Tolibon Anqaraga Qobul aeroportni boshqarishni taklif qildi

395
0

Tolibon Anqaraga Qobul aeroportni boshqarishni taklif qildi

 “Tolibon” Anqaraga Qobul xalqaro aeroportining fuqarolik boshqaruvini o‘z qo‘liga olishin taklif qildi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan matbuot anjumanida ma’lum qilganini Anadolu aentligi xabar qildi.

“Tolibon” Qobul aeroportini boshqarishni taklif qildi. Kimga taklif qildi? Bizga. Ular xavfsizlikni ta’minlaydi, lekin ma’muriy boshqaruvni bizga taklif qildi. Biz hali javob bermadik, qaror qabul qilmadik”- , dedi Erdogan.

 Erdogan bayonotidan oldin Qobul xalqaro aeroportiga yaqin erda terakt amalga oshirildi, yuzdan ortiq odam halok bo‘lib, 150 kishi yarador bo‘ldi. Bu voqeaga qadar Amerika prezidenti Jo Bayden “Islom davlati” tashkilotining Afg‘onistondagi qanoti terakt uyushtirishi mumkinligidan ogohlantirgandi. Britaniya qurolli kuchlari vaziri Jeyms Xeppi esa jangarilar aeroport hududida hujum uyushtirishni rejalashtirilayotgani haqida “juda ishonchili” ma’lumot borligini aytgan edi.

 Bulardan ko‘rinib turiptiki, terakt oldindan rejalashtirilgan ish bo‘lgan. Maqsad – Tolibon va “IShID” o‘rtasida to‘qnashuv keltirib chiqarish va jamotchilikda Tolibon xavfsizlikni ta’minlay olmaydi degan fikrni paydo qilishdan iborat. Endi bu xodisadan so‘ng Amerika Erdoganni ishga solish orqali Qobul aeroportidan yanada qulayroq foydalanish imkonini paydo qilishni ko‘zlayapti.

Mumtoz Movaraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.