Jinoyatkor Rossiya Hizb ut-Tahrirning Yutubdagi videolariga hujum qilmoqda

419
0

Jinoyatkor Rossiya Hizb ut-Tahrirning Yutubdagi videolariga hujum qilmoqda

Hizb ut-Tahrirning aʼzolari va faollari elektron aloqa saytlari va internet tarmoqlarida Islomning sof pokiza daʼvatini tarqatmoqdalar hamda jinoyatkor kofirlarning musulmonlarga qarshi rejayu makrlarini fosh etmoqdalar. Ular shuningdek, hukmdorlarning Ummatga qarshi shu kofirlar bilan til biriktirishganini hamda uning manfaatlariga qarshi shu kofirlar tomonga oʻtib olishganini fosh qilishda ham shu tarmoqlardan foydalanib kelmoqdalar. Aftidan, yigitlarning bu faoliyati Gʻarb, uning tobelari va malaylari halovatini, hatto AQSh vakili sifatida Shomda har kuni musulmonlar qonini daryo qilib oqizayotgan Putin davlati tinchini buzayotgan koʻrinadi! Hatto, qurbon hayitidagi takbir hayqiriqlari ostidagi yurishlar ham ularni bezovta qilmoqda!

Bir necha oydan beri bizga Yutub shirkatidan rasmiy maʼlumotnomalar kelmoqda. Bu maʼlumotlarda bildirilishicha Rossiya Federal xavfsizlik xizmati “Hizb ut-Tahrirning Axborot kanallari”, “Quddusi Sharifdan nidolar” va boshqa turli kanallarida joylashtirilgan koʻplab videomateriallari ustidan Yutubga shikoyat qilgan. Oʻshandan keyin bir hafta oʻtar-oʻtmas bir necha videomateriallarimizga toʻsiq qoʻyilib, Rossiya hududida yashovchilarni ayni kanal va materiallarni koʻrishdan mahrum qilindi.

Qarangki, toʻsiq qoʻyilgan materiallar – orasidagi bitta materialdan tashqari – barchasi arab tilida edi… Bu esa demak, jinoyatchi Putin davlati taqiqlashni bir zum ham toʻxtatmagan holda hujum olib borayotganini koʻrsatmoqda.

Yana kuzatish mumkinki, xavfsizlik xizmati boshqa materiallarga nisbatan koʻp koʻrilayotgan videomateriallarni taqiqlashni qasd qilmoqda. Hatto bu materiallar bir necha yil avval joylashtirilgan boʻlsa ham, hatto daʼvatchi birodarlardan birining taʼziyasi toʻgʻrisida boʻlsa ham toʻsiq qoʻyilgan. Bundan chiqdi, turli olamshumul kanallarimizni taqiqlangan kanallar qatoriga qasddan majburan kiritishmoqchi. Bu hol oldin ham bir necha bor kuzatilgan. Masalan, Hizb ut-Tahrir amiri ulugʻ olim shayx Ato ibn Xalil Abu Roshta hafizahullohning Feysbuk sahifasi yopib qoʻyilgan.

Endi, bularning navbatdagisi rus Federal xavfsizlik xodimlarining Tvitter tarmogʻi maʼmuriyatiga shikoyat qilib, Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi raisi Usmon Baxxosh hisobini yopib qoʻyishni talab qilishlari boʻldi. Ularning daʼvosicha, Usmon Baxxoshning Tvitterga joylashtirgan materiallari zoʻravonlikka va rus hukumatini agʻdarishga gijgijlar emish, bu esa rus qonuni boʻyicha jinoyat sanalarmish. Ha, buning ajablanarli joyi yoʻq. Chunki ilgari “Sahihi imom Buxoriy”, “Arbaina navaviya”, “Hisnul muslim” kabi kitoblarga taqiq qoʻygan ham mana shular boʻladi va bu Kremьlning oʻrgimchak toʻridan ham nozik ekanini namoyon etmoqda. Chunki bu haq ovozini eshitishga toqat qilolmaydigan va avvalgi diktator rejimlar holi nima kechganidan saboq olmay, mana shunday behuda harakatlari bilan haq nurini oʻchirishga chiranayotgan Putinning stalinchi rejimidir.

Shu oʻrinda biz Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi aʼzolari quyidagi ikki narsani taʼkidlaymiz:

Birinchi: Jinoyatkor Putin davlati ham, uning ortida turganlar ham shuni yaxshi bilib olishsin: ularning bugun Shomda sodir etayotgan, kecha Afgʻoniston, Checheniston va Kavkazda sodir etgan vahshiy jinoyatlari, Rossiyada daʼvatni yetkazayotgan kishilarni quvgʻin qilishlari, musulmonlarni faqat Islomga daʼvat qilishgani uchungina jinoyatchilikda ayblab, qamoqqa tashlab, qiynoqlarga solib, oʻrmon qonunini joriy qilishlari, endi esa internetda Hizb ut-Tahrirga aloqador boʻlgan barcha narsalarga taʼqibu taqiqlar qoʻyishlari… bularning hammasi bizni faoliyatdan hargiz toʻxtatolmaydi. Bu taqiqlar daʼvat yetkazayotgan barcha birodarlarimizning Rus rejimining ogʻiz ochirmaslik siyosatiga va toʻxtovsiz harbiy, moddiy, siyosiy, fikriy terrorchiligiga qarshi qatʼiyatini, kurashuvchanligini yanada ziyoda qiladi.

Ikkinchi: biz video daʼvatlarimiz sonini oshirib, ilgargidan ham bir necha barobar koʻproq joylashtirishga harakat qilamiz, hatto ularning hammasini rus tiliga tarjima qilamiz. Bu ishlarda avvalo, Alloh Subhanahu va Taoloning madadiga, qolaversa, xolis musulmonlar yordamiga tayanamiz. Zero, bu xolis musulmonlar oʻz dinlarini qizgʻanuvchi kishilar boʻlib, ular Putinning hamda Islom va musulmonlarga qarshi urushda barcha chegaralarni hatlab oʻtayotgan kufr davlatlarining va boshqa zararkunanda davlatlarning jinoyatlaridan nafratga toʻlgan kishilar.

Biz Islom va musulmonlar borasida qaygʻuruvchi barcha kishilarni bu kampaniyada ishtirok etib, saytlarimiz va turli xil kanallarimizga boʻlgan ziyoratlarini kuchaytirishga hamda kommentariylar tashlab, davomiy suratda ishtirok etib turishga chaqiramiz.

Shuningdek, biz Alloh Subhanahu va Taolo xojamiz boʻlib, nusrat berishiga aniq ishonchdamiz. Zolim va jinoyatkorlar taqdiri halokat ekaniga ozgina ham shubha qilmaymiz.

إِنَّ مَوْعِدَهُمُ الصُّبْحُ أَلَيْسَ الصُّبْحُ بِقَرِيبٍ

“Ularga vaʼda qilingan vaqt subhdir. Subh yaqin emasmi?!” [Hud 81]

Alloh Taolo aytadi:

يُرِيدُونَ لِيُطْفِئُوا نُورَ اللَّهِ بِأَفْوَاهِهِمْ وَاللَّهُ مُتِمُّ نُورِهِ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ

“Ular Allohning nurini (yaʼni Islomni) ogʻizlari (yaʼni behuda gaplari) bilan oʻchirmoqchi boʻlurlar. Alloh esa, garchi kofirlar istamasalar-da, Oʻz nurini (yaʼni dinini) toʻla (yaʼni har tarafga) yoyguvchidir” [Sof 8]

Usmon Baxxosh

Hizbut Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi raisi

Manzil: al­Mazraa – “Kolumbia Tsentr” – blok b – ikkinchi qavat

Pochta qutisi 14­5010

telefon: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.