Nur-Sultonda Suriya bo‘yicha muzokaralarning 14-bosqichi boshlandi

373
0

Nur-Sultonda Suriya bo‘yicha muzokaralarning 14-bosqichi boshlandi

 Turkiya, Eron va Rossiya delegatsiyalari 10 dekabrda ikki kun uch tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun Nur-Sultonga tashrif buyurdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Aybek Smadiyarov jurnalistlarga xabar qildi.

 Uchrashuvlar Suriyada 8 yildan beri davom etayotgan urushiga doimiy echim topishga qaratilgan, yana ular urushdan keyingi konstitutsiyani ishlab chiqish, siyosiy o‘tish, xavfsizlik va qochqinlarni joylashtirish bo‘yicha davom etayotgan muzokaralarni ham qamrab oladi.

 “Ostona jarayoni” deb nomlangan ilk uchrashuv 2017 yil yanvarida o‘tkazilgan edi. Bu 14-uchrashuvdir.

 Izoh: AQSh boshchiligidagi kufr davlatlari Suriyadagi musulmonlar qarshiligiga harbiy yo‘l bilan barham bera olishmagach, makr va tuzoqdan iborat bo‘lgan siyosiy muzokaralar yo‘liga o‘tishdi. O‘z maqsadlari yo‘liga etish yo‘lida dastavval qurolli guruhlar o‘rtasini “sulh”ga rozi va “radikallar”ga ajratib olishdan boshlashdi.

 AQShning bu rejasini amalga oshirishda Turkiya, Eron va Rossiya federatsiyasi tashqi ishlar vazirlari 2016 yil 20 dekabr kuni Moskva shahrida uchrashib, quyidagi moddalar ustida kelishib olishgan edi.

 1- Eron, Rossiya va Turkiya davlatlari Suriya respublikasining ko‘p millatli, ko‘p dinli, mazhabparast bo‘lmagan demokratik va ilmoniy davlat tushunchasiga, mustaqilligiga, hududiy yaxlitligi va birligiga nisbatan hurmatlarini yana bir bor izhor qiladilar.

 2- Eron, Rossiya va Turkiya davlatlari Suriya muammosi uchun harbiy echim yo‘qligiga qanoat hosil qildilar. Tomonlar qochqinlar bo‘yicha BMT oliy komissiyasining 2254 sonli qaroriga muvofiq, bu masalani echimida ko‘rsatgan muhim rolni tan oladilar. Vazirlar “Xalqaro Suriyani qo‘llab-quvvatlash guruhi”ning qarorlarini ham hisobga oladilar. Ushbu hujjatda ko‘rsatilgan moddalarni amalga oshirish yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlash uchun xalqaro hamjamiyatning barcha a’zolarini yaxshi niyat bilan hamkorlik qilishlarini talab qiladilar.

 3- Eron, Rossiya va Turkiya davlatlari sharqiy Halabda tinch aholining ixtiyoriy ravishda evakuatsiya qilinishini va qurolli muxolifatning tartibli shaklda u erdan chiqishlariga ruxsat berilishiga nisbatan mushtarak harakatlarni qabul qiladi. Ayniqsa, Fua, Kefreyy, Zebadani va Madayadan tinch aholining qisman evakuatsiya qilinishini ham ma’qullaydi. Tomonlar bu jarayonning uzluksiz va xavfsiz tarzda yakunlanishini ta’minlash uchun mas’uldirlar.

 4- Vazirlar otashkesim, to‘siqsiz gumanitar yordam va tinch aholining mamlakat bo‘ylab erkin harakatini rivojlantirish muhimligi xususida kelishib oldilar.

 5- Eron, Rossiya va Turkiya davlatlari Suriya hukumati bilan muxolifat o‘rtasida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan muzokaralar shartlarini engillashtirishga va bunga kafil bo‘lishga tayyor ekanligini bildirdilar. Buni amalga oshirish uchun boshqa mamlakatlarni vaziyatga ta’sir o‘tkazishga chaqirishdi.

 6- Ushbu shartnoma BMT xavfsizlik kengashining 2254 sonli qaroriga muvofiq Suriyadagi siyosiy jarayonni davom ettirish uchun zaruriy sharoitlarni yaratadigan bir vosita bo‘lishiga qattiq ishonmoqdalar.

7- Vazirlar Qozog‘iston prezidentining Ostonadagi uchrashuvlarga mezbonlik qilish haqidagi taklifini belgilab o‘tishdi.

 Bugunga kelib, Rossiya, Turkiya va Eronning Suriyadagi hamkorligi va Ostona muzokaralari o‘z “meva”larini bera boshladi. Chunki Ostona va Sochida uyushtirilgan uchrashuvlarda Rossiya, Eron va Turkiya davlatlari Suriyada “xavfsiz mintaqa yaratish” va “nazorat punktlarini o‘rnatish” masalalarida kelishib olganligini da’vo qilishgan edi, ammo bu shartnomalar va kelishuvlardan asl maqsad Asad rejimiga qarshi kurashayotgan xolis musulmonlarni zaiflashtirish va Asad rejimini yana quchaytirish uchun vaqtdan yutishdan boshqa narsa emas edi. Afsuski, Suriyadagi qurolli guruhlarning aksari kufrning bu makrini ko‘ra olishmadi va muxlis musulmonlarning xolis nasihatlariga quloq solishmadi. Buning jabrini bugungi kunda mazlum Suirya xalqi ko‘rmoqda.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.