«Aqlsiz kimsalarga mollaringizni berib qo‘ymang»

225
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

وَلاَ تُؤْتُوا السُّفَهَاء أَمْوَالَكُمُ

«Aqlsiz kimsalarga mollaringizni berib qo‘ymang»

Zararkunanda hukmdorlar bunga misoldir

Al-Jazira net veb-saytida (hijriy 1443 yil 18 muharram, milodiy 2021 yil 26 avgust payshanba kuni) bunday xabar tarqaldi:

«Qatar yangi avlod «G‘-15» qiruvchi samolyotlarining birinchi partiyasini qabul qilib oldi. Bu samolyotni AQSh va «Boeing» kompaniyasi Qatar hamkorligida ishlab chiqargan.

Taqdimot marosimi kecha, chorshanba kuni AQShning Missuri shtatida, Qatar mudofaa vaziri Xolid Atiya ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Atiya Qatarning ayni samolyotlarni mudofaa maqsadida sotib olganini ta’kidladi.

Atiya bu yangi samolyotlarning oldingi samolyotlar oilasiga nisbatan yuqori jangovar texnik xususiyatlari hamda tezligi bilan farq qilishini ma’lum qildi.

Ma’lumki, Qatar 2017 yilda eng yangi texnik vositalar bilan jihozlangan kamida 30ta ayni turdagi qiruvchi samolyotlar sotib olish to‘g‘risida Vashington va «Boeing» kompaniyalari bilan shartnoma imzolagan.

Missuri shtatidagi «Boeing» kompaniyasida o‘tkazilgan taqdimot marosimida nutq so‘zlagan amerikalik rasmiylar AQSh-Qatar hamkorligini hamda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yuqori baholadilar. Zero, bu sheriklik yangi avlod hisoblangan «G‘-15» rusumli samolyotlarning ishlab chiqarilishiga olib keldi. Shuningdek, mutaxassislar ham bu rusumdagi samolyotlarni hujum yoki mudofaa holatlarida bo‘lsin, tez manyovr qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan eng yaxshi qiruvchilardan deya baholadilar».

Roya:

Fors ko‘rfazi davlatlari, garchi qo‘llarida shunday ulkan qurol arsenallari mavjud esa-da, biroq Islom va musulmonlarning dushmanlariga, xususan, muborak Falastin zamini bosqinchisi yahudiylarga qarshi bir bo‘lib zarba berish imkoniyati ularga berilmadi. Shunday bo‘lgach, mudom ular o‘z dushmanlariga qarshi qo‘llashga ruxsat berilmas ekan, ulardan nima foyda?! Agar Qatar hukmdorlari o‘z mamlakatlarida o‘zlari mustaqil bo‘lib, amalda siyosiy istakka ega bo‘lib, o‘zlarining taqdiriy masalalarini o‘zlari hal qilganlarida edi, ushbu milliardlab dollarlarni bunday foydasiz qurol-aslahalarni sotib olishga behuda sovurish o‘rniga to‘g‘ri yo‘lga, ya’ni, og‘ir sanoat zavodlari qurish va haqiqiy jangovar tizim ishlab chiqarishga sarflashgan bo‘lur edi. Ana shunda siyosiy istaklariga o‘zlari ega bo‘lib, rael qarorlar qabul qilishgan bo‘lardi. Biroq, itoatgo‘y ruvaybizalarga bunday qarorlar qabul qilish qayoqda ham bo‘lsin. Axir, ular G‘arb davlatlariga malay bo‘lib, o‘shalardan vazifa olishyapti hamda g‘arblik xo‘jayinlari talablarini zarracha qoldirmay bajarishyapti.

Roya gazetasining 2021 yil 8 sentyabr chorshanba kungi 355-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.