Yahud shirkati Oʻzbekistonda parrandachilik fabrikasini quradi

995
0

Yahud shirkati Oʻzbekistonda parrandachilik fabrikasini quradi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat boʻylab “islohotlar” oʻtkazayotganligi haqida takror-takror bayonotlar berilmoqda. Ushbu “islohotlar”dan biri sifatida (Isroil)ga oid shirkat Oʻzbekistonda parrandachilik fabrikasini tashkil qilishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Bu haqida mahalliy axborot agentliklari xabar tarqatdi.

 Xabarda aytilishicha, (Isroil)ning “Levia Group” nomli shirkati Oʻzbekistonning Andijon viloyatida parrandachilik fabrikasini tashkil etish va mintaqani tovuq goʻshti bilan taʼminlashni rejalashtirmoqda. Mazkur fabrika yiliga 14 ming tonna goʻsht yetishtirib berishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek mahalliy matbuot orqali berilgan xabarga koʻra, (Isroil)dan kelgan ekspertlar fabrika uchun taklif etilayotgan joyni oʻz koʻzlari bilan koʻrish uchun Andijon viloyatiga borishgan. Tashrif chogʻida “Levia Group” vakillari fabrika qurilishini boshlash uchun belgilangan joyni koʻrib chiqib tasdiqlaganlar va ayni paytda yahud shirkatining parrandachilik uchun qurilish qilish loyihasi mahalliy hokimiyat organlariga taqdim etilgan.

Uchrashuvdan soʻng Isroilning “Levia Group” kompaniyasi Oʻzbekistonning “Uzbekoziqovkatholding” shirkati bilan hamkorlikda parranda goʻshtini yetishtilib berish boʻyicha oʻzaro qoʻshma korxona tashkil qilish masalasida shartnoma imzolandi. Qurilishning dastlabki qiymati 46 million dollarni tashkil etadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.