Hisobot berishga mavjud tizim imkon bermaydi

375
0

Hisobot berishga mavjud tizim imkon bermaydi

 Bosh vazir o‘rinbosari Erkin Asrandiev hukumat chetdan olinayotgan yordamlarning qanday sarflangani bo‘yicha har birining hisobini bera olmasligini ma’lum qildi.

 “Tashqi yordamning sarflanishi to‘g‘risida hisobot taqdim etish taklif qilindi. Biroq mavjud tizim bunga yo‘l qo‘ymaydi. Nazorat bo‘yicha aytsak, Hisob palatasi, yana boshqa nazorat organlari, Jogorku Kenesh bor”, – dedi Asrandiev.

 U o‘z so‘zida, XVFdan olingan 120,8 million dollar byudjet harajatlarini qoplash uchun o‘tkazilganini ta’kidladi. 

 Izoh: Qirg‘iziston hukumati pandemiyaga qarshi kurash doirasida xalqaro tashkilotlardan 500 million dollar qarz olmoqchi. Ammo shu bilan bir vaqtda rasmiylar olinadigan yordam (foizli qarzlar) qaysi sohaga va qanday maqsadda sarflanishi bo‘yicha hisobot berishga tizim yo‘l qo‘ymasligini tan olish orqali mamlakatda koruptsiya chuqur ildiz otganini e’tirof etmoqda.

 Hukumat o‘ngu so‘liga qaramay olayotgan qarz hisobotini berish tizimi shakllanmagani ro‘kach qilishiga qaramay, bu qarzlar vaqti kelib foizlari bilan qaytarilishi kerak bo‘ladi. Tabiiyki, bugun hukumat tepasida turganlar bu qarzlarni o‘z cho‘ntaklaridan to‘lashmaydi. Qarzni ado etish esa xalq zimmasiga tushadi. Rasmiy hukumat nafaqat bizlarni, hatto farzandlarimizni ham qarz botqog‘iga botirib bormoqda. Shunday ekan, biz avvalo hukumatni bu kabi foizli qarz olishdan qaytrishimiz, inqirozni Ummat mulki bo‘lgan Qumtor va boshqa oltin konlari hisobidan, o‘z ichki imkoniyatidan kelib chiqqan holda engib o‘tishga undashimiz va olingan qarzlar bo‘yicha ochiq va oshkora hisob berishini talab qilishimiz zarur.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.