Mirziyoev xorijda shakllangan va chet eldan kirib keladigan muxolifatga mamlakatda ruxsat berilmasligini ta’kidladi

427
0

Mirziyoev xorijda shakllangan va chet eldan kirib keladigan muxolifatga mamlakatda ruxsat berilmasligini ta’kidladi

Gazeta.uz nashri xabariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 27 dekabrь kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvda bu haqda gapirgan.

“Ijtimoiy tarmoqlarda muxolifat muhokama qilinmoqda. U bizga qanday foyda keltirdi? Men Prezident sifatida muxolifatga qarshi emasman. Biroq u o‘zimizda paydo bo‘lishi uchun muhit yaratishimiz kerak. Bu shaxslar xalqning dardini bilishi, ular bilan barcha muammolarni boshidan kechirishi va shu erning nonini eb, suvini ichishi kerak”, degan Mirziyoev.

Bu Shavkat Mirziyoevning prezidentlikka kelganidan buyon muxolifat haqidagi ilk murojaati bo‘ldi.

TAHLIL: Karimov rejimi Sovet ittifoqidan qolgan siyosiy doira va undan shakllangan boshqaruv rejimini O‘zbekistonda saqlab qoldi. Hokimiyatning fuqorolarga nisbatan pozitsiyasi va muomilasi ham shunga mutanosib olib borildi. Avtoritar boshqaruv rejimi O‘zbek xalqini siyosatdan uzilgan mutlaq itoat asosidagi mentalitet bilan shakllanishiga olib keldi!

Karimov vafotidan keyin O‘zbek rejimi olamiy boshqaruv sistemasiga muvofiqlashish maqsadida o‘zini reabilitatsiyalay boshladi. G‘arb olami bilan yaqinlashib, mamlakatda uning ilmoniy talablarini amalga oshirishga harakat qilyapti. Lekin G‘arbning xohish istaklari hokimiyatga muxolif kuchlar bo‘lishini talab qiladi. Bu esa, O‘zbek rejimidan mamlakat tashqarisida qochib yurgan mavjud muxolif kuchlarni qaytarishni yoki ichkaridan yangi qo‘lbola muxolifat (konstruktiv muxolifat) yaratishni talab qiladi. Mirziyaev ikkinchi variantni tanladi!

Demak, O‘zbekiston ham qalbaki muxolif kuchlar faoliyati asosidagi hokimiyat monopoliyasini paydo qilishga qarab boryapti! Xuddi AQSh ikki partiya (demokratlar va respublikachilar) o‘rtasida qalbaki fikrlar, harakatlar va yolg‘on keskinliklar ko‘rinishlari bilan mamlakat parlamentini monopoliya qilib olinganidek. Aslida demokratiyaga asoslangan barcha kapitalistik davlatlar shu printsipga tayanib hokimiyatni boshqarib kelishadi. Davlat etakchilari hokimiyat vakillari (etakchi guruh) va muxolifat vakillaridan iborat bo‘lib, ularning har biri hukumat ustidan bevosita yoki bilvosita nazorat olib borishadi. Bunga Rossiya parlamentidagi muxolif partiyalarning yolg‘on printsiplari yaqqol misol bo‘la oladi.

Hokimiyatni xalq boshqarishi mumkin emas! Olamiy kapitalistik etakchi guruh vakillari bu haqiqatni jamoatchilikdan yashirish maqsadida, xalqning rasmiy vakillari (hokimiyat vakillari)ni ham, norasmiy (muxolifat) vakillarini ham o‘z ta’siri ostida ushlab turishga harakat qilishadi. Radikal (etakchi guruh ta’siri ostida bo‘lmagan kuchlar) quvvatlarni imkon qadar jamiyatdan, siyosatdan va siyosiy jarayonlardan chetda ushlab turishga harakat qilishadi. Butun dunyoda, jumladan ularning o‘zlari yashab kelishayotgan G‘arb davlatlarining barchasi shu asosdagi siyosiy printsiplar bilan o‘z xalqlarini boshqarib kelishadi. G‘arb davlatlarining barchasini kapitalistlardan iborat etakchi guruhning ta’siri ostidadir. Ular mamlakatlarini ikki yoki bir nechta partiyalardan iborat parlamentlar vositasida boshqarib kelishadi.

Yuqoridagi gapga ko‘ra, O‘zbekiston olamiy kapitalistik boshqaruv printsiplariga asoslanib, mamlakatda pozitsiya va qalbaki oppozitsiya asosidagi demokratik boshqaruv sistemasini tiklamoqchi bo‘lyapti. O‘zbekiston ham, etakchi davlatlar singari muxolifat kuchlarini xalq ichidan kelib chiqqan tabiiy quvvatdan paydo qilishni xohlamaydi. Shuning uchun Mirziyoev muxolif kuchlarni o‘zim tayorlayman deb va’da beryapti.

Shunga ko‘ra aytish mumkinki, O‘zbek rejimi tubdan o‘zgarmadi! U olamiy buzuqi etakchi sistemaga moslashib, qalbaki demokratik islohotlarni amalga oshirib boryapti! Islomiy muhitni ham, o‘z tarafdorlari (mo‘’tadil islomchilar) qo‘l ostidagi diniy arboblarga olib bermoqchi! O‘zbek rejimi o‘tish davrini qalbaki islohotlar bilan amalga oshirish niyatida. Lekin bu o‘ta murakkab, qiyin jarayon!

G‘arb olami ham Mirziyaevga ishonmaydi. Lekin O‘zbekiston hozir G‘arb manfaati uchun inqilobiy to‘palonlarga tayyor emas. G‘arb, O‘zbekistonni saqofiy mustamlaka qilib bo‘lmaguncha hokimiyat uchun to‘palon uyushtirishga harakat qilmaydi. Bugun O‘zbekiston ham Qirg‘iziston singari G‘arbning saqofiy mexanizmlari uchun darvozalarini keng ochib beryapti. Demak O‘zbek rejimini qulashi uchun ham, vaqt masalasi qoldi. G‘arb hazorati ostidan rivojlanib chiqadigan bu muxolifat quvvati, vaqti kelib rejimni jamiyatdan uloqtirib tashlashga harakat qiladi!

Xulosa qilib aytganda, etakchi guruhlar ham, ularga muxolif bo‘lgan G‘arbparast quvvatlar ham botil, qalbaki va asosi hato bo‘lgan mabda vakillaridir. Har ikki tomon ham demokratiya aqidasi ustiga qurilgan qalbaki mabdaga tayangan hazorat egalari bo‘lib, shu mabda ichida bir birlari bilan hokimiyat talashishadi. Biz Musulmonlar bu ikki yoki ko‘proq taraf egalarining biri tomonda boshqalariga qarshi turishimiz joiz emas. Islom va Musulmonlarning o‘z aqidasi va undan balqib chiqqan mabda – boshqaruv sistemasiga tayangan hazorati (dunyoqarashi) mavjud. Biz shu hazoratimiz asosida jamiyatlarimizni shakllantirishga harakat olib boramiz. Davatlarimizni islomiy mabdani jamiyatda etakchi fikriy asos qilishga intilamiz. Shunda bir biri bilan qalbaki kurashib, bizni chalg‘itishga urinayotgan kufr quvvatlarini jamiyatdan chetlatishga va xalqni u betain kuchlar zulmidan qutqarishga muvaffaq bo‘lamiz, insha Alloh!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.