning Yaqin Sharq nizosini ikki davlat barpo qilish asosida hal etish tarafdori ekanliklarini tasdiqlaydi, ya’ni – Isroil davlati va uning bilan tinch qo’shnichilik qilayotgan, mustaqil, daxlsiz, demokratik, mukammal va yashashlikka qodir Falastin davlati. Hujjatning bu bandidagi hol, Falastin milliy idorasining qilayotgan harakatlariga, falastinliklarning o’z mavqeini belgilab olishligi BMTdagi birtaraflama harakatlar asosida emas, muzokaralar asosida amalga oshishi kerak, deb xisoblashayotgan AQSh va Isroilning bergan tanqidiga javob tariqasida bo’ldi.

Ayni vaqtda BMT rasmiy hujjatlarida “nodavlat vujud” sifatida qayd qilinib kelinayotgan Falastin mavqeini ko’tarish masalasini 29 noyabr kuni ko’ndalang qo’yish niyatini, Falastin milliy idorasining raisi Mahmud Abbos ham bildirdi.

Agar muvoffaqiyatga erishilsa, falastinliklar xalqaro maydonga, Isroil tarafidan bosib olingan davlatda yashayotganligi shikoyati bilan chiqa oladilar. Bu narsa esa, Falastin unga tegishli hududlarni ozod qilib berish talabi bilan Xalqaro sudga murojaat qila olishligini bildiradi.

2011 yili Falastin milliy idorasi (FMI) Falastinni BMTning to’la huquqli a’zosi deb tan olishliklarini so’rab bayonnoma bergan edi. BMTga a’zo davlatlarning aksariyati tarafidan Bosh Assambleyada qo’llab-quvvatlovga erishgan FMI, Xavfsizlik Kengashida rad qilingan. Mazkuriy masalalar bo’yicha yakuniy qaror qabul qiladigan Xavfsizlik Kengashidagi ovoz berish jarayoni AQSh tarafidan to’sib qo’yilgan.

Falastin Avtonomiyasi namoyondalari o’tgan payshanba kuni e’lon qilgan hujjatda takidlanishicha, bugungi kunga kelib Birlashgan Millatlarning 132 a’zo-davlati Falastinni davlat sifatida tan olgan.
Turkiston:
Biz musulmonlarning soddaligimizning cheki bormikin? Turkiyani YeIga a’zo bo’lasan deb, qariyb yigirma yil aldab kelishdi. U esa shu xo’rakka etish ilinjida qanchadan qancha Islomiy qadriyatlardan voz kechibgina qolmay, ularning o’rinlarini kufrning iflos urflari bilan to’lg’azdi.

Bundan tashqari musulmon o’lkalardan uzoqlashib, iqtisodini ham evrostandart asosiga qurishga intilib dabdala qildi. Natijada o’z xalqini Yevropaning, xossatan Germaniyaning qora xizmatkori bo’lishga intilib yashashiga erisha oldi xalos.

Kufr xalqaro qonunlari bizlarni shunday xor qildiki, Nigeriya kabi mamlakatda musulmon birodarlarimiz ochlikdan o’lishayotgan bir paytda, dunyoning boshqa yog’idagi musulmonlar yordam bera olmaymiz. Mali yoki Afg’onistonda begunox musulmonlarni qirishayotgan bir paytda, boshqa musulmon davlatlari aralashishdan, kufrning qora daftariga tushib qolishdan qo’rqamiz

Falastin masalasi, Masjidul Aqsoning borligidan yagona umummusulmon muammoimiz deb tan olib kelinar edi.

Yuqoridagi Abbosning bir necha yillardan beri olib borayotgan xarakatlari, Falastin muammosini BMT orqali AQSh boshchiligidagi xalqaro tashkilotining muammosiga aylantirishga qaratilmoqda.

Maqsadlari ham, uslublari ham xuddi ilgarigilaridan o’zgarmagan: Falastin muammosini ham musulmonlarning diqqatlaridan uzoqlatish uchun ularda o’sha tashkilotlardan umid paydo qilish, shuning bilan ularni kutish pozitsiyasiga o’tqazish.

Xoin Abbos va uning xojalari, Falastin erlari uchun izroil bosqinchilarini quvib chiqarish uchun ketayotgan kurashni, izroildan ajrab chiqishga intilayotgan mustaqillik uchun xarakatga aylantirishga urinmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.