Rossiya “Tolibon”ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish shartini ma’lum qildi

641
0

Rossiya “Tolibon”ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish shartini ma’lum qildi

 BMT xavfsizlik kengashi “Tolibon”ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarganidan keyingina Rossiya ham ularni ana shunday ro‘yxatdan chiqarishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ma’lum qildi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, agar toliblar “inson huquqlariga rioya qilishning asosiy tamoyillarini buzmasa” BMT Xavfsizlik kengashi tegishli qaror qabul qilishi mumkin.

 “Avvalo Xavfsizlik kengashining barcha a’zolari yangi hukumat o‘zini yaxshi tutishga tayyorligiga ishonch hosil qilishi kerak. Barchada ana shunday nuqtayi nazar hosil bo‘lganidan so‘ng protsedura boshlanadi”, – dedi Kabulov.

 Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya “Tolibon”ni BMT Xavfsizlik kengashi qaroridan keyingina terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqaradi.

 BMT Xavfsizlik kengashi toliblarni 2003 yilda terrorchilar ro‘yxatiga kiritgandi. O‘sha yili Rossiya oliy sudi ham “Tolibon”ni terrorchi tashkilot deb tan olgan.

 Izoh: AQSh “Tolibon”ni harbiy jihatdan engishiga ko‘zi etmagach harakatni muzokaralar orqali siyosiy makrlari tuzog‘iga tushirish va shu orqali o‘z mag‘lubiyatini berkitish maqsadida Qatar hukumatini “Tolibon” uchun Dohada siyosiy ofis ochishga ruxsat berishga majburladi. 2013-yili “Tolibon” Dohada o‘zining rasmiy ofisini ochdi va shundan so‘ng G‘arb davlatlari harakat bilan muzokaralar olib borish imkoniga ega bo‘lishdi.

 2015-yilga kelib rasmiy Vashington “Tolibon”ni terrorist emas, balki qurolli isyonchilar deb hisoblashini ma’lum qildi. AQShning o‘sha vaqtdagi prezidenti Obamaning rasmiy vakili Erik Shulьts “bunday farqlash amerikalik harbiy xizmatchi Boui Bergdalni Guantanamo maxsus qamoqxonasida saqlanayotgan bir nechta mahbuslarga almashtirish vaqtida axamiyatli” ekanligini aytgan edi.

 AQShning bunday harakati kapitalistik davlatlar o‘z manfaatlari yo‘lida har narsaga tayyor ekanliklari, manfaat ustida hatto o‘z qadriyatlari va e’tiqodlaridan ham qaytishlari mumkinligiga dalolat qiladi.

 Masalan, AQSh moliya vazirligi tomonidan Afg‘oniston “Tolibon” harakati aksilterror sanktsiyalari ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, AQSh milliy aksilterror markazi ham “Tolibon”ni terrorchi tashkilot hisoblaydi. Biroq, AQSh davlat departamentining “xorijiy terrorchi tashkilotlar” ro‘yxatiga “Tolibon” harakati kiritilmagan. Mustamlakachi kofirlar vaziyatdan kelib chiqqan holda ikkiyoqlama siyosat olib borish va o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va siyosiy manyovrlar uchun keng maydon qoldiradi.

 Rossiya hukumati ham garchi, BMT ortidan 2003-yili “Tolibon” harakatini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan bo‘lishiga qaramay, manfaat paydo bo‘lgan vaqtda “Tolibon”ni rasmiy hukumat darajasida kutib oldi. Moskvadagi eng qimmat mehmonxonaga joylashtirib va muzokaralar olib bordi. Endi esa toliblarni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish shartini e’lon qilyapti. Agar ertaga muzokaralarga ehtiyoj tug‘iladigan bo‘lsa hech ikkilanmay harakat rasmiylarini hech ikkilanmay Moskvaga taklif qilishi, ularni “terrorchi” ekanliklarini unitishi shubhasiz. Bunda qo‘ygan sharti, “inson huquqlari” esiga ham kelmaydi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.