Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati «Hukumatlar va rahbarlar rejim bilan tinchlik asosida muomala qilib, Shom ahliga nisbatan dushmanlik qilishmoqda» nomli namoyish o‘tkazdi

381
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati «Hukumatlar va rahbarlar rejim bilan tinchlik asosida muomala qilib, Shom ahliga nisbatan dushmanlik qilishmoqda» nomli namoyish o‘tkazdi

Hizb ut-Tahrir yigitlari «Hukumatlar va rahbarlar rejim bilan tinchlik asosida muomala qilib, Shom ahliga nisbatan dushmanlik qilishmoqda» nomli namoyish o‘tkazishdi. Shimoliy Idlibdagi Aqrabot Qoh yo‘lida o‘tkazilgan ushbu namoyishda ishtirok etganlar ko‘tarib chiqqan plakatlari orqali guruhlarning rejimni ag‘darish yo‘lida g‘ov bo‘lishayotganini hamda Shom ahli o‘zlarining tortib olingan hokimiyatlarini hukumatlardan tortib olmoqlari, guruhlardan esa, qarorlarini qaytarib olmoqlari lozimligini ifoda etdilar.

Payshanba kuni idlibdagi Talli Karoma shaharchasida ham «Qo‘zg‘olonimiz yo‘lini to‘g‘rilab olmagunimizcha bu qirg‘inlar aslo to‘xtamaydi» nomli namoyish o‘tkazildi. Namoyish ishtirokchilari «Qoh qirg‘ini jinoyatiga tashqi davlatlarga bog‘langan guruhlar, zo‘ravon xavfsizlik kuchlari va jarchi axborot vositalari sherikdir», «Inqoz hukumatidan boshlab, muvaqqat hukumatlargacha hammasi yo‘qolsin, ularning barchasi fuqaroga zo‘ravonlik qilishmoqda», degan so‘zlar yozilgan plakatlarni ko‘tarib chiqishdi. Shuningdek, Tahriri Shom hay’ati qamoqxonalarida saqlanayotgan mahbuslarni ozod etish talabi yozilgan uchta plakat ko‘tarib chiqildi. Bu plakatlarda «Juma Sulaymon va Baho Ismoil kabi Sohil fronti ochilishini talab qilgan xolis mujohidlarning qamoqqa olinishidan kim manfaatdor?!» degan so‘zlar yozilgan.

Roya gazetasining 2019 yil 27 noyabr chorshanba kungi 262-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.