Pokiston rejimi Islomga qarshi kurashda Quraysh yo‘lidan bormoqda

356
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Pokiston rejimi Islomga qarshi kurashda Quraysh yo‘lidan bormoqda

Pokiston rejimining Hizb ut-Tahrir a’zolaridan birini va u bilan birga keksa yoshdagi otasini qamoqqa olganiga uch haftadan oshdi. Shu munosabat bilan Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot bo‘limi bayonot chiqarib, unda quyidagilarni ta’kidladi:

«Pokiston rejimi Qur’on va Sunnat bilan hukm yuritilishini talab qilayotgan musulmonlar bilan vahshiy muomalada bo‘lyapti. Bu rejim xonadon daxlsizligini hurmat qilmayapti. U na musulmonlarga, na ularning bemor va keksalariga rioya qilyapti. Ammo anavi mushrik hindular bilan esa, Pokiston rejimi hamdardlik munosabatida bo‘lyapti, Hindistonning bosib olingan Kashmirdagi adovatlariga nisbatan bag‘rikenglik ko‘rsatyapti». Bayonotda quyidagilarga diqqat qaratildi:

«Pokiston rejimi Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etishga chaqirayotgan musulmonlarni o‘g‘irlab ketish bilan Makkadagi Quraysh tog‘utlari yo‘lini tanladi. U Islom va musulmonlar dushmanlariga itoat qilib, ularni qo‘llab-quvvatlamoqda, bir vaqtning o‘zida esa, musulmonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lmoqda». Bayonot Pokistondagi musulmonlarga murojaat qilish bilan yakunlandi:

«Pokiston hukmdorlari Xalifalik da’vatchilariga qarshi butun yurt bo‘ylab ayovsiz urush boshlashdi… Ular Alloh Subhanahu va Taoloning bundan qaytarib qilgan tahdidlaridan qo‘rishmayapti. Bu ruvaybizalar Alloh Subhanahu va Taolo nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritilishini talab qilayotgan xolis musulmonlarga rahm qilmayapti. Shunday bo‘lgach, Ummat orasidagi siz insofli musulmonlar ovozingizni baland qilib, hukmdorlardan Xalifalik da’vatchilarini repressiya qilishni to‘xtatishni talab qiling».

Roya gazetasining 2019 yil 18 dekabr chorshanba kungi 265-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.