“Bizni tojiklar va qirg’izlar bilan hech kim urishtira olmaydi

721
1

 

” CA-NEWS axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, Islom Karimov 18 yanvar kuni Toshkentda bo’lib o’tgan hukumat yig’ilishida hech qanday sirtqi kuchlar O’zbekiston, Tojikiston va Qirg’iziston xalqlari o’rtasiga adovat urug’ini sepa olmaydi, deya ta’kidladi. Davlat rahbari qo’shnilar bilan ziddiyatlarni keltirib chiqarayotgan muammolarni bartaraf etishga va’da berdi.

“Ushbu muammolar faqatgina bizga taalluqlidir. Biroq shundaylar borki, ular oramizdagi ziddiyatni keskinlashtirishni xohlashadi. Va ular bizga maslahat beradilar: “Mana ular sizlarga qarshi bunday qilishdi, sizlar ham ularga javoban zarba beringlar”, deb. Va bu kabi diversant-maslahatchilar juda ko’p. Nega degan savol tug’iladi? Oddiy xalq bularning barchasidan xabardor va bu haqda bizdan ko’proq narsani biladi. Gap shundaki, Markaziy Osiyo mintaqasida 5ta suveren davlat joylashgan, va biz ularning suvereniteti va mustaqilligini, o’zimizni hurmat qilgandek hurmat qilamiz. Agar gap bizning dinimiz – islom haqida, umuman qadriyatlarimiz xususida ketsa, bizni ajratuvchi kuchning va imkoniyatning o’zi yo’q. Biroq shunday tashqi kuchlar borki, ular oramizda adovat alangasini yoqib, buni chetda turib kuzatishni, va bu anglashilmovchiliklarda o’zimiz bilan o’zimiz ovora bo’lib qolib, taraqqiyotdan ortda qolishimizni, O’zbekiston, Qirg’iziston yoki Tojikistonga, jami butun Markaziy Osiyoga hech qanday investitsiyalar kelmay qolishini istashadi. Bizni tilamchilarga aylanib qolishadi, o’z mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatini boy berib qo’yishadi, va bizning mahsulotlarimizni sotib olishga majbur bo’ladilar deya fikr yuritishadi. Tushunyapsizlarmi nima haqida gapirayotganimni, yaxshi fahmlab turibsizlar buni. Bularning asosida nimalar yotibdi? Hech kim ularni diversiyaga oid kuchlar deb atayotgani yo’q. Ular shunchaki yordamchilar, vositachilardir. Bilasizmi dallollar qaerda kerak – bozorda, ular savdogarlarni o’zaro murosaga keltiradilar. Siyosatdagi vositachilar bo’lsa o’z manfaatlarini ko’zlashadi. Men ochiq aytib qo’yishim kerak, bu mintaqada tinchlik, o’zaro hurmat bo’lmog’i lozim. Biz minglab yillardan buyon qirg’izlar, tojiklar, turkmanlar va qozoqlar bilan yonma-yon yashab kelganmiz. Va bizni hech kim ajrata olmaydi”, – deya ta’kidladi Islom Karimov.

Abduraxmon:

1 izoh

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.