Xoin hukmdorlar xo‘jayinlari ularni birinchi chorrahadayoq tashlab ketishini qachon anglab etadilar?!

229
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Xoin hukmdorlar xo‘jayinlari ularni birinchi chorrahadayoq tashlab ketishini qachon anglab etadilar?!

«Dustur» gazetasi veb-sayti (hijriy 1442 yil 25 Ramazon, milodiy 2021 yil 7 may juma kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Amerikaning Fox News telekanalining juma kungi yangiliklarida AQSh qo‘shinlariga tarjimonlik qilish bilan faoliyat qilayotgan 17 mingdan ziyod afg‘on tarjimonlarning ekstremistik Tolibon harakati tomonidan o‘ldirilish xavfiga duch kelayotgani xabar qilindi.

Telekanalning elektron saytida tarqatilgan xabarga ko‘ra, 17 mingdan ziyod afg‘on tarjimon urushdan xonavayron bo‘lgan Afg‘onistonni belgilangan muddatidan oldin tark etishga urinishmoqda. Ma’lumki, prezident Jo Bayden Afg‘onistonda qolgan amerikalik kuchlarni 11 sentyabrda olib chiqib ketilishini aytgan edi».

Roya:

Bu tarjimonlar o‘z xalqlari va yurtlariga qarshi o‘zlarining qanchalar xoinlik qilishganini va bosqinchi AQShga nopok xizmatlar ko‘rsatishganini tushunib etishgan. Masalan, ulardan biri «biz amerikaliklarning ko‘zlari, quloqlari va tillari edik» deydi. Yana biri «biz unutilgan askarlarmiz, agar biz ko‘rsatgan xizmatlar bo‘lmaganda, AQSh qo‘shinlari aslo bu yutuqlarni qo‘lga kiritisholmasdi», deydi.

Bu tarjimonlar sodir etgan jinoyatlar katta siyosatchi xoinlar sodir etgan jinoyatlardan kam emas. Chunki xoin siyosatchilar yurt darvozalarini Amerikaga lang ochib berishdi va u bilan hamkorlik qilib, qo‘shinlarini yurtga kiritishdi. Shuningdek, bu tarjimonlarning jinoyatlari bosqinchilar bilan hamkorlik qilgan afg‘onistonlik harbiylar, xavfsizlik kuchlari va politsiya xodimlari jinoyatidan kam emas. Ularning jinoyatlari bosqinchilik va bosqinchilarni oqlagan mufakkir va yozuvchilarning jinoyatlaridan ham, bosqinchilar bilan hamkorlik qilish joizligiga fatvo bergan shayxu imomlar jinoyatlaridan ham, bosqinchilar bilan hamkorlik qilish orqali millionlab pul to‘plagan urush tujjorlari jinoyatlaridan ham kam emas. Bularning ham, o‘z dinlari, Ummatlari, yurtlari va xalqlarini sotib, bir og‘iz so‘z yoki ish bilan bo‘lsa ham bosqinchilarga yordam bergan kimsalarning ham gunohi bir-birlarinikidan farq qilmaydi.

Bu sotqin tarjimonlar tarixdagi sotqin birodarlarining holi nima kechganidan ibratlanishmadi. Mana, endi o‘z jonlaridan qo‘rqib, dunyoyu oxiratda yo‘liqadigan taqdirlarini kutishyapti. Bas, musulmon yurtlaridagi boshqa xoinlar ham ibrat olarmikinlar, Ummatlari safiga qaytib, Ummat tomonidan keladigan intiqom va oxiratdagi azobdan o‘zlarini qutqararmikin?!

Roya gazetasining 2021 yil 12 may chorshanba kungi 338-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.