AQSh: Suriyada IShIDga qarshi harbiy amaliyot boshlaymiz

453
0

AQSh: Suriyada IShIDga qarshi harbiy amaliyot boshlaymiz

 AQSh maʼmuriyati IShIDni toʻliq magʻlub qilgani haqida bayonot bergan boʻlishiga qaramay, AQSh Davlat departamenti IShIDga qarshi yana kurash boshlanishini va bu kurashga ittifoqchilari, hamkorlari va butun boshli koalitsiya ham jalb qilinishini maʼlum qildi.

“AQSh harbiylari Suriyada SDK (Suriya demokratik kuchlari), koalitsiya kuchlari hamda ittifoqdoshalirimiz boʻlmish Turkiya, Isroil, Iordaniya, Iroq va Livan bilan birgalikda IShIDga qarshi mushtarak amaliyot boshlaydi. IShIDning Suriya yerlarini oʻz nazoratiga olishi va xalqni terror bilan qoʻrqitishi nihoyasiga yetay deb qoldi”, dedi AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Xizer Noyyert.

AQSh IShIDga qarshi kurash bahonasida Suriya xalqining Islomiy talablariga va xalq irodasi bilan alangalangan inqilobga soʻnggi zarba berish uchun yangi amaliyotlarni boshlamoqda. Xizer Noyyertning taʼkidlashicha, bu harbiy amaliyotda Turkiyaning nazarida terrorchi tashkilot hisoblangan va amalda Suriya xalqining dushmani boʻlgan SDK tashkiloti ham ishtirok etadi hamda ayni paytda AQShning mintaqadagi ittifoqdoshlari Turkiya, Isroil, Iordaniya, Iroq va Livan davlatlarining hamkorligida faoliyat olib boriladi.

 “AQSh kuchlari, global koalitsiya, mahalliy ittifoqchimiz SDK, NATOdagi ittifoqchimiz Turkiya va hamkorlarimiz Isroil, Iordaniya, Iroq va Livan bilan birgalikda IShID joylashib olgan joylarga harbiy amaliyot boshlaymiz. Mazkur oʻlkalarning chegaralarini xavfsizligini taʼminlaymiz. IShIDdan tortib olingan  mintaqalarning barqarorligini taʼminlash uchun mintaqaviy hamkorlarimizdan moddiy kuch va resurs bilan qoʻllab-quvvatlashini talab qilamiz”, deyiladi AQSh Davlat departamenti matbuot kotibining yozma bayonotida.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.