Sisiy rejimi bilan uning gumashtalari yahudiy vujudiga elchilik qilishyapti

16
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sisiy rejimi bilan uning gumashtalari yahudiy vujudiga elchilik qilishyapti

“Maan” axborot agentligi (hijriy 1440 yil 29 zul-hijja, milodiy 2019 yil 30 avgust juma kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“Bugun juma kuni ertalab arab gazetalarida nashr qilingan maqolalarda, Misr razvedkasining bir necha kun oldin Qohiraga kelgan Hamas harakati delegatsiyasiga bosqinchi yahudiylar bilan yarashish toʻgʻrisida yangi taklif kiritgani aytildi.

Axbori Lubnoniya gazetasi Hamas harakatidagi bir manbadan iqtibos keltiradi. Manbaga koʻra, Misrning bu yangi taklifida bosqinchilar bilan yarashish, gumanitar va iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, buning evaziga bosqinchilarning Gʻazo chegaralarida tinchlikni kafolatlashlari aytiladi, “yaʼni, bu safar yarashuv muddati uzoq vaqt boʻlishi shart qilinadi”.

Gazetaga koʻra, Gʻazodan “yahudiylar manzilgohlari”ga qarata deyarli har kuni raketalar otilyapti, bunga qarshi “Isroil” yangi urush ochish bilan tahdid qilmoqda, taranglik yanada keskinlashyapti… Mana shunday bir paytda, Misr razvedkasi Hamas delegatsiyasidan Gʻazo aholisiga yangi imkoniyatlar yaratilishini kafolatlash uchun vaziyatni barqarorlashtirish zarurligini talab qildi.

Gazetada qoʻshimcha qilinishicha, Hamas haligacha bu taklifga javob qilgani yoʻq. Ammo harakat rahbariyatiga buni yetkazishga vaʼda qildi hamda “Biroq Misrning bu taklifidan “Isroil” Bosh vaziri Binьyamin Netanьyaxu oʻz foydasiga vaqtdan yutishni koʻzlayapti. Chunki u kelasi oyning oʻn yettinchisida Knesset saylovlarini xotirjam oʻtkazib olmoqchi”, dedi”.

Roya gazetasi sharhi:

Axbori Lubnoniya gazetasi soʻz yuritgan mazkur gazetalardagi maqolalardan, Sisiy rejimining yahudiy vujudga xizmat qilish uchun oʻynayotgan jirkanch vazifasi nimadan iboratligi fosh boʻlmoqda. Yaʼni, bu rejim yahudiylarga elchilik qilishga rozi boʻlib, ularning ogohlantiruv va talablarini Hamas va Gʻazo ahlga yetkazyapti. U bu bilan yahudiylar manfaatidan boshqa narsani oʻylamayapti. Aftidan, yahudiy vujudi ayni damda yarashuvga erishishga harakat qilar ekan, shu orqali saylovlarini tamomlab, xotirjam hukumat tuzib olmoqchi. Ana shundan soʻng agar ishlarini tartiblashtirib olsa va Gʻazo sektoriga harbiy amaliyot boshlashga qaror qilsa, uning qoʻllab-quvvatlab, yordam beruvchisi Misr rejimi boʻladi. Misr rejimi hatto jangchi guruhlar yarashuv bitimini buzishyapti kabi turli bahonalar bilan yahudiy vujudini oqlaydi ham.

Misr rejimining yana bir muhim vazifasi, Gʻazo sektori ahlini mudofaa qilib, qonini saqlashdir. Agar shu vazifasiga kirishganda edi, ushbu muborak zamindan qoʻl choʻzsa yetgudek masofadagi Gʻazo ahliga nusrat berish va Falastinni ozod etish sari armiyalarini safarbar qilgan boʻlur edi. Biroq bu xoin va malay rejim yahudiy vujudiga qarshi armiyalarini safarbar qilish oʻrniga, razvedkasini safarbar qilib, ularni himoya qilyapti, ularga xizmat koʻrsatyapti! Gʻazo ahli qamalini parchalash oʻrniga, ularga tazyiq oʻtkazyapti, ularni och qoʻyayotgan va qashshoqlashtirayotganlarga sherik boʻlyapti!

Roya gazetasining 2019 yil 4 sentyabr chorshanba kungi 250-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.