Rossiyada mehnat muhojirlariga bosim kuchaymoqda

400
0

Rossiyada mehnat muhojirlariga bosim kuchaymoqda

 So‘nggi vaqtalarda Rossiya OAVda mehnat migrantlariga qarshi salbiy fikrni shakllantiruvchi axbortlar ko‘payib bormoqda.iyul oyi boshidan beri Rossiya OAV migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarlik to‘g‘risida keng ma’lumot tarqatilib, biri qo‘yib boshqasi chop etmoqda. Xususan, migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv bo‘lganligi, mushtlashuvda sovuq qurollar va hatto o‘q otish qurollaridan foydalanilgani haqidagi xabarlarning keti uzilmay qoldi. Avval ham migrantlar o‘rtasida bu kabi ommaviy mushtlashuvlar bo‘lib turardi, ammo axborot vositalari unga hozirgichalik e’tibor qaratishmas, qora bo‘yoq choplashga bunchalik harakat qilishmas edi. Migrantlarga qarshi kuchaytirilayotgan salbiy muhit asosan O‘rta Osiyodan borgan migratlar, hususan, qirg‘izistonliklarga qarshi yo‘naltirilib, asosiy nishon shular bo‘lmoqda. 

 Moskvadagi ommaviy mushtlashuvlardan keyin qo‘lga olingan va deportatsiya xavfi ostiga tushganlarning aksari ham qirg‘izistonliklardir. Xabarlarga qo‘ra, migrantlarga qarshi boshlangan reyd natijasida har kuni bir necha ming migrant qo‘lga olinmoqda va ularning 80 foizini qirg‘izitonliklar tashkil etadi.

 Rus hukumatining qirg‘izistonlik migrantlarga qarshi olib borayotgan kurashi, ayniqsa Issiqko‘l viloyatida rus millatiga mansub bolani kaltaklanishi va Bishkekda rus tilida gapirgan xodimdan qirg‘izcha gapirishni talab qilgan mijoz ishidan keyin yanada kuchayib ketdi. Ushbu voqealardan keyin rus populist siyosatchilari siyosiy ochko to‘plash ilinjida bayonotlar bilan chiqishdi. Jirinovskiy esa Rossiyaning Qirg‘izistondagi elchisini zudlik bilan chaqirib olish, qirg‘izitonliklarni “eng qattiq tartibda deport” qilish chaqirig‘i bilan chiqib, Moskvadagi Qirg‘iziston elchixonasi oldida norozilik aktsiyasi o‘tkazdi.

 Aksar ekspertlar rus hukumatining bu harakatini 17-sentyabrda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari oldidan xalq e’tiborini asosiy muammolardan chalg‘itish sifatida baholashmoqda. Ammo bu yagona sabab emas.

 Oxirgi vaqtlarda Markaziy Osiyo respublikalari AQSh loyihasiga muvofiq, O‘zbekiston boshchiligida mintaqada integratsiya jarayonini boshlab yuborishdi. Mirziyoev tashabbusi bilan uyushtirilgan Markaziy Osiyo respublikalari rahbarlarining Maslahat kengashi mintaqani Rossiya ta’siridan chiqish uchun tashlagan asosiy qadamlaridan biri bo‘ldi. Ma’lumki, AQSh “S5+1”, “TAPI”, “SASA-1000”, “Termiz – Mozori Sharif – Qobul – Peshovar” temir yo‘lini qurish loyhalari va Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferentsiyalar orqali minaqani Rossiyaning mintaqaga bo‘lgan siyosiy va iqtisodiy ta’sirini surib chiqarishga jiddiy harakat qilmoqda. Bu loyihalarda AQShning asosiy hamkori va yordamchisi O‘zbekiston bo‘lmoqda.

 Rossiya mintaqa davlatlarining bunday harakatlarini to‘xtatish va o‘z ta’sir doirasida ushlab qolish uchun asosiy bosim richagi mehnat migratlari muammosinidan foydalanmoqchi. Chunki, migrantlar masalasi mintaqa davlatlari uchun “nozik nuqta” bo‘lib, respublikalarning millionlab fuqarolari uchun Rossiya yagona ishlash va pul topish umidiga aylanib qolgan. Rus rasmiylari migrantlarni deport qilish orqali o‘zlaridagi 4 million ishsiz uchun ish o‘rni yaratishni iddao qilishayotgan bo‘lsada, ammo Rossiyaning tub aholisi mehnat migrantlari olayotgan maoshga aslo ishlamaydi.

 Qirg‘iziston esa Rossiyaning ruxsatisiz O‘zbekiston bilan iqtisodiy, siyosiy va chegara masalalarida bir qator shartnomalarni imzolagani va mintaqa davlatlari integratsiyasi tarafdori bo‘lgani uchun Rossiya qahriga duch kelgan edi. U bu “qahridan” hozircha tushganicha yo‘q. Shu sababli ham rus hukumati asosiy e’tiborini qirg‘izistonlik migrantlarga qaratmoqda.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.