Chegera majarosi: hammamizning keladigan joyimiz shu yer…

477
0

Chegera majarosi: hammamizning keladigan joyimiz shu yer…

 Maʼlumki, 20-mayda Qirgʻiziston va Tojikiston chegerasida yana bir majaro boʻlib oʻtdi. Shundan buyon bunga oʻxshash bir nechta voqealar sodir boʻldi. Bugunga kelib vaziyat izga tushgan boʻlsada, ikki davlat chegara xizmatlari odamlar orasida ixtilof qoʻzgʻatuvchi xabarlarni tarqatib kelishmoqda.

 Tojik chegara xizmati qirgʻizistonliklarni ayblab: “Ikki qishloq oʻrtasidagi qabriston bizga tegishli, chunki ota-bobolarimiz  shu yerga dafn qilinib kelingan, degan bahona bilan qirgʻizistonliklar Tojikiston hududiga kirib kelishdi”, deya xabar qildi.

 Qirgʻiz chegara xizmati esa, bu joy xali aniqlanmagan hududlar tarkibiga kirishini maʼlum qildi. 

 Shu oʻrinda savol tugʻiladi: nima uchun vaziyat izga solindi-yu va yana nima uchun qarama-qarshi xabarlar tarqatilmoqda? Buning javobi oddiy: bunday majarolar mustamlakachilar istak-xohishlariga muvofiq oralarimizda alangalatilib-oʻchirilib, kuchaytirilib-zaiflashtirilib turiladi. Shuningdek, ularning manfaatlariga muvofiq bu “oʻt” har doim “choʻgʻ” holatida saqlab turiladi. Shu sababli, mustamlakachilarga kerak boʻlmagan vaqtda vaziyat izga solinadi, agar ehtiyoj paydo boʻlib qolsa, davlatlar oʻrtasida urush darajasiga qadar koʻtariladi. Shunga muvofiq, 20 mayda boʻlib oʻtgan va keyin ham davom etib kelayotgan bir qator chegara xodisalari “choʻgʻ”ni oʻchirmay ushlab turish jumlasidandir.

 Ey Musulmon birodarlar, shu munosabat bilan yuqoridagi voqealarga bogʻliq sizlarga nasihatimiz shuki, Biz musulmonlarmiz. Shu sababli barchamiz bunday voqealar boʻyicha islomiy fikr yuritib, ularga nisbatan islomiy yondoshishimiz kerak. Mana misol uchun 20-maydagi xodisani olaylik: Shu kuni bir musulmon dunyodan oʻtib, oxiratga safar qildi. Alloh marhumni rahmatiga olsin. Mayitni dafn qilish esa uning ortida qolganlar uchun farz. Janoza oʻqilib, janozaga kelgan xalq mayitni oʻrniga qoʻyish uchun qabristonga borsa, u yoqda Tojikiston chegarachilari odamlarni oʻtkazishmadi… Nima uchun? Aslida ular ham musulmonlar-ku… Qurʼonimiz bir, Paygʻambarimiz bir… Biz millati yoki vataniga qaramay, marhumning janozasida birga turamiz, uni qabrga birga qoʻyamiz… Agar bir qirgʻiz musulmon Tojikiston hududida vafot etsa va uni dafn qiladigan yaqinlari topilmasa, oʻsha yerdagi tojik qardoshlar uning janozasini oʻqib, xurmat koʻrsatib oʻz qabristonlariga dafn qilishadi. Agar bunday voqea Qirgʻizistonda boʻlib qolsa, qirgʻizistonlik musulmonlar ham xuddi shunday qilishadi. “Hammamizni borar joyimiz ikki quloch yer” deyishadi… yoki bunday emasmi…

 Demak, bu xodisada Islomga zid ishlar boʻlib ketdi. Chegarachilar Allohning shariatiga qaramay, demokratiyadan kelib chiqqan qonunlarni ushlashdi. Ha, ular buni oʻz rahbarlari buyrugʻiga muvofiq qilishdi, rahbarlari esa, kofir xoʻjayinlarining buyruqlari sababli shunday qonunlarni ishlab chiqishgan va shular asosida muammoli xaritalarni chizishgan! Bu orqali musulmonlar oʻrtasi ajratilib, ularni Islom asosida birlashishlariga toʻsqinlik qilinadi. Shu sababli ham bu rahbarlar xalqlarni bir-biriga gij-gijlovchi bayonotlar berishadi! Majarolarni izga solish qoʻllaridan kelmay qolganidan keyin esa, uni xal etish uchun yana qayta shu majarolarni boshida turgan kofir xoʻjayinlariga murojaat qilishadi. Masalan, Qirgʻiziston chegara xizmati bayonotidagi: “Davlat chegaralarini delmitatsiya va demarkatsiyalashga taalluqli barcha ishlar xalqaro va milliy qonunchilik doirasida xal qilinishi kerak” degan soʻzlari shunga dalolat qiladi.

 Ey musulmonlar, kofir va ularning malaylari chizib qoʻygan xaritalar uchun qirpichoq boʻlmanglar, chunki bu sizlar uchun qoʻyilgan tuzoqdir! Ular bizni bir metr yer uchun urushtirib qoʻyib, bir-birmizni “ikki quloch yerga” joylashtirishadi. Ularning tuzogʻiga tushadigan boʻlsak, talashgan yerlarimiz gektarlab oʻzimizning qabrlarimizga aylanib qoladi (Bundan Alloh saqlasin, biroq bunday narsalarga dunyo tajribalarida guvoh boʻlib turibmiz). Davlatlarimiz yerlari esa butunicha oʻsha mustamlakachilarning mustamlakasi sifatida qoladi. Masalan, biz bir qarich yer talashib turgan bir paytda Rossiya harbiy bazalari qancha yerlarimizni egallab turibdi, Xitoy qancha yerlarimizni olib qoʻydi?… Shu sababli, aziz birodarlar, ularning makr-hiylalari qurboniga aylanib yuravermay, bunday fitnalarga qarshi Islomiy mavqedan turib kurashishimiz zarur. Buning uchun Islomni oʻrganib, Islomimizga talpinaylik va Islom asosida birlashaylik!

Abdulhakiym Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.