Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyatidan yurtning musulmon ulamolariga ochiq xat

276
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyatidan yurtning musulmon ulamolariga ochiq xat

Pokistondagi muhtaram musulmon ulamolari!

Sizga Islom va ahli jannat salomini yo‘llaymiz: assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Ammo ba’d:

Amerikaparast malay hukumat sizlarni muborak Falastin zaminida ikki davlat echimiga nisbatan ijobiy pozitsiyani egallashga chaqirdi. Shuning uchun biz Hizb ut-Tahrir a’zolari sizga ushbu ochiq maktubimizni yo‘llab, eslatmoq va pand-nasihat qilmoqni lozim ko‘rdik. Zero, din – nasihatdir. Rosululloh ﷺ marhamat qildilar:

«إِنَّ الدِّينَ النَّصِيحَةُ، إِنَّ الدِّينَ النَّصِيحَةُ، إِنَّ الدِّينَ النَّصِيحَةُ»

«Din nasihatdir, din nasihatdir, din nasihatdir». Kim uchun, yo Rosululloh? deb so‘rashgandi, bunday dedilar:

«‏لِلَّهِ وَلِكِتَابِهِ وَلِرَسُولِهِ وَلأَئِمَّةِ الْمُسْلِمِينَ وَعَامَّتِهِمْ»

«Alloh uchun, Kitobi uchun, Rosuli uchun, musulmon imomlar uchun va oddiy musulmonlar uchun». (Nasoiy rivoyati).

Ey Pokistondagi musulmon ulamolar!

Siz anbiyolarning merosxo‘rlarisiz. Zimmangizga katta omonatni ortgansiz va uning ustida qiyomat kuni albatta javob berasiz. Ogoh bo‘lingki, bu omonat musulmonlarning umumiy va shaxsiy ishlarining har birida Allohning hukmini bayon qilish, Alloh Taolodan boshqa hech kimdan qo‘rqmay, Alloh Taoloni rozi qilish hamda chiroyli savobiga noil bo‘lishdan boshqa hech qanday narsani umid qilmay, bu hukmni ochiq aytishdir.

Ey Pokistondagi musulmon ulamolar!

Muborak Falastin eri islomiy zamin va xirojiy er hisoblanadi. Shuning uchun u qiyomat kuniga qadar butun musulmonlarning mulki bo‘lib qoladi. Musulmonlarning ushbu zamindagi haqqi BMT tomonidan tasdiqlangan qonuniy huquq emas, balki, Robbul olamindan kelgan ilohiy haqdir. Bu zaminga nisbatan musulmonlarning vazifasi shar’iy aqidaviy vazifadir, ba’zilar taklif qilayotgan axloqiy, gumanitar, milliy va irqiy vazifa emas.

Ey Pokistondagi musulmon ulamolar!

Falastin Alloh Subhanahu va Taolo bunday deya barakotli qilgan zamindir:

سُبْحَانَ الَّذِي أَسْرَى بِعَبْدِهِ لَيْلاً مِنَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ إِلَى الْمَسْجِدِ الْأَقْصَى الَّذِي بَارَكْنَا حَوْلَهُ لِنُرِيَهُ مِنْ آيَاتِنَا إِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ

«(Alloh) bir kecha O‘z bandasi (Muhammad)ni Masjidul Haromdan (Quddusdagi) Masjidul Aqsoga sayr qildirgan (barcha aybu nuqsondan) pok zotdir. Masjidul Aqsoki, unga oyat-mo‘’jizalarimizdan ko‘rsatish uchun Biz atrofini barakotli qilib qo‘yganmiz, darhaqiqat, albatta U (Alloh) eshitguvchi, ko‘rguvchidir» [Isro 1]

Aqso masjidi ikki Harami Sharifning uchinchisi bo‘lib, xuddi Makka va Madinadagi Haram kabi muqaddasdir. Rosululloh ﷺ marhamat qilganlar:

«لاَ تُشَدُّ الرِّحَالُ إِلاَّ إِلَى ثَلَاثَةِ مَسَاجِدَ: مَسْجِدِ الْحَرَامِ وَالْمَسْجِدِ الْأَقْصَى وَمَسْجِدِي هَذَا»

«Ziyorat qilinadigan masjid uchtadir: Masjidul Harom, Masjidul Aqso va mening ushbu masjidim».

Shuning uchun musulmonlar Masjidul Harom bilan Masjidi Nabaviyni ziyorat qilishni niyat qilish barobarida, Masjidi Aqsoni ham ziyorat qilishni niyat qiladilar. Chunki er yuzidagi masjidlar har qancha chiroyli bo‘lmasin, niyat qilib ziyorat qilinmaydi, biroq ushbu uch masjidni ziyorat qilishga albatta niyat qilinadi. Shuning uchun, muborak Falastin zaminining, shu jumladan, Aqso masjidining g‘azabga duchor bo‘lgan yahudiylar tomonidan bosib olinganligi muqaddas zaminning bosib olinganini anglatadi. Boshqa bir islomiy zaminning bosib olinganini anglatmaydi, garchi bu zamin musulmonlar va shu zaminning aholisi uchun har qancha qimmatli bo‘lsa ham. Aqsoning bosib olinishi Makka va Madinadagi Masjidul Haromning bosib olinishi kabidir. Shuning uchun yahudiylarning muborak Falastin zaminini bosib olishlari va Aqso masjidini to‘xtovsiz oyoq-osti qilishlari shunday bir og‘ir jinoyatki, bu ish Islom Ummatidan ozod etish uchun o‘zining molu jonini sarflashni talab qiladi.

Modomiki, muborak Falastin zamini xirojiy er va Ummatning mulki ekan, demak, hech kimning ushbu zamin nomidan gapirishga haqqi yo‘q. Faqat gapirish uchun Ummat tomonidan vakil qilingan kishigina gapirishga haqqi bor. Ummat ham vakil qilishda faqat Qur’on va Sunnatga tayanuvchi taqvoli halol insonni vakil qilishi kerak. Arab davlatlari Ligasi yoki BMTning vakili sifatida Falastin nomidan gapirayotgan har bir kimsaning vakilligi botildir. Chunki ushbu muqaddas zamin Liganing ham, BMTning ham va Islomiy Konferentsiya tashkilotining ham mulki emas. Ushbu zamin egasi bo‘lmish Islom Ummatining nomidan gapirishga va muzokara olib borishga haqli bo‘lishlari uchun ular avvalo o‘zlari Islom Ummatining bir qismi bo‘lishlari kerak. Ammo ular Islom Ummatini tamsil etmaydilar. Shuning uchun Falastindagi ilmoniy Ozodlik Tashkiloti ham, biror siyosiy yoki jihodiy harakat ham haqiqiy shar’iy vakolat va tamsilga ega emaslar.

Ey Pokistondagi musulmon ulamolar!

Falastin masalasi muborak islomiy zaminning bosib olinishi va ishg‘ol etilishi masalasidir va bunday masalalar, shar’an olganda, faqat jihod qilish bilan, ya’ni, Salohiddin Ayyubiy rohimahulloh qilgani kabi, jang bilan ozod etish orqali hal etiladi. Shuningdek, ushbu masala u er, bu er ustida bir-birlari bilan nizolashayotgan ikki xalq o‘rtasidagi siyosiy yoki shunchaki kelisha olmayotgan masala ham emas. Shu boisdan bu masala dialog, o‘rtacha echim va boshqa narsa bilan hal etilmaydi. Shuning uchun ushbu muborak zamin ustida yahudiylar bilan dialog yoki muzokara olib borayotgan har qanday kimsa Alloh, Rosuli va mo‘minlarga xiyonat qilgan xoin hisoblanadi. Bu muborak zaminni qaytarib olishga olib bormaydigan echimga rozi bo‘lgan kimsa, o‘z aqidasi, dini va nomusidan voz kechgan kimsadir. Shunga binoan, Amerika aytayotgan ikki davlat echimiga rozi bo‘lgan kimsa ham Alloh, Rosuli va mo‘minlarga xiyonat qilgan hisoblanadi. Chunki u Falastin masalasiga nisbatan bosib olingan zamin, uni to‘liq ozod etish kerak, degan e’tiborda qaramadi. Zotan, ikki davlat echimi – asosan, muborak zaminning sakson foizidan ko‘pidan voz kechib, uning yigirma foizini anavi ilmoniy Falastin rejimiga berish, demakdir.

Ey Pokistondagi musulmon ulamolar!

Ushbu muborak zaminni ozod etish uchun jihod qilish, yahudiylarga qarshi jang qilish farz bo‘lib, bu narsa butun Islom Ummati zimmasiga yuklangan. Chunki ushbu muborak zaminning egasi faqatgina Falastinning zaifhol ahli emas, balki butun Islom Ummatidir. Jihod esa, Ummatdagi jang qilishga qodir va loyiq kishilarga farz bo‘lib, bu ishga qodirlik va layoqat Ummatning farzandlari, qalqonlari va mudofaachilari bo‘lmish Islom Ummati qo‘shinlarida mavjuddir. Shu bois, Ummatni mudofaa qilish, muqaddas dargohlarini qaytarib olish va yurtlarini ozod etish Ummat qo‘shinlari zimmasiga tushadi. Ulamolarning vazifasi esa, musulmon qo‘shinlarni yahudiylarga qarshi safarbar etishga va jang qilishga da’vat qilishdan iborat. Xuddi Rosululloh ﷺning bunday amr qilganlari kabi:

«تُقَاتِلُونَ الْيَهُودَ حَتَّى يَخْتَبِئَ أَحَدُهُمْ وَرَاءَ الْحَجَرِ فَيَقُولُ يَا عَبْدَ اللَّهِ هَذَا يَهُودِيٌّ وَرَائِي فَاقْتُلْهُ»

«Sizlar yahudiylarga qarshi jang qilasizlar. Hatto ulardan biri toshning ortiga yashirinib olsa ham, o‘sha tosh – ey musulmon, mana ortimda yahudiy turibdi, kel uni o‘ldir, deb aytadi». (Buxoriy, Muslim va Termiziy rivoyati).

Falastin va uning ahli muammosi oziq-ovqat va mablag‘ muammosi emas. Buni faqat u erga oziq-ovqat va mablag‘ yuborish bilan kifoyalanib, qo‘shin yuborishdan o‘zini olib qochayotgan qo‘rqoqlar tashviqot qilishmoqda.

إِنَّ فِي هَذَا لَبَلاًغا لِقَوْمٍ عَابِدِينَ

«Albatta mana shunda ibodat qilguvchi qavm uchun etarli narsa bordir» [Anbiyo 106]

Hizb ut-Tahrir Pokiston viloyati   

21 shavvol 1442h

2 iyun 2021m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.