Hizb ut-Tahrir amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Xalifalik ag‘darilganining 99 yilligi xotirasi munosibati bilan qilgan nutqi

593
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Xalifalik ag‘darilganining 99 yilligi xotirasi munosibati bilan qilgan nutqi

Allohga hamd bo‘lsin, Rosulullohga, u kishining ahli-oilasiga, sahobalariga va ul zotni do‘st tutganlarga salotu salomlar yog‘ilsin. Ammo ba’d:

Alloh Taolo insonlar uchun chiqarilgan Ummatlarning eng yaxshisi qilgan butun Islom Ummatiga…

Xususan, Alloh Subhanahu O‘z da’vatini rostgo‘ylik va ixlos bilan ko‘tarishni ikrom etgan Hizb ut-Tahrir a’zolariga…

Ushbu sahifamizning – undagi narsalarni xayrli va nur, deya yaxshi ko‘rgan – ziyoratchilariga…

Bularning barchasiga assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Bundan to‘qson to‘qqiz yil muqaddam xuddi shu kunda asr jinoyatchisi bo‘lmish Mustafo Kamol Xalifalikni bekor qildi. Uning bu jinoyati hech qanday dalil-hujjat talab qilmaydigan darajada ochiq-oydin bo‘ldi. Bu jinoyat ochiq kufr va Islom hukmlarini bekor qilish edi. Qolaversa, ushbu jinoyatni sodir etgan kimsa Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan quyidagi hadisga muvofiq, qilich ko‘tarib qarshi chiqishga loyiq bo‘lgan edi: «Junoda ibn Abu Umayya aytadi: biz Ubboda ibn Somit kasalligi paytida uning oldiga kirdik va Alloh sizga shifo bersin, bizga Nabiy ﷺdan eshitganingiz biror hadisni aytib bering, shu sababli sizga nafi tegsin, dedik. U bunday dedi: Bizni Nabiy ﷺ chaqirdilar. Biz ul zotga bay’at berdik. Bizdan bay’at olar ekan, xursandchilikda ham, xafachilikda ham, og‘ir kunlarimizda ham, engil kunlarimizda ham quloq solib, itoat etishga, o‘zimizdan afzal ko‘rishimizga, ishni egasidan talashmasligimizga bay’at berishimizni aytib: faqat agar ochiq kufrni ko‘rsangiz va sizda bu haqda Allohdan aniq hujjat bo‘lsa, (shundagina talashishingiz mumkin), dedilar». Mana shunga asosan unga qarshi jang qilish va bu yo‘lda har qancha bo‘lmasin barcha qimmatli narsalarni qurbon qilish vojib edi. Biroq bu tog‘ut Ummatdan uning payini qirqishdek o‘ziga loyiq bo‘lgan javobni olmadi. Shundan so‘ng insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat tarixi zulmatda bulg‘andi. Vaholanki, bundan oldin uning haq va adolati bilan haybat solgan yagona Xalifalik davlati bor edi. Endi bo‘lsa, bu davlat musulmonlar o‘z kuchlarini bir-birlariga qarshi qo‘llaydigan, ustlaridan ularga rahm qilmaydigan va ishlarini boshqarmaydigan kimsalar hukmron bo‘lgan ellikdan ziyod davlatchalarga bo‘lib tashlandi. Bugina emas, hatto ularni ishlarini kofirga tiz cho‘kuvchi, mustamlakachilarga itoat qiluvchi ruvaybiza hukmdorlar boshqaradigan bo‘lib qoldi. Boyliklari Islom dushmanlari iqtisodini yaxshilashga sarflanadigan, o‘z yurtlarining iqtisodi esa, sinib, o‘g‘irlangan, o‘zining ahli foydalanolmaydigan bo‘lib qoldi. Ularning ahvoli «Sahroda ustiga suv ortilgan, ammo undan icholmay tashnalikdan halok bo‘layotgan tuya»ning ahvolini aytib turibdi. Bularning barchasi mana shu ruvaybiza hukmdorlarning ko‘z-o‘ngida sodir bo‘lmoqda. Qashshoqlik hukmdorlar va ularning tarafdorlaridan tashqari barcha odamlar orasida keng tarqamoqda. Bu ruvaybizalar Allohga, Uning Rosuliga va mo‘minlarga xiyonat qilishgani, Azizu Hakim Allohning yo‘lidan to‘sib, mustamlakachi xo‘jayinlariga xizmat ko‘rsatishgani uchun xorlik va xo‘rlik g‘ilofiga o‘ralgan mukofotga erishishdi.

Ey musulmonlar!

Xalifalik musulmonlarning taqdiriy masalasidir. U bilan jazo-hadlar joriy qilinib, nomuslar himoya qilinadi, fathlar amalga oshirilib, Islom va musulmonlar aziz-kuchli bo‘ladi. Bularning bari Aziz Hakim Allohning Kitobida, Rosuli ﷺning Sunnatlarida va ul zotning sahobai kirom roziyallohu anhular ijmosida yozib-bitib qo‘yilgan. Musulmon kishi Xalifalikning naqadar buyuk farz ekanini anglab etmog‘i uchun uchta narsani tushunmog‘i etarli. Bular quyidagilardan iborat:

Birinchi: Rosululloh ﷺning quyidagi so‘zlari. Tabaroniy «Mo‘’jamul Kabir»da Osimdan, u Abu Solihdan, u Muoviyadan rivoyat qiladi: Men Rosululloh ﷺning bunday deganlarini eshitgandim:

«مَنْ مَاتَ وَلَيْسَ فِي عُنُقِهِ بَيْعَةٌ مَاتَ مَيْتَةً جَاهِلِيَّةً»

«Kimki bo‘ynida bay’at yo‘q holda o‘lsa johiliyat o‘limi bilan o‘libdi». Bu so‘zlar xalifani barpo etishga harakat qilmayotgan har bir qodir musulmonning naqadar og‘ir gunohga giriftor bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Ya’ni, bu hadis – har bir musulmonning bo‘ynida bay’atni paydo qiladigan xalifaning lozimligiga dalildir.

Ikkinchi: Rosululloh ﷺning ashoblari ul zotni dafn qilish bilan shug‘ullanishdan oldin, Xalifalikni barpo etish va xalifaga bay’at qilish bilan mashg‘ul bo‘ldilar. Vaholanki, shariatda mayyitni tezroq dafn etishga buyurilgan. Bayhaqiyning «Ma’rifati sunan val osor» kitobida bunday keladi: «Abu Said qilgan rivoyatda imom Shofeiy bunday deganlar: agar kishining vafot etgani aniq bo‘lsa, uni dafn etishga shoshilish mahbubdir». Bu har qanday mayyitni tezroq dafn qilish shart bo‘lgan holdir. Ammo Rosuli akram ﷺning o‘zi vafot etsalar, qanday bo‘ladi, tasavvur qilavering. Shunday bo‘lishiga qaramay, sahobalar Rosululloh ﷺ vafot etganlarida ul zotni dafn etishni kechiktirib, xalifaga bay’at qilishni birinchi o‘ringa qo‘yganlar. Bundan sahobalarning Rosululloh ﷺ vafot etganlarida ul zotni dafn etishni kechiktirib, xalifa saylashga, xalifani qoim qilishga ijmo qilganlari aniq ko‘rinib turibdi.

Uchinchi: Umar roziyallohu anhu o‘zining vafot etgan kuni, jannatiliklari bashorat etilgan oltita sahoba orasidan bitta xalifani saylash uchun uch kun muhlatni joriy qilganlar… So‘ng uch kun ichida xalifaga ittifoq qilinmasa, shu oltitasi orasidan qarshi chiqqan kishini uch kundan keyin o‘ldirishni buyurdi. Buni amalga oshirishni, ellik nafar musulmonga topshirdi. Ya’ni, bu olti kishining jannati ekanliklari bashorat qilinganiga hamda sho‘ro-maslahat ahlidan va eng ulug‘ sahobalardan bo‘lganiga qaramay, qarshi chiqqanini qatl qilishga buyurdi. Bu ish sahobalarning ko‘z-o‘ngida bo‘lib o‘tdi, ulardan birortasi bu ishga qarshi chiqqani yoki inkor qilgani rivoyat qilinmagan. Bu bilan musulmonlarning uch kecha-kunduzdan ziyod vaqt xalifadan xoli bo‘lmoqlari nojoiz ekaniga sahobalardan ijmo bo‘lib qoldi. Biz esa, bunday uch kunlardan qancha-qanchasini o‘tkazib yubordik… La havla va la quvvata illa billah! Shunday qilib, ey musulmonlar, Xalifalik juda-juda buyuk ish bo‘lib, butun musulmonlarning taqdirlarini hal qiluvchi buyuk masaladir.

Ey musulmonlar!

Shunday bo‘lsa-da, biz Allohning rahmatidan noumid emasmiz:

إِنَّهُ لَا يَيْأَسُ مِنْ رَوْحِ اللَّهِ إِلَّا الْقَوْمُ الْكَافِرُونَ

«Allohning rahmatidan faqat kofir qavmgina noumid bo‘lur» [Yusuf 87]

Ayniqsa, Alloh Subhanahu imon keltirib, solih amallar qilgan zotlarni er yuziga xalifa qilishni va’da qildi:

وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنْكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o‘tgan zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va’da qildi» [Nur 55]

Rosululloh ﷺ ham bizning bugungi kunimizdagi zolim podshohlardan keyin Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikning qayta barpo bo‘lishi haqida bashorat qilganlar:

«ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«Keyin Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi». (Imom Ahmad Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhudan ishlab chiqqan). Lekin biz ilgari aytib kelgan so‘zlarimizni takror aytamiz: Alloh kuchli qudratlidir, agar Xalifalik uchun sidqidildan xolis harakat qilish bilan Allohga yordam bersak, U ham bizga nusrat-yordam beradi. Chunki Allohning sunnat-qonuni shuni taqozo qiladiki, osmondan farishtalar tushib, biz divanlarda yastanib o‘tirsagu, bizning o‘rnimizga Xalifalikni barpo qilib bermaydi! Balki biz harakat qilsak, Alloh xohlasa, farishtalarni tushiradi va ular bizga yordam beradilar. Alloh har bir nusratida xuddi shunday bo‘lishni va’da qilgan. Bu xoh puxtalik va yaxshi amal bilan Xalifalikni barpo etishda bo‘lsin, xoh Allohning yo‘lida jang qilinganda keladigan U Zotning fath va nusratida bo‘lsin farqi yo‘q.

Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash yo‘lida ixlos va fidokorlik bilan faoliyat qilishga – Allohning izni ila – o‘z jonini bag‘ishlagan Hizb Hizb ut-Tahrirni ushbu Ummatga chiqarib bergani uchun Alloh Subhanahuga hamd aytamiz. Haqiqatdan, Hizb ut-Tahrir o‘z ahlini hargiz aldamaydigan Hizb bo‘lib, o‘zidan toza bo‘y taratib turadi, ushbu bo‘yga toqat qilolmaydigan kimsalar undan to‘kilib qoladi… Biz uni shunday hisoblaymiz va unda faoliyat qilayotgan barcha yigitlarni g‘ayrat bilan jiddiy xolis harakat qilmoqdalar, oxiratga intilishlarini bu dunyoga intilishlaridan ustun qo‘ymoqdalar, deb bilamiz. Zotan, ular Alloh bizga rahm qilsa va Allohning va’dasi bilan Rosuli ﷺning bashorati zora bizning qo‘llarimizda amalga oshsa, deya kechayu kunduz harakat qilmoqdalar. Bu Allohga hargiz mushkul emas.

So‘zimni nihoyalar ekanman, shuni ta’kidlamoqchiman: ey musulmonlar, Xalifalikni barpo etish faqat Hizb ut-Tahrir a’zolariga emas, balki barcha qodir musulmonlarga farzdir. Shunday ekan, ey musulmonlar, keling bizga yordamlashing! Ey musulmonlar armiyalari, keling bizga nusrat berib, Allohning diniga yordam bergan ansoriylar siyratini o‘zingizda mujassam qiling. Chunki ularni Alloh muhojirlarning egizaklariga aylantirdi. O‘zining muhkam kitobida ularning haqlariga maqtovlar aytib, ulardan rozi bo‘lganini bildirdi. Bu maqtovlarni faqat muhojir va ansorlarga cheklab qo‘ygani yo‘q. Balki ularga chiroyli amallar bilan ergashgan kishilarga ham tegishli ekanini ta’kidladi:

وَالسَّابِقُونَ الْأَوَّلُونَ مِنَ الْمُهَاجِرِينَ وَالْأَنْصَارِ وَالَّذِينَ اتَّبَعُوهُمْ بِإِحْسَانٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا عَنْهُ وَأَعَدَّ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي تَحْتَهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَداً ذَلِكَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ

«Muhojir va ansorlarning birinchi peshqadamlari va ularga chiroyli amallar bilan ergashgan zotlar — Alloh ulardan rozi bo‘ldi va ular ham Undan rozi bo‘ldilar. Yana (Alloh) ular uchun ostidan daryolar oqib turadigan, ular abadiy qoladigan jannatlarni tayyorlab qo‘ydi. Mana shu buyuk baxtdir» [Tavba 100]

Shuning uchun Allohning diniga yordam berib, Xalifalikni barpo etishning ajri va fazli juda ulug‘, buyukdir. Hatto ansorlar sayyidi Sa’d ibn Muoz roziyallohu anhuning janozasini – Hokimning ikki sahihida kelganidek – farishtalar ko‘tarib borganlar va bu Allohning diniga nusrat-yordam berishning fazli naqadar buyukligi sabablidir.

So‘zimni quyidagi so‘zlar bilan yakunlamoqchiman: Xalifalik barpo etilishidan oldin uni barpo etish uchun yordam bergan kishining ajri Xalifalik barpo etilgandan so‘ng unga yordam beradigan kishining ajridan juda buyukdir:

لَا يَسْتَوِي مِنْكُمْ مَنْ أَنْفَقَ مِنْ قَبْلِ الْفَتْحِ وَقَاتَلَ أُولَئِكَ أَعْظَمُ دَرَجَةً مِنَ الَّذِينَ أَنْفَقُوا مِنْ بَعْدُ وَقَاتَلُوا وَكُلّاً وَعَدَ اللَّهُ الْحُسْنَى وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ

«Sizlardan fathdan ilgari infoq-ehson qilgan va (rosululloh bilan birga kofirlarga qarshi) urushgan kishilar, fathdan keyin infoq-ehson qilgan va urushgan kishilar bilan barobar emas (ular keyin infoq-ehson qilgan va urushgan kishilardan ulug‘roq martabadadirlar). Barchalariga Alloh go‘zal (oqibat-jannat) va’da qilgandir. Alloh kilayotgan amallaringizdan xabardordir» [Hadid 10]

Biz Alloh Subhanahu va Taologa tazarru qilib, Xalifalik ag‘darilganining yuz yillik xotirasi kelmasidan oldin ushbu to‘qson to‘qqiz yillik xotirasini O‘z nusratining boshlanishi qilishini, so‘ng roshid Xalifalik butun dunyoga qaytadan nur sochishini so‘rab qolamiz.

وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللَّهِ يَنْصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ

«O‘sha kunda mo‘minlar Allohning nusrati sababli shodlanurlar. (Alloh) O‘zi istagan kishilariga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir» [Rum 4-5]

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

Hizb ut-Tahrir amiri 

28 rajab 1441h

23 mart 2020m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.