Angliya poytaxtida Islom qadriyatlari himoyachilari.

365
0

London shaxrining ba’zi qismlarida bir necha xaftadan buyon Islom ananalariga sodiq qolib ularga hattoki horijda ham rioya qilinishligini xohlagan fidoiylar ishtirok etayotgan “Shariat navbatchilari” guruhlari faoliyat olib bormoqda. Bu haqda Skotlend-Yard bayon qiladi.

Ma’lum qilinishicha, Islom yoshlarining radikal vakillari “navbatchilik” qilgani asosan poytaxtning markazdan chekkaroq rayonlariga qosh qoraygach chiqmoqda. Ular londonliklarning “nomunosib hatti-harakatlaridan musulmonlar mahallalarini himoya qilmoqda”. Nomunosib hatti-harakatlar jumlasiga alkagol ichimliklarini ichishlik, shahvatni uyg’otuvchi kiyimlar kiyish yoki shu mavzudagi reklamalar kiradi.

“Navbatchilar” o’tkazgan o’z amaliyotlarini videoga olib, so’ngra uni internet tarmog’ida namoish qilishadi. Shunday videolarning birida faollar pivo ichib turgan bir kishini qo’lidagi ichimligini to’kib yuborishga majburlashgan. “Bu er musulmonlar mahallasi, bu erda alkogol ichimligi ichish man qilingan”, – deydi ular.

Bundan tashqari ular avratlarni ochgan kiyimlarni namoish qilgan reklamalarni qora bo’yoq bilan suvab tashlashmoqda.

Bu faollar ustidan tushayotgan arznomalar mahalliy hukumatni, ayniqsa London shaxrining sharqiy qismida politsiya nazoratini kuchaytirishga majbur qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.