Rossiya Suriyada “terrorchilar” deb kimlarni aytmoqda?

41
0

Rossiya Suriyada “terrorchilar” deb kimlarni aytmoqda?

Bashar Asadga qarashli SU-22  rusumli samolyot Suriyaning Hama shahri shimolida tinch aholi ustidan bomba yogʻdirayotgan bir paytda muxolifat guruh tarafidan urib tushirildi. Samolyotning tirik qolgan uchuvchisi Idlibda havodan va quruqlikdan uyushtirilayotgan barcha qirgʻinlarga Rossiya kuchlari bosh-qosh boʻlayotganini malum qildi.

“Qayerga hujum qilinishi Rossining taʼlimotlari va rejalari bilan amalga oshiriladi. Havodan uyushtirilayotgan hujumlar toʻliq Rossiyaning qoʻllab-quvvatlovi bilan boʻladi. Yerdan uyushtirilayotgan hujumlar ham xuddi shunday”, dedi asirga tushgan uchuvchi.

Bundan biroz avval Rossiya Suriyada amalga oshirayotgan qirgʻinlarini Turkiya bilan muvofiqlashgan holda amalga oshirayotganini, yaʼni Turkiyaning yordami bilan va undan olingan maʼlumotlarga tayanib “terrrorchilar”ga hujum qilayotganligini daʼvo qilgan edi. Turkiya hukumati esa buni inkor qilmadi. Balki u Suriyada “terrorchilar”ga qarshi Rossiya bilan hamkorlik qilayotganini daʼvo qilib keladi.

Malumki, Rossiya terrorchi deganda muxolif guruhlarni nazarda tutadi. Hozirda Suriyadagi eng kuchli muxolif guruh “Tahrirush Shom” guruhidir. Ammo u ham Turkiyaning nazorati ostida. Bu ochiq koʻrinib turgan holatdir. Boshqa guruhlar esa deyarli tarqalib ketdi, faqat xalq qoldi xolos. Demak Rossiya “terrorchilar” deb Suriya xalqini nazarda tutmoqda. Rossiyaning qiruvchi uchoqlari ham faqat tinch aholini qirgʻin qilayotgani sir emas. Rossiya “terrorchilar nishonga olindi” deganda, nishonga olingan joylarga qaralsa, masjidlar, maktablar, kasalxona va bozorlar kabi oddiy xalq govjum joylar nishonga olingani maʼlum boʻladi. Masalan BMTning oʻzi tan olib chiqargan hisobotga koʻra, oxirgi uch yarim oy ichida besh yuzdan ortiq tinch aholi vakillari oʻldirilgan. Mana shundan Rossiya “terrorchilar”, deb Turkiyaning koʻmagi bilan qirgʻin qilayotgan insonlar shariatdan boshqasiga rozi boʻlmayotgan Suriyaning musulmon xalqi ekanligi koʻrinib turibdi. Shunday ekan butun dunyodagi musulmonlar oʻz hokimlarining bunday xiyonatlariga sukut saqlamasliklari va ularni xiyonatdan tiyib qoʻyish uchun bor kuchini sarflashlari vojibdir.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.