Koronavirus tarqalishi musulmonlardagi yaxshilikni va hukmdorlardagi yaroqsizlikni ochib berdi

374
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Koronavirus tarqalishi musulmonlardagi yaxshilikni va hukmdorlardagi yaroqsizlikni ochib berdi

Pokistondagi xayrixoh musulmonlar zilzila yoki toshqin kabi Allohning sinovlarida o‘zaro, elkama-elka sabr qilib turganlari kabi, Allohning koronavirus balosiga ham sabr bilan turishmoqda.

Bir qancha kishilar sarosima va xavotirga qaramay, musulmon jamiyati boshiga tushgan kulfatni to‘xtatish uchun o‘zlari bilgan vositalardan foydalanib, hamkorlikda kurashishmoqda. Mana shu hamkorlik Rosululloh ﷺning:

«لَا ضَرَرَ وَلَا ضِرَارَ»

«Zarar ko‘rmang va boshqalarga ham zarar etkazmang», degan hadisiga naqadar mosdir. (Ibn Mojja rivoyati).

Pandemiya davrida Evropada sarosima va xudbinlik holati hukm surayotgan bo‘lsa, Pokistondagi musulmonlar asosiy ehtiyojlarini tavozelik bilan qondirishmoqda. Hatto ayrimlari kambag‘al va zaifhol kishilarga o‘z molidan ehson qilmoqda. Bu ham Rosululloh ﷺning quyidagi hadisiga naqadar mosdir:

«مَنْ نَفَّسَ عَنْ مُؤْمِنٍ كُرْبَةً مِنْ كُرَبِ اَلدُّنْيَا، نَفَّسَ اللَّهُ عَنْهُ كُرْبَةً مِنْ كُرَبِ يَوْمِ الْقِيَامَةِ»

«Kim bir mo‘minni dunyodagi bitta qayg‘usidan ozod qilsa, Alloh Taolo uni qiyomatdagi qayg‘usidan ozod qiladi». (Termiziy rivoyati).

Pokistondagi musulmonlar o‘z sabri, Allohga qilgan duolari va Allohga tavakkal qilishlari orqali Allohga bo‘lgan itoati va aloqalarining kuchli ekanini isbotlashdi.

Musulmonlar Islomni mahkam tutishlariga nazar solsangiz, Pokistondagi musulmonlar bilan hokimlari o‘rtasida ochiq qarama-qarshilik bor ekanini ko‘rasiz. Chunki hokimlar Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan boshqarmayaptilar. Ular mana shunday mashaqqatli onlarda musulmonlarning yukini engillatish o‘rniga o‘zlarining jiddiy bo‘lmagan qarorlari bilan muammoni yanada chuqurlashtiryapti.

Hokimlar Payg‘ambarimiz ﷺning:

«إِذَا سَمِعْتُمْ بِالطَّاعُونِ بِأَرْضٍ فَلَا تَدْخُلُوهَا وَإِذَا وَقَعَ بِأَرْضٍ وَأَنْتُمْ بِهَا فَلَا تَخْرُجُوا مِنْهَا»

«Agar bir joyda o‘lat tarqalganini eshitsangiz, u erga kirmang. Agar siz turgan joyda o‘lat tarqalsa, u erdan chiqmang», degan buyrug‘iga amal qilish o‘rniga, Erondan koronavirusga chalinib qaytgan kasallarni u erdan qaytgan sog‘lom kishilar bilan birga bir joyga qamab qo‘ydi. So‘ngra ularning barchasini Pokistonning turli joylaridagi uylariga qo‘yib yubordi. Natijada, virus Pokiston ichkarisi, Panjob va Sindga tarqalib ketdi.

Hokimlar yana Rosululloh ﷺning:

«لاَ تُورِدُوا المُمْرِضَ عَلَى المُصِحِّ»

«Kasalni sog‘lom kishiga yaqinlashtirmang», degan hadisiga amal qilmasdan mintaqalardagi karantin markazlari va viloyatlardagi shifoxonalarda kasal va sog‘lom kishilarni birga joylashtirdi. Natijada, sog‘lom kishilarga ham kasallik yuqdi. Hokimlar shifokorlar va kasallar uchun shaxsiy gigiena vositalarini etkazib berishda ham muvaffaqiyatsiz yo‘lni tutishdi. Holbuki, virus shifoxonadagi barcha kishilarga yuqishini hamma bilar edi.

Alloh Taolo o‘z kitobida:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَذَرُوا مَا بَقِيَ مِنَ الرِّبَا إِنْ كُنتُمْ مُؤْمِنِينَ * فَإِنْ لَمْ تَفْعَلُوا فَأْذَنُوا بِحَرْبٍ مِنَ اللَّهِ وَرَسُولِهِ

«Endi agar (farmonimizni) qilmasangiz, u holda Alloh va payg‘ambari tomonidan bo‘lgan urushni bilib qo‘ying! Agar tavba qilsangiz, dastmoyangiz o‘zingizga — zolim ham, mazlum ham bo‘lmaysiz» [Baqara 279]

deydi. Pokiston hokimlari esa, davlat byudjetini eb bitiradigan riboli qarzlarni olishga intilyapti. Odamlar sog‘liqni saqlash tizimiga xarajat etishmasligi tufayli bo‘layotgan yomon oqibatlardan qiynalmoqda. Hokimlar mana shunday favqulodda holatlarda foizli to‘lovlarni bekor qilish o‘rniga (haromligi haqida aytmasa ham bo‘ladi) yangi qarzlarni olish va obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida Xalqaro Valyuta Fondi bilan muzokara olib bormoqda. Bu ishlarning barchasi riboli foydalar evaziga amalga oshiriladi.

Ammo hukumatning sog‘lom kishilar bilan kasallarni ajratmasdan karantin joriy qilganidan keyin iqtisodiy yordam paketini e’lon qilishi G‘arb hukumatlariga ergashishdan boshqa narsa emas. Chunki G‘arb hukumatlari bu bilan yangi xatar qarshisida mo‘rtligi ko‘rinib qolgan kapitalistik nizomini qo‘llab-quvvatlashga harakat qilyapti.

Pokistonning zolim hokimlari koronavirus pandemiyasi paytida ham ko‘proq pul bosib chiqarish orqali rupiyani qadrsizlanishiga va riboli to‘lovlarni ko‘paytirish orqali yangi baxtsizlik kampaniyasiga yo‘l ochmoqchi. Bu esa, rupiyaning qadrsizlanishi natijasida inflyatsiya bo‘lishiga olib keladi. Natijada, pandemiya zararlarini qoplash uchun soliqni oshirish kerak bo‘ladi. Pokiston hokimlari Allohning buyruqlariga doimiy qarshilik qilganlari tufayli Allohning ushbu qavliga naqadar mos ekanini isbotlashdi:

 وَمَنْ أَعْرَضَ عَن ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنكاً

«Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta uning uchun tang-baxtsiz hayot bo‘lur va Biz uni qiyomat kunida ko‘r holda tiriltirurmiz» [Toha 124]

Hokimlar o‘zlarining rasvoligi va musulmonlarga kulfat yog‘dirayotganidan tashqari, musulmonlarni masjidlarda ehtiyot choralarini ko‘rib ibodat qilish huquqlaridan ham mahrum qilishdi. Natijada, ular Allohdan yordam va mag‘firat so‘rashdan ham mahrum bo‘lishdi. Hokimlar bu bilan farzi kifoya bo‘lgan jamoat namozlarini masjidda o‘qishni vojib qiladigan shar’iy hukmlarni tahqirlashdi.

Ey Pokiston musulmonlari!

Muso alayhissalom Fir’avn sehrgarlarining soxtaligini fosh qilgani kabi Alloh Taoloning ko‘zga ko‘rinmaydigan eng kichkina maxluqotlari insonlar o‘ylab topgan boshqaruv nizomining mo‘rtligini fosh qildi. Darhaqiqat, koronavirus kapitalizm va uning demokratik nizomining nafaqat Pokiston, balki butun olamda sog‘liqni saqlash sohasida va iqtisodda muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ko‘rsatdi.

Olamlar Parvardigori Alloh kichkina maxluqoti orqali er yuzida yashayotgan barcha insonlarga odamlar tomonidan o‘ylab topilgan demokratiya nizomining mo‘rt va ojiz ekanini hamda musulmonlarning ishlarini boshqarishga haqqi yo‘qligini ko‘rsatib qo‘ydi. Shuning uchun muvaffaqiyatsiz nizom bo‘lgan demokratiyani uloqtirib, uning o‘rniga Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish vojibdir. Ana o‘shanda Pokiston va butun dunyodagi musulmonlarni jiddiy va amaliy tarzda nazorat qilinadi.

Darhaqiqat, Alloh Taolo Pokistonda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish uchun oltin fursatni berdi. Chunki bugun katta qarshiliklar va xatarlarsiz davlat barpo etish imkoniyati mavjud. Koronavirus inqirozi mustamlakachi kuchlarni o‘zi va barbod bo‘lgan iqtisodi bilan ovora qilib qo‘ydi. Shuningdek, odamlarda joriy nizom va uning isloh qilish imkoniyatlari borasida ishonch yo‘qoldi.

Shuning uchun ramazon oyi ostonasida turar ekanmiz, zolimlarning hukmronligiga chek qo‘yib, Allohning kitobi va Rosulining sunnati bilan boshqarishni qaytarish uchun tinmay va malol olmay harakat qilishimiz lozim. Bugun olam demokratiya yuklaridan ozod bo‘lishga tayyor va u Ummatning insoniyat ustidan etakchilik qilishini kutmoqda. Alloh Taolo aytadi:

 كُنتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ

«(Ey ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz. Zero siz yaxshi amallarga buyurasiz, yomon amallardan qaytarasiz va Allohga iymon keltirasiz» [Oli Imron 110]

Hizb ut-Tahrir Pokiston viloyati

7 sha’bon 1441h

31 mart 2020m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.