Masjidlarga qarshi urush

54
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Masjidlarga qarshi urush

Pokiston Oliy sudi 2021 yil 27 dekabrda 25 yil muqaddam qurilgan va minglab inson namoz oʻqiyotgan Karachidagi shahar masjidini buzish toʻgʻrisida qaror chiqardi. Bu ilmoniy sud kibr-havo bilan Allohning Baytlaridan birini “noqonuniy qurilgan”, degan dastak asosida buzib, oʻrniga bogʻ qurmoqchi.
Shu xususda Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot boʻlimi bayonot chiqarib, demokratiya va uning ilmoniy adliyasining Islom Ummati aqidasi va qadriyatiga mutlaqo zid ekanini taʼkidlab, quyidagilarni qoʻshimcha qildi:
“Ilmoniy hukumat Pokistonda davlat mablagʻidan hindu va sikxlar ibodatxonalarini qurayotgan bir paytda, masjidlar qurilishini moliyalashtirish va odamlarning ularga qatnashini yengillashtirishda oʻz zimmasidagi vazifasiga eʼtiborsizlik qilmoqda.
Demokratik tuzum dinimiz bilan boʻlgan aloqamizni uzishga va jamiyatlarimizda Gʻarbning buzuq qadriyatlarini yoyishga harakat qilmoqda”.
Matbuot bayonoti soʻnggida Pokistondagi musulmonlarga murojaat qilinib, quyidagilar taʼkidlandi:
“Ey Pokistondagi musulmonlar! Xalifalik agʻdarilgandan soʻng Islom rishtalari uzildi. Endi esa, Islom dushmanlari eng soʻnggi rishta boʻlgan namozni nishonga olishmoqda. Bas, shunday ekan, ovozlarimizni baland koʻtarib, demokratiyadan voz kechish va Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish orqali Islomni qayta hokimiyatga olib chiqish vaqti kelmadimi?! Zero, Xalifalik namozni himoya qilib, boshqa odamlarning Islomga kirishiga yoʻl ochadi”.
Roya gazetasining 2021 yil 12 yanvar chorshanba kungi 373-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.