Pentagon Xitoyning tahdidlari kuchayib borayotganidan ogohlantirdi

233
0

Pentagon Xitoyning tahdidlari kuchayib borayotganidan ogohlantirdi

Vashington ma’muriyati Xitoy dengizi mintaqasidagi AQSh manfaatlari va ittifoqchilariga nisbatan Pekinning tahdidlari kuchayib borayotganidan ogohlantirdi. AQSh Tinch okeani va Hind okeani floti qo‘mondoni admiral Jon Aquilino Xitoyning bayonotlari uning mintaqadagi tajovuzkor harakatlariga mos kelmasligini ta’kidladi.

“Biz Pekinning qadamlarini xavotir bilan kuzatyapmiz. Bizni xavotirga solayotgan narsa uning so‘zlari emas, balki biz ko‘rib turgan harakatlaridir. Bunga o‘xshash harakatlarni Hindiston chegarasida ham kuzatish mumkin”. “Xitoyliklarning so‘ngi paytlarda mintaqadagi 80ta geografik yo‘nalish nomini o‘zgartirib, imtiyozlar talab qilishi mintaqadagi davlatlar uchun zarur bo‘lgan narsalarga mutlaqo ziddir”, dedi Admiral Aquilino Koloradodagi Aspen Instituti xavfsizlik forumida.

AQSh razvedka qo‘mitasining rahbarlari va boshqa rasmiylar ham intellektual mulkni o‘g‘irlash va kiberhujumlar kabi turli masalalarda Xitoyning tahdidlari kuchayb borayotgani haqida ogohlantirdi. AQShning yuqori martabali senatori Xitoyning AQSh milliy xavfsizligiga tahdidlari kuchayib borayotganini “dahshatli shou” deb ta’rifladi. Rasmiylarga ko‘ra, AQSh kompaniyalariga qarshi kiberhujumlar ham tahdidlar sirasiga kiradi. 

Izoh: Xitoy va AQSh o‘rtasidagi global raqobat tobora kuchayib borayotgani shubhasiz haqiqatdir. Hatto ba’zi tahlilchilar ikki mamlakat o‘rtasidagi raqobat tufayli yuzaga kelgan keskinlikni “yangi sovuq urush” deb ta’riflashga o‘tishdi.

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi raqobatning asosiy ko‘rinishlaridan biri razvedka sohasida ko‘zga tashlanadi. Xitoy so‘nggi yillarda o‘zining siyosiy va iqtisodiy faolligini orttirish bilan bir qatorda, razvedka faoliyatida ham jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi.

AQShning Xitoyga nisbatan dushmanlarcha munosabatda bo‘lishining tarixi Sovet Ittifoqi qulagan ilk davrga borib taqaladi. Chunki Amerika Sovet Ittifoqi qulashi ortidan Xitoy kabi boshqa biror davlat uning o‘rnini egallashga intilishini xohlamas edi. Biroq Amerikaning nazdida siyosiy Islomning xatari Xitoy xataridan dahshatliroq edi. Chunki musulmonlar orasida Xalifalik davlatining tiklanishi haqidagi fikrlarning yoyilishi uni xavotirga sola boshlagandi. Agar Xalifalik davlati tiklanib qolsa, uning qarshisida AQSh ham, Xitoy ham, Evropa ham oyoqda tura olmasligini Amerika yaxshi bilardi. Shuning uchun AQSh ma’muriyati Xitoydan ko‘ra siyosiy Islomni o‘zi uchun xatarliroq sanab, uni birinchi darajali dushman qilib belgiladi. Ammo Xitoy tarafdan ham o‘zi kutmagan xatarga yo‘liqdi. Bir tarafdan Iroq va Afg‘oniston botqog‘i, ikkinchi tarafdan 2008 yilda yuz bergan moliyaviy krizis Amerikaning xalqaro mavqeiga jiddiy putur etkazdi va Xitoyning xalqaro mavqei kuchayishiga to‘siq qo‘yishdan uning e’tiborini burib qo‘ydi. Bu orada o‘zining xalqaro mavqeyini kuchaytirib olishga muvaffaq bo‘lgan Xitoy Amerika uchun jiddiy raqobatchi mavqega yaqinlashib qoldi.

Shunday qilib, bugungi kunda Xitoyning o‘ziga xalqaro raqobatchi davlat darajasiga ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik va uni xalqaro mavqeiga zarba berish Amerikaning asosiy vazifalaridan biriga aylandi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.