“Tolibon” Moskvadagi uchrashuvda ishtirok etadigan vakillari roʻyxatini eʼlon qildi

843
0

“Tolibon” Moskvadagi uchrashuvda ishtirok etadigan vakillari roʻyxatini eʼlon qildi

 “Tolibon” harakati Afgʻoniston boʻyicha 9 noyabrda Moskvada oʻtadigan uchrashuvda ishtirok etadigan delegatlari roʻyxatini maʼlum qildi.

 Maʼlum qilinishicha, delegatsiya 5 kishidan iborat boʻladi, ular: Hoji Muhammad Abbos Stonikzoy, Mavlaviy Salom Hanafiy, Shayx-ul-Hadis Mavlaviy Shahobiddin Dilovor, Mavlaviy Ziyo-ur-Rahmon Madaniy va Hoji Muhammad Suhayl Shahin.

 “Tolibon” uchrashuvda Rossiya taklifi bilan ishtirok etadi.

 Taʼkidlanishicha, “Tolibon” uchrashuvda Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha oʻzining pozitsiyasini oydinlashtirib olmoqchi va mavjud muammolarning tinchlik yoʻli bilan hal qilinishiga umid qilmoqda. Bundan tashqari, toliblar Kobul delegatsiyasi bilan biror-bir muzokara oʻtkazish niyatidamas.

 Avvalroq maslahatlashuvlarga Afgʻoniston, Oʻzbekiston, Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston hamda AQSh vakillari taklif qilingani maʼlum qilingandi. “Tolibon” siyosiy ofisi delegatsiyasi ilk bor xalqaro uchrashuvda ishtirok etadi.

 Yopiq formatdagi uchrashuv Moskvadagi “Prezident-otel”da tashqi ishlar vazirlari va maxsus vakillar darajasida oʻtadi. Uchrashuv yakunlariga koʻra biror-bir hujjat imzolash rejalashtirilmagan.

 Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 9 noyabr kuni toliblar ishtirok etadigan Afgʻoniston boʻyicha Moskva formatidagi majlisda chiqish qiladi, deb xabar berdi payshanba kuni Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.