Afg‘oniston va Tolibon Aldov va javobgarlik

394
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Afg‘oniston va Tolibon

Aldov va javobgarlik

Ustoz Sayfulloh Mustanir

Hizb ut-Tahrirning Afg‘onistondagi matbuot bo‘limi raisi

Barcha mutakabbir bosqinchilarning Afg‘onistonda sharmandalarcha mag‘lubiyatga uchraganini tarixning o‘zi isbotlagan. O‘tgan 42 yilning o‘zida dunyoning eng katta qudrati (Sovet Ittifoqi hamda AQSh va uning NATOdagi ittifoqchilari) ayni shu zaminda mag‘lubiyat alamini totishga majbur bo‘ldi.

Misol uchun, bundan yigirma yil muqaddam Amerika Afg‘onistonning haqiqatidan ko‘z yumib, uning tarixini, mashaqqatli (notekis) erlarini, qabilaviy oddiy turmush tarzini, shuningdek, afg‘on xalqining jihodi va qurbonliklarini nazarga ilmadi. Eng muhimi, ushbu zamin ahlining o‘z e’tiqodlari bilan faxrlanishlarini e’tiborsiz qoldirdi. Bularning barcha-barchasini bilsa-da, takabburlik bilan Afg‘onistonga hujum qilib, bosib oldi!

Amerika  aslida (Islom va musulmonlarga qarshi urush) bo‘lgan «terrorizmga qarshi kurash», nomli yolg‘on da’vo bilan dunyoning yarmini aldash uchun barcha uslublarni ishga soldi. Demokratiya, erkinliklar, rivojlangan millat, davlat bino etish, obodonlashtirish, inson huquqlari, xotin-qizlar huquqi, etnik ozchilik huquqi kabi soxta shiorlar bilan butun dunyoni safarbar qildi. Shunga o‘xshash bahonalar bilan Afg‘oniston ahli uchun begona bo‘lgan hukumat tuzib, ularning boshlariga siyosiy va harbiy etakchilikdan iborat malay ozchilikni zo‘rlab o‘tqazib qo‘ydi. Agar bosqinchi kuchlarning qo‘llab-quvvatlovi bo‘lmaganda, bu hukumat afg‘on musulmonlari orasida bir kun ham turolmagan bo‘lardi.

Amerika ushbu zamin uchun 2 trillion dollardan ziyod mablag‘ sarfladi, 2500ga yaqin askarini yo‘qotdi va 20 mingdan ziyodi yarador bo‘ldi. Ulardan o‘n minglabi bu zaminni o‘tkir psixologik travma bilan tark etdi. Qolgan askarlari esa, oddiy qurolsiz xalqqa qarshi sodir etgan jinoyatlari, shafqatsizliklari va terrorlari sababli o‘zlarini aybdor his qilib, stress va ruhiy travmaga to‘la hayot kechirishmoqda.

Amerika Afg‘onistondagi sharmandali harbiy mag‘lubiyatini anglab etgach, amerikalik soliq to‘lovchilarga, afg‘on xalqiga va o‘zining malaylariga mamlakatdan so‘zsiz chiqib ketish to‘g‘risida bergan yolg‘on va’dalarini darhol unutdi.

Bundan tashqari, Amerika o‘z maqsadlariga erishish uchun tinchlik muzokaralari va Tolibon bilan kelishuv tuzish orqali o‘yinni ayni yo‘nalishda olib bordi. U buni yigirma yillik urushi davomida amalga oshira olmagan edi. Biroq, ularning aldovi bu safar ham ish bermadi. Chunki demokratik va insoniy qadriyatlarga mos kelmagani uchun Amerika tomonidan «terrorchi tashkilot», deb atab kelingan Tolibonga xalqaro qonuniylik berildi. Tolibonning ba’zi rahbarlari turli davlatlarga safar qilib, ular bilan aloqa o‘rnatishdi hamda mamlakat ichkarisida o‘z ta’siri va nazoratlarini o‘rnatib, Afg‘oniston masalasining asosiy taraflaridan biri sifatida maydonga chiqishdi… Va nihoyat, Amerika o‘z obro‘-e’tiborini saqlab qolish uchun Davha shartnomasini imzoladi.

Amerika bu bilan kifoyalanmadi, balki aldov o‘yinini davom ettirib, bir vaqtning o‘zida ham Tolibon harakatini, ham Qobul hukumatini tan oldi. U o‘zining qo‘g‘irchoq hukumatini Tolibonga qarshi turib, unga qarshi kurasha oladi hamda jang maydonida urush oqimini o‘zgartira oladi, deb o‘ylagan edi. Ammo uning bu taxmini noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Amerika o‘ziga tobe bo‘lgan xoin va korruptsiyachi hukumatning Afg‘onistondagi musulmon xalq orasida birinchi kundan boshlab hech qanday ildizga ega bo‘lmaganini anglab etmadi. Shu sababdan ham hukumat bir necha haftadan ortiq tura olmadi, qisqa vaqt ichida barcha viloyatlar va poytaxt okruglarini sharmandalarcha qo‘ldan boy berdi. Ashraf G‘ani garchi o‘zining shaxsiy manfaati va sanoqli kishilar manfaatidan kelib chiqib, Tolibonga qarshi turishga uringan bo‘lsa-da, biroq, o‘z tarafdorlarini o‘t ichida qoldirib, Afg‘onistondan sharmandalarcha qochib qolishi ortidan so‘nggi vaqtlarda uning qarshilik harakati zaiflashib ketdi. So‘ng G‘arb Qobulning qulashini oldini olish uchun o‘z elchixonalari xodimlarini, malaylarini, josuslarini va yollanma askarlarini xavfsiz ravishda evakuatsiya qilishni bahona qilib, 5000 amerikalik askar va qo‘shimcha 600 ingliz askarini yubordi. Lekin ular buni uddalay olmadilar.

Ayni paytda, G‘arb Afg‘onistonga nisbatan har xil, chalkash pozitsiya egallamoqda. AQSh, Britaniya va Evropa Afg‘oniston borasida uch xil qarashga ega. Bu borada ular o‘zaro kelisha olmayaptilar.

تَحْسَبُهُمْ جَميعًا وَقُلُوبُهُمْ شَتَّى

«Ularni bir deb hisoblaysiz-u, (ammo) dillari xilma-xildir» [Hashr 14]

Mintaqa davlatlari ham Afg‘onistondagi vaziyatdan xavotirda. Ular tomonlardan qay birining mamlakatdagi ishlar tizginini qo‘lga olishini kutib turishibdi. Ayniqsa, ruslar O‘rta Osiyodagi o‘z tomorqalari xavfsizligiga putur etishidan tashvishda. Xitoy esa, o‘zining Pokiston va O‘rta Osiyodagi iqtisodiy loyihalaridan xavotirlanmoqda.

Bundan tashqari, AQSh, G‘arb davlatlari va BMT agar Tolibon boshqaruvni zo‘rlik bilan o‘rnatishga urinsa, iqtisodiy yordamni uzib, uni izolyatsiya qilish bilan tahdid qilishyapti. Shu orqali mamlakatda «Islomiy amirlik»ni qayta tiklashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun unga bosim o‘tkazishmoqda. Lekin, Tolibon o‘zining oldiga bundan buyon xavfli tuzoqlar qo‘yilishini anglamog‘i darkor. Milliy davlat, shariat qoidalariga rioya qilmaslik, xalqaro shartnomalarni tan olish, xotin-qizlar huquqi kabi qadriyatlar bir tuzoq bo‘lib, ularni qat’iy va ochiq tarzda rad etish lozim. Tolibon boshqa islomiy harakatlar tajribasidan saboq olib, inson o‘ylab topgan g‘ayriislomiy tuzumlarda qatnashishdan tiyilishi, haqdan boshqa hech narsani qabul qilmasligi lozim. Chunki u Islomni tatbiq qilishda murosa qiladigan bo‘lsa, o‘zining shar’iyligini va odamlar orasida ishonchini yo‘qotadi. Zero, bundan keyin musulmonlar qo‘llab-quvvatlamaydigan bo‘lsa, birorta islomiy harakat maydonda qola olmaydi. Islomni kichik geografiyaga va bitta xalqqa cheklab bo‘lmaydi. Bunday qiladigan bo‘lsalar, musulmonlarni urush va tinchligi bitta bo‘lgan yagona Ummat sifatida birlashtira olmaydilar.

Tolibon shuni anglab etishi lozimki, Amerika, G‘arb va BMTning maqsadi Tolibonni Islom bilan kufr o‘rtasidagi vaqtinchalik echimni qabul qilishga majburlashdir. Biroq haq bilan botil o‘rtasidagi narsa ham botildir. Shunga binoan, Tolibon dunyodagi barcha musulmonlar uchun payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlati soyasida Islom nizomini o‘rnatishi va shariatga asoslangan dasturni tatbiq qilishi vojib. Shuningdek, tashqi siyosati ham Islomni da’vat va jihod orqali butun dunyoga yoyishga asoslanmog‘i lozim. Zero, dunyo azizligi va oxirat yutug‘iga noil bo‘lishning yo‘li mana shudir.

Roya gazetasining 2021 yil 25 avgust chorshanba kungi 353-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.