O‘ldirilgan onalar… Etim qolgan bolalar… Xor va itoatgo‘y hukumatlar!!

251
0

O‘ldirilgan onalar… Etim qolgan bolalar… Xor va itoatgo‘y hukumatlar!!

23 yoshli falastinlik yosh kelin sionist bosqinchi kuchlar o‘qidan shahid bo‘ldi… Bu o‘q muborak Falastin zaminining G‘arbiy sohili shimolidagi Janin shahrida bo‘lgan to‘qnashuvlar paytida ushbu ayol yashaydigan uyga qarata oltildi…

Yahudiy vujudi o‘zining takabburligi va zulmini davom ettirib, aybsiz kishilarning pokiza qonini to‘kmoqda. Uning bu ishidan na hisob so‘rovchi va na uni nazorat qiluvchi bor… Yahudiy vujudi sodir etgan bunday jinoyatlarning navbatdagisi shu yosh onaning o‘ldirilishi bo‘ldi. U ikki yosh go‘daklaridan biriga sut tayyorlash uchun erta tongda uyg‘onib, go‘daklariga gaz ziyon etkazishidan qo‘rqqani uchun, oynani yopib qo‘yish maqsadida oyna yoniga borganida razil askarlardan biri unga qarata o‘q o‘zdi. O‘q to‘g‘ri uning ko‘ksiga kelib tegdi. Ular bu bilangina kifoyalanishmadi, aksincha, unga yordam ko‘rsatish uchun tez yordam mashinasining etib kelishiga ham monelik qilishdi.

Bu ayolda nima ayb, nima jinoyat sodir etgandi, axir?! U go‘daklarini himoya qilmoqchi bo‘lgandi, xolos-ku?! Buning jazosiga sovuqqonlik bilan o‘ldirildi. Biz Dayton hukumati tomonidan ham, boshqalar tomonidan ham bunday ishlarni qoralovchi ovozlarni eshitmadik. Dayton hukumati g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bilan emas, balki, soliq yig‘ish bilan mashg‘ul. Zero, odamlarga chekkan azob-uqubatlaridan ko‘ra ko‘proq hukumatning ko‘rgan choralari qiyinchilik keltirmoqda va musulmonlar yurtlaridagi malay rejimlar xorlikka botgan ahvolda. Bu esa, yahudiy vujudining muborak Falastin zaminida emin-erkin kezib yurib, ahlini o‘ldirishiga va muqaddas joylarini bulg‘ashiga imkon bermoqda. Aqso masjidiga musulmonlarning kirishiga cheklovlar qo‘yilgan bir paytda, yahudiy vujudining olchoqlari va ko‘chib kelib joylashgan podalari har kuni masjid hurmatini oyoq-osti qilishmoqda. Xalildagi Ibrohimiy masjidini yahudiylashtirish sari ham qadam tashlanib, masjid ahlining unga kirishiga taqiq qo‘yilmoqda. Shu bois, na azon eshitilmoqda va na namoz ado etilmoqda!!

Kattasi uch yoshga to‘lgan bu ikki go‘dakda nima ayb?! Ular nola qilib onasini chaqirishmoqda, ona esa eshitmayapti, javob qilmayapti. Emizikli go‘dak hamon sutni kutmoqda. Biz ayol huquqi, bola va oila huquqi deb da’vo qiluvchilarning ovozini eshitmayapmiz, ularning bunday jinoyatga qarshi norozilik namoyishlariga guvoh bo‘lmayapmiz. Zero, biz ularning Islom ahkomlariga qarshi erkinlik, ayol va bola huquqi nomi ostida norozilik namoyishlariga chiqqanlariga bir necha bor guvoh bo‘lgan edik.

Qurib ketsin, bu yaramas huquqlar, hukumatlar va hukmdorlar?!

Ey musulmonlar armiyalari, qaerdasiz, yahudiylar va xor hukumatlar qurboniga aylangan singlingiz uchun va boshqalar uchun o‘ch olmaysizmi?! Bizga qarshi sodir etilgan jinoyatlardan, boshdan kechirayotganimiz bu xorlikdan nahotki tomiringizda qon qaynamasa! Alloh Taoloning

وَإِذَا الْمَوْءُودَةُ سُئِلَتْ * بِأَيِّ ذَنبٍ قُتِلَت

«Tiriklay ko‘milgan (har bir) qizdan qanday gunoh sababli o‘ldirilgani so‘ralganida» [Takvir 8-9]

deb aytgan oyati karimasini eslang. Ular bu ayolning orzu-umidlarini, quvonchini tiriklayin ko‘mishdi. Shu bois ham, onalar va ularning go‘daklarini himoya qiladigan xalifagina bizning bunday tashvishlarimizni engillashtiradi. Allohdan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni tezlashtirishini so‘rab qolamiz.

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot

bo‘limi ayollar qanoti

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.