Varshavada INOT-2 Tojikiston milliy birdamlik tashkiloti taʼsis etildi

870
0

Varshavada INOT-2 Tojikiston milliy birdamlik tashkiloti taʼsis etildi

9 sentyabr kuni Varshava shahrida 4 muxolif tashkilotlar – Hizbi nahzati Islomiyya, Islohot va taraqqiyot harakati, Tojik erkinfikrlilari anjumani va Markaziy Osiyo muhojirlari Anjumani, yangi tojik muxolofatini – Tojikiston milliy birdamlik nomi bilan taʼsis etishdi. Bu jarayon, yaʼni INOT-2 nom berilgan muxolofat tashkil qilish  jarayoni qariyb ikki yildan buyon davom etib kelayotgan edi. Bu birdamlik muxlofat tashkilotiga aʼzo bӯlishlikdan bir necha muxolafat guruhlar, shu jumladan “24 guruh” va  Dodojon Atovulloyev rahbarlik qilayotgan Tojik oppozitsiya bosh tortishgan.

Tojikiston muxolafati ushbu tashkilotga aynan 9 sentyabr – Tojikiston mustaqilligini 27 yilligi kunida asos soldi. Ushbu haftada Varshava shahrida YeXHTning navbatdagi majlisi bӯlib ӯtilishi kutilmoqda. Unga tojik oppozitsiyasidan bir necha vakil taklif kilingan. Yigʻilish arafasida 4 muxolofat kuchlari orasida kelishuv eʼlon qilindi.

Unga HNIT rahbari Muhiddin Kabiriy, Islohot va taraqqiyot harakati rahbari Sharofiddin Gadoyev, Tojik erkinfikrlilari anjumani raisi Alim Sherzamonov va Markaziy Osiyo muhojirlari Anjumani rahbari Ilhomjon Yoqubzoda imzo qӯydilar.

Muhiddin Kabiriyning aytishiga qaraganda bu muxolafat tashkiloti eshigi har qanday siyosiy kuchlar uchun ochiqdir.

Nima uchun boshqa guruhlar aʼzo bӯlmadi degan savolga javoban u shunday dedi: – “Harakatni bir nuqtadan boshlash lozim va hozirgi bosqichda aynan 4 guruh Birdamlik muxolofat kuchiga tayyor ekanliklarini isbotlashdi”.

Milliy Birdamlik tashkiloti quyidagi jihatlarni ӯz maqsadi qilib belgilab oldi: Tojikiston taraqqiyoti uchun iqtisodiy tenglikni joriy etish, sӯz erkinligi, fikr erkiligi, vijdon,  norozilik namoyishlari, hayotdagi huquqlar, yuqori darajadagi tibbiy yordamni yӯlga qӯyish, saylash va saylanish huquqini qӯlga kiritish va hokazolar.

Tojikistonda kulliy islohotlarni joriy etish, qonunchilikka ӯzgartirish kiritish va adolatli, ozod saylovlarni yӯlga qӯyish ham INOT-2ning asosiy maqsadlari sirasiga kiradi.

.”24 guruh” va Atoulloyev yetakchilik qilayotgan muxolafat guruhi bu tashkilotga aʼzo bӯlmasliklarini shunday izohladi: “Yangi taʼsis etilgan tashkilot tabiiy ravishda Muhiddin Kabiriy taʼsiri ostida faʼoliyat olib boradi. Odatda HNIT “hukumat bilan murosa qilish yӯli bilan islohotga erishamiz” degan narsani ӯzi uchun yetakchi fikr qilib belgilagan. Ammo “24 guruh”ning maqsadi mavjud hukumatni tag-tomiri bilan qӯporib tashlashda iboratdir”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.