Tillerson: Sizga ikki oy muhlat

467
0

Tillerson: Sizga ikki oy muhlat

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson NATO harbiy blogiga aʼzo davlatlarni ogohlantirdi. Tillersonning taʼkidlashicha, NATO ittifoqchilari mudofaa xarajatlarini oshirishlari yoki ikki oy davomida ittifoqning byudjet ehtiyojlarini qoplash uchun reja tayyorlashlari lozim.

Reks Tillerson AQSh tashki ishlar vazirligi vazifasini boshlashi ortidan birinchi marta NATOga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari bilan Bryusselda uchrashdi. Asosan mudofaa xarajatlarini oshirish, terrorizmga (Islomga) qarshi kurash, Shimoliy Amerika bilan Yevropa oʻrtasidagi aloqalar va Rossiya masalalari muhokama qilingan yigʻilishda Tillerson ittifoq aʼzolarini tanqid qildi. Boshqa davlatlar bilan taqqoslaganda AQSh hukumati mudofaa uchun “anchagina” mablagʻ sarflab qoʻyganligini qayd etgan Tillerson AQSh prezidenti Donald Tramp ham ishtirok etadigan 25 maydagi NATO sammitiga qadar bu masalaning yechimini kutayotganligini bildirdi.

“May oyidagi sammitdan maqsadimiz shuki, ittifoqchilar yil yakuniga qadar barcha majburiyatlarini bajarishlari yoki aniq harakatlar orqali oʻz majburiyatlarini qanday amalga oshirishini ochiq izohlagan rejalar tuzgan boʻlishlari shart”, dedi Tillerson.

Biroq AQSh davlat kotibi NATOning Yevropadagi ittifoqchilari zimmalaridagi majburiyatlarni bajarmagan taqdirda nima boʻlishi haqida hech narsa demadi. Faqat oʻz zimmalariga tushgan xarajatlarni toʻlamagan ittifoqchilarni himoya qilishdan voz kechishi mumkinligi borasidagi Trampning soʻzlariga ishora qildi.

“Bittamizga qarshi qilingan tahdid barchamizga qarshi tahdid ekanligini bilamiz va shunga koʻra javob qaytaramiz. Ittifoqchilarimizni himoya qilish uchun tuzilgan shartnomalarga amal qilishni davom ettiramiz” dedi u.

Tillerson NATO ittifoqchilarini IShID va shunga oʻxshash “ekstrimist” kuchlarga qarshi jang qilish uchun koʻproq saʼy-harakat qilishga chaqirdi. Xususan onlayn xabar dasturlari va tashviqotlarga qarshi kurash ahamiyatiga eʼtibor qaratdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.