Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati «Islom xotirjamlik va baxt keltiradi» nomli murojaat yo‘lladi

423
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati «Islom xotirjamlik va baxt keltiradi» nomli murojaat yo‘lladi

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati 2019 yil 19 noyabr seshanba kuni asr namozidan so‘ng Ummu Do‘rmondagi «Liviya bozori»ning Sobirin maydonida haftalik ma’ruza o‘tkazdi. Har hafta turli nomlar ostida o‘tkazilayotgan ushbu tadbir bu safar «Islom hayot yo‘lidir», deb ataldi. Unda Hizb ut-Tahrir a’zosi ustoz Abdurrohim Abdulloh yig‘ilganlarga Islom faqat namoz, ro‘za, zakot va hajdan iborat emasligi, balki u hayot uchun mukammal bir tuzum ekani haqida so‘zladi. Shuningdek, bugungi kunda dunyo – xalqlar va millatlarni talayotgan vahshiy kapitalizm bilan ba’zi sotsialistik davlatlarda vayron bo‘layotgan sotsializm o‘rtasida qalqib turganini ta’kidladi.

Abdurrohim Abdulloh – yolg‘iz Islomgina xotirjamlik keltiradi va uning shar’iy qonunlari o‘z davlatidagina ijro etilishi mumkin, chunki davlat Islomiy qadriyat va hazoratini tatbiq qilishning tariqatidir, deya ta’kidladi. Ustoz yig‘ilganlar diqqatini quyidagilarga qaratdi: Sudan «mustaqillik»dan beri oltita hukumatni boshdan kechirdi, ulardan uchtasi fuqaroviy, uchtasi harbiy bo‘ldi. Ammo oltovi ham insonlar ishlarini boshqarishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Chunki muammolarga echimlarni inson o‘ylab topgan, uning nafs-havosidan kelib chiqqan va kapitalistik tuzumiga asoslangan dasturlardan oldi. Alaloqibat, odamlarga baxtiqarolik va qashshoqlikdan boshqa narsani keltirmadi.

Ustoz Abdurrohim o‘z ma’ruzasini bunday tamomladi: O‘z ahlini hargiz aldamaydigan etakchi bo‘lmish Hizb ut-Tahrir islomiy hayotni qayta boshlash uchun faoliyat olib bormoqda. U boshqaruv uchun Qur’on va Sunnatdan istinbot qilingan 191 moddadan iborat dastur loyihasini tabanniy qilgan. Bugun Sudan ahli Xalifalikni barpo etib, Ummatni o‘z ulug‘ligi va qudratiga qaytarishi uchun Hizb ushbu dasturni unga taqdim etmoqda. Bas, ushbu faoliyat qilayotganlar kemasiga etib oling.

Roya gazetasining 2019 yil 27 noyabr chorshanba kungi 262-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.