Afgʻoniston boʻyicha “Moskva formati”dagi uchrashuvga tomonlar roziligi olindi

801
0

Afgʻoniston boʻyicha “Moskva formati”dagi uchrashuvga tomonlar roziligi olindi

 Afgʻoniston boʻyicha “Moskva formati”dagi uchrashuvda barcha tomonlar ishtirok etishadi, ular oʻz roziligini bildirdi, deb xabar tarqatdi RIA “Novosti”.

 Bu haqda Rossiya prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili, RF TIVning Osiyo boʻyicha ikkinchi departamenti rahbari Zamir Kabulov maʼlum qildi.

 “Barcha tomonlar oʻz ishtirokini tasdiqladilar. Uchrashuv sanasini ehtimol, shu haftada eʼlon qilamiz. Toliblar va afgʻon hukumati moskva formatidagi, yana boshqa 10 nafar boshqa ishtirokchilar boʻladigan yigʻilishda ishtirok etishmoqda”, – degan Kabulov.

 Maʼlumki, Afgʻonistondagi ikki guruh oʻrtasidagi mojaroni hal etishga qaratilgan “Moskva formati”dagi uchrashuv 4 sentyabrda boʻlib oʻtishi kerak edi, ammo Qobul iltimosiga koʻra, bu sana keyinga surilgandi.

 Hozirda Rossiya va Afgʻoniston TIVlari yangi sanani belgilash hamda boʻlgʻusi uchrashuv detallari borasida kelishishmoqda. RF BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya, Rossiya Moskvada oʻtkaziladigan muzokaralarga AQSh ham qoʻshilishini kutayotganini aytdi. Kabulov RIA “Novosti”ga bergan intervьyusida “Tolibon” harakati vakillari avvalgidek ushbu uchrashuvda ishtirok etishga tayyorligini maʼlum qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.