AQSh Qirg’iziston orqali butun O’rta Osiyoni xavotirga sola boshladi

423
0

28 – 30 mart kunlari Amerikadan Qirg’izistonga yopiq konteynerlarda diplomatik kanal bilan 152 tonna yashirin va noma’lum yuk kelib tushdi. Bu yuk xalqaro kelishuvlarga ko’ra, rezolyutsiyalar bilan himoyalangan bo’lib, Qirg’iziston uni tekshira olmaydi. Bu haqida Rossiyaning bir qancha matbuotlari xabar tarqatishdi, www.dni.ru/society/2015/4/15/300850.htm bloknot.ru/.. topwar.ru/73162 www.regnum.ru › Novosti va xokazo.

20 aprel kuni shu 152 tonnalik AQShning diplomatik yuki nima ekanligiga oydinlik kiritish masalasi bo’yicha, JKning xalqaro ishlar bo’yicha qo’mitasi yopiq eshiklar ortida majlis uyushtiradigan bo’lidi. Ular bu yig’inga MXDQning maxsus vakillarini taklif qilishmoqchi.

Bundan avvalroq Richard Maylzni Qirg’izistonga vaqtinchalik elchi qilib tayinlanishi ortida nimalar turgan bo’lishi mumkinligi haqida vaximalar bo’layotgan edi. Endi Dubaydan ukrain aviakompaniyalariga qarashli samolyotlari bilan 152 tonna noma’lum yuk kirib kelayapti. Rossiya bu ishning ortida rangli inqilobga tayyorgarlik borayotganiga ishora qiluvchi ma’lumotlar tarqata boshladi. Ekspertlar ham Ukrainada bo’lib o’tgan inqiloblar oldidan xuddi shunday noma’lum yuklar borib tushganini aytib, vahimalarni yanada avj oldirishmoqda.

Aslida yuqoridagi vahimalar AQSh tomonidan atayin uyushtirilayotgan bo’lib, ular o’z tajribalaridan kelib chiqqan holda bunday vahimalar Qirg’iz hukumatini dovdiratib qo’yishini juda yaxshi bilishadi. Vahima va qo’rquv har qanday siyosatchini sog’lom fikrlash chegarasidan tashqariga olib chiqarib yuborishi mumkin.

Qirg’iz hukumati vahimalar ortidan bir necha xatolarga yo’l qo’ydi. Bulardan avvalgisi, Islom va musulmonlarga bo’lgan munosabatlarini salbiy tomonga burib olishdi. Qirg’iz hukumati Turkiya orqali Suriyaga ochilgan karidorga AQShning o’zi bosh bo’lganiga va bu karidor orqali nafaqat Qirg’iziston fuqarolarini, balki Qirg’iziston orqali boshqa qo’shni yurt fuqarolarini ham chiqib ketishlari uchun sharoitlar yaratib berganiga, so’ng bir necha yillardan keyin, o’z manfaatlariga muvofiq vaziyatni boshqa tomonga burib, o’sha karidorlardan o’tib ketgan fuqarolarimiz bilan o’zimizni qo’rqita boshlaganlariga e’tibor qaratishmadi. AQSh oldida hisobot berishga harakat qilgan rasmiy hukumat, Qirg’izistondan ID tashkiloti vakillarini qidirishni boshladi, ularni topa olmagach Hizb ut-Tahrir vakillarini javobgarchilikka torta boshladi. Bu esa davlat vakillari, kuch organlari va adliya xodimlarini yolg’on va bo’xton amaliyotlar uyushtirishga undashga majburladi. Chunki ular ko’tarayotgan islomiy jangarilar vahimasi Hizb ut-Tahrir jamoasi tabiatida mavjud emas edi.

Shuning uchun ular Qirg’iziston xalqida fikran tan olingan Hizb haqidagi tasavvurga, ular ko’rib xis qilib kelishayotgan voqedagi haqiqatlarga zid yasama ayblovlar uyushtirish ishlarini olib borishdi. Buning natijasida musulmonlarning davlatga bo’lgan ishonchlari umuman yo’qola boshladi.

Endilikda esa AQSh sunniy va shialar o’rtasida kelishmovchilik paydo qilish orqali yana bir global muammoni olib kela boshladi. Qirg’iziston fuqorolari ichida deyarli yo’q bo’lgan shialar muammosi nima maqsadda ko’tarilayotgan bo’lishi mumkin? Shialarga nisbatan paydo qilinayotgan nafrat kimning manfaatlarga xizmat qilishi mumkin? Nahotki Qirg’iziston hukumati o’zi tushunmagan holda bu nayranglarga ham sharoit yaratib beradi?

Avval Asad rejimiga qarshi agitatsiyalar olib borish uchun keng sharoitlar yaratib berish, so’ng vaziyat o’zgarishi bilan xuddi o’sha agitatsiyalar uchun hozirda jinoiy javobgarchilikka tortish ishlari bir xil stsenariy emasmi? O’shanda ID tashkilotini jangarilar bilan to’ldirib olish kerak bo’lgan edi. AQSh uyushtirgan islomiy tuyg’ulantirish kampaniyasi ortidan ID tashkiloti har tomonlama me’yoriga etdi. Shu sababli ham unga oqib kelayotgan mujohidlar uchun eshiklarini yopish boshlandi. Endi AQShning o’zi dunyo bo’ylab Asadni qulatish uchun harakat olib borayotgan kuchlarga qarshi agitatsiya olib borish kampaniyalarini xomiysi bo’lib qoldi.

Shialarga qarshi olib borilayotgan olamiy harakatni kuchaytirish orqali AQSh nimani maqsad qilishi mumkin?

Bu kabi vahimalar shia olamini yanada sergak qilib, ularni Yamandagi Xusiylarga har tomonlama yordam berishga undaydi. Xuddi shu kabi sunniylarni ham vahimaga solish orqali ularni shialarga qarshi uyushish haqida fikrlashga va shialarga qarshi mavjud islomiy sunniy harakatlar atrofida birlashishga undaydi.

Endi Qirg’iziston kabi shia mazhabi vakillari deyarli mavjud bo’lmagan yurtlarda bunday qalbaki xatarlarni paydo qilib, ulardan ehtiyot bo’lishga chaqirishlardan maqsad nima bo’lishi mumkin?

Yana, xuddi Asad rejimiga nisbatan avvalgi chaqiriqlar singari sunniy mazhabiga ergashuvchi musulmonlarda shia mazhabiga qarshi nafrat tuyg’usini paydo qilib borish. Demak, vaqti kelib sunniylar uchun yana bir karidor ochiladi. Bu shia-sunniy frontini ochish uchun zamin tayyorlanayotganini anglatadi.

Yuqoridagi AQShning 152 tonna yuk vahimasi, Maylzni vahimali elchi qilib olib kelinishi, qirg’iz muxolifat kuchlarini ochiqchasiga Amerikaga olib borib tayyorgarlikdan o’tkazilishi va xokazo harakatlarining barchasi Qirg’iziston uchun siyosiy bosim hisoblanadi. Qirg’iziston bu bosimlardan qutulish maqsadida AQShning boshqa undan ham qo’rqinchliroq tuzoqlariga tusha boshladi. Uni rozi qilish maqsadida olib borayotgan harakatlarining deyarli barchasi aks ta’sir berib, Qirg’izistonni parokanda qilib yuborishi mumkin. Misol qilib aytganimizda, musulmonlarning birligini buzish uchun ularning ichiga mazhabparastlik va milliylik asosidagi harakatlar olib kirildi. Bu esa davlatni musulmonlar quvvatidan ajratib, ularni bir-biridan uzoqlashtirdi. Davlat musulmonlar quvvatidan ayrilgach millatchi kuchlar ta’siri ostida qoldi. To’g’rirog’i, millatchi elita bilan hamkorlik qilishga majbur bo’ldi. Natijada davlat islomiy harakatlar va musulmonlar tomonidan olib borilayotgan, jamiyatni tozalash va pokizalash immunitetidan uzulib borayapti. Bu islomiy immunitetning o’zi jamiyatdagi buzuq fikrlar bilan kurashga kirishi tabiiy. U AQSh va G’arb kabi davlatlar olib kirib kelayotgan iflos, buzuq fikrlar bilan avtomatik ravishda muntazam kurash olib boradi. Bu kurashga uni islomiy aqidaning sof va tiniqligi safarbar qilib boradi.

AQSh Qirg’iz hukumatini shu immunitetidan mahrum qilishga va shu immunitet (ra’yi omm)ni unga qarshi harakatlanadigan muhitni paydo qilmoqchi. Xuddi Karimov va uning rejimi singari. Lekin Atamboevning kuchli rejimi bo’lmaganligi sababli davlat parokandalikka qarab yuz tutib ketish ehtimoli juda baland.

Shuning uchun Qirg’iz hukumati faqat qalbaki vahimalardan cho’chib o’zini har tomonga uravermay, siyosatchilarga xos sovuqqonlik bilan o’ylanib harakatlanishi lozim. Biz hukumatni musulmonlar quvvatidan voz kechish orqali nimalarni yo’qotishi mumkinligi haqida yana bir bor fikrlab ko’rishga chaqiramiz.

Hizb ut-Tahrirning Qirg’izistondagi matbuot bo’limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.