Harbiy ishg’ol butun mintaqani o’t ichida qoldiradi

435
0

455046_600

AQSh mudofaa vaziri Chak Xeygel agar prezident Barak Obama buyruq bersa, Pentagon Suriyaning G’uta mintaqasida sodir etilgan kimyoviy hujumga raddiya sifatida Asad rejimiga qarshi harbiy harakat boshlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

AQSh prezidenti Obama o’tgan yili dekabr oyida qilgan bayonotida: “Asadning kimyoviy qurol qo’llashi qizil chiziqdan o’tishini bildiradi, ana shunda Amerika Suriya xalqini himoya qilishga majbur bo’ladi. Men Bashar Asadga va uning tarafdorlariga shuni aytmoqchimanki, butun dunyoning ko’zi sizga tikilgan. Kimyoviy qurollardan foydalanish ta’qiqlanadi! Agar siz mana shu qizil chiziqdan o’tib ketish bilan katta xatoga yo’l qo’ysangiz, ya’ni kimyoviy qurol ishga solsangiz, AQSh sizlarga nisbatan chora ko’rishga majbur bo’ladi”, degan edi.

Xeygel Malayziyaga qilgan safari chog’ida jurnalistlarga bergan intervyusida aytishicha, Prezident Obama Pentagondan har qanday kutilmagan holatga tayyor turishni talab qilgan.

Voshington, London va Parij Asad rejimi chorshanba tongida G’uta mintaqasiga kimyoviy hujum uyushtirganligini ko’rsatuvchi dalillar ortib borayotganini aytishgan. Agar bu dalillar qat’iy tasdiqlansa kuchli raddiya berish da’vo qilinmoqda

Al-jaziraning Voshingtonga yuborgan vakilining aytishicha, prezident Obamaning o’rta er dengizida AQSh dengiz kuchlarini hujumga shay qilib qo’yishi bilan birga Britaniya bosh vaziri Devid Kameron va boshqa qo’mondonlar bilan aloqa bog’lashi Suriyaga qarshi harbiy amaliyot boshlanishi ehtimolidan darak berib turipti.

Bundan avval Prezident Obama telefon orqali Devid Kemiron bilan bog’lanib Suriya msalasini qirq daqiqa muhokama qilganligi xabar qilingan edi. Xabarlarda aytilishicha ikki rahbar Suriya rejimi kimyoviy kurol ishlatganining dalillari ko’pligi haqida yakdillik bildirganlar.

Suriya hukumati fuqarolarni kimyoviy quroldan nishonga olganini inkor etib, aybni isyonchilarga to’nkar ekan, “AQSh etakchiligidagi harbiy ishg’ol butun mintaqani o’t ichida qoldiradi”, deya tahdid qilib chiqdi. Ayni tahdid AQSh va Britani rahbarlari delefon orqali muluoqot o’tgazgandan keyin Suriya axborot vaziri Imron Zaabiy tilidan yangradi. Zaabiy Eron va Rossiyadan olayotgan ko’makka ishora qilib, Suriya mintaqadagi do’stlari va ittifoqchilari dastagida hamon o’zining kuchliligini saqlab qolganligini da’vo qildi.

Shunigdek Suriyani dastaklab kelayotgan Eronning eng yuqori darajali generallaridan biri Mas’ud Jazoiriy ham “AQSh Suriya borasida qizil chiziqdan o’tadigan bo’lsa uning oqibatlari Oq uy uchun yomon bo’ladi”, deb ogohlantirgan. Jazoiriyga ko’ra, Suriyaga qarshi harbiy harakat boshlansa, Tehron chetda qarab turmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.