Nodavlat Inson huquq himoyachilari va Qirg’iziston advokatlar uyushmasi hamkorlikda matbuot anjumani o’tkazdi

393
0

Avvalroq, 25 mart kuni AQSh fuqarosi Umar Farrux O’sh shahrida militsiya tomonidan hujjatlarni tekshirish uchun to’xtatilganidan so’ng qamoqqa olingan, uni tekshirish mobaynida yonidan Hizb ut-Tahrirning yaqinda qo’lga olingan etakchisi va tashkilotning boshqa a’zolariga qarshi qo’zg’atilgan jinoiy ishlar nusxalari, diniy-ekstremistik va terroristik mazmundagi DVD disklar topilgani xabar qilgan edik. Davlat kuch organlari Umar Farrux tegishli akreditatsiyasi bo’lmay turib O’sh viloyati hududida diniy vaziyat to’g’risida ma’lumot yig’ish bilan shug’ullanganini ma’lum qilgan edi.

Tergov davomida Umar Farrux yonidan topilgan jinoyat ishi nusxalarini “Bir dunyo Qirg’iziston” nodavlat tashkiloti yuristi Valerian Vaxitovdan olganligini aytgan. Shuningdek, uning yonidan shu tashkilot menedjeri Husanboy Solievga tegishli tashrif qog’ozi ham topilgani xabar qilingan, shu sababli ham O’sh shahar sudi 27 mart kuni Valerian Vaxitov va Husanboy Solievning ish joyi va xonadonida tintuv o’tkazish to’g’risida sanktsiya bergan edi. Xabar qilinishicha, tintuv mobaynida ularning uyi va ish joyidan diniy mazmundagi broshyuralar, varaqa, flesh karta va DVD disklar topilgan. Huquq himoyachilarining ish joyi va xonadonlarida tintuv o’tkazilishiga sabab bo’lgan AQSh fuqarosi Umar Farrux 28 mart kuni O’sh shahar sudi hukmiga asosan Qirg’izistondan chiqarib yuborilgan. Bu haqida Umar Farrux o’zining Tvitterdagi sahifasi orqali, unga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atilmagani va ayni vaqtda “uyiga ketayotgani”ni xabar qilgan edi.

Qirg’iziston respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasi O’sh viloyati bo’limi tomonidan sodir etilgan qonunsiz harakatlardan norozi bo’lgan “Bir dinyo Qirg’iziston” tashkiloti rahbari To’laykan Ismailova, tashkilot yuristi Valerian Vaxitov, tashkilot ish yurtuvchisi Husanboy Soliev va Qirg’iziston advokatlar uyushmasi hamkorlikda 31 mart kuni Bishkekda matbuot anjumani o’tkazib, “Bir dunyo Qirg’iziston” nodavlat tashkiloti ofisi tintuvi paytida O’sh voqealarida ayblanib umrbod qamoqqa hukm qilingan huquq faoli A’zimjon Asqarov, ekstremistlikda ayblanib hibsda saqlanayotgan Rashod qori Kamolov, Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan kaltaklangan Dilyor Jumaboev, Hakimjon Obidjonov va uning otasi, mazkur xizmat xodimlari tomonidan pora talab qilingan aravonlik ishbilarmon Boyboboev ishiga oid hujjatlar va advokatlik surishtiruvi natijalari musodara qilinganini aytdilar.

Matbuot anjumanida “Bir dunyo Qirg’iziston” nodavlat tashkiloti rahbari To’laykan Ismailova “Qirg’izistonda bugungi kungacha muayyan materialni ekstremistik, deb aniqlash vakolatiga ega bo’lgan legitim tashkilot mavjud emas, shu sababli ham kuch tuzilmalari xodimlari kambag’al, lekin dindor odamlarni ko’plab noqonuniy hibs qilmoqda, ularning uylaridan topilgan turli diniy adabiyotlar esa ekstremistik adabiyot sifatida talqin qilinmoqda hamda bu ish estremistlikka qarshi kurash sifatida jamoatchilikka taqdim qilinmoqda”, – degan edi.

Bishkekda bo’lib o’tgan matbuot anjumanida huquq himoyachilari AQSh fuqarosiga nisbatan qo’zg’atilgan jinoyat ishi asosida ularning ish joylari va xonadonlarida tintuvlar o’tkazilishini qoralab chiqishdi. Go’yoki, qirg’iz fuqarolari Salimadan Ismailov va Aftandil Jusupov Umar Farrux Rossiyada qora ro’yxatda ekanligini va O’sh shahrida noqonuniy harakatlar sodir etayotganini bilib qolib MXDQ xabar qilishgan va MXDQ so’roviga binoan O’sh shahar sudi ularning ish joyi va xonadonida tintuv o’tkazishga sanktsiya bergan.

O’sh shahar sudi tomonidan gumonlar asosida sanktsiyalar berish birinchi marta sodir bo’layotgani yo’q. Barchaga ma’lumki nafaqat Qirg’iziston balki, Markaziy Osiyoda ham taniqli bo’lgan imom Shayx Roshod qori Kamolovni qo’lga olish va o’sha kuni yana 34 kishiga sanktsiya bergan ham aynan shu shahar sudi bo’ladi. O’sha vaqtda O’sh shahar sudi sanktsiya berishga asos qilib, “25 yosh atrofidagi shaxs Qorasuv shahrida taksida ketayotib boshqa bir shaxsga bir disk bergani, diskni olgan shaxs ham MXDQga o’ziga disk bergan noma’lum shaxs ustidan shikoyat qilib borgan emish”.

Bu ishlar Qirg’iziston yustitsiya vazirligi izdan chiqib ketganini anglatadimi? Yoki kuch strukturalari ularning ustidan to’la nazorat qila boshladimi? Ehtimol davlat apparatining o’zi bu jarayonni boshqarib, barcha quvvatlarni bir tomon yurishga majbur qilmoqdami? Yoki kuch va yustitsiya tizimlari o’z bilganicha harakatlanadigan quvvatni tashkil qilib, davlat ularni boshqara olmay qoldimi?

Yuqoridagi kabi tintuv va qamoqqa olish jarayonlaridagi huquqbuzarliklar Qirg’iziston bo’ylab yuzlagan insonlarga nisbatan qo’llanilyapti. Ularning deyarli hammasi bu yuristlardan farqli o’laroq, o’z huquqlarini yaxshi bilishmaydi. Bu yuristlarga qanday choralar ko’rilsa yoki qonuniy munosabatlar ko’rsatilsa, demak qolgan musulmonlarga ham huddi ulardek chora ko’rilishi lozim. Musulmonlarga qarshi sodir etilgan va ularga nisbatan qo’llanilgan jazo choralari ham qaytadan ko’rib chiqilishi kerak.

Bu yuristlarning boshiga tushgan ishdan larzaga kelayotgan quvvatlar, necha yillardan beri bu kabi va bundan ham yomonroq ishlar asosan Hizb ut-Tahrir yigit va qizlariga nisbatan sodir etib kelinayotganidan xabardorlar. Ammo birorta inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot, Hizb a’zolari yoki boshqa oddiy namozxon musulmonlar himoyasi uchun biror marotaba ham matbuot anjumani o’tkazgani yo’q. Oxir oqibat Allohning irodasi bilan huddi shunday ish o’zlarining boshiga kelib tushganida inson huquqlari buzila boshlagan emish.

Ishning siyosiy tomoni

Qirg’iziston kuch organlari o’zining bu harakati bilan AQShga nisbatan keskin muomila qildi. Atambaev YeI davlatlariga uyushtirgan ish safari davomida Putinning ko’rsatmalari asosida Yevropa davlatlarini bir necha loyihalar bo’yicha o’ziga jalb qilib yuripti. Loyiha AQSh olib borayotgan gegemonlik siyosati har ikki tomon Rossiyani ham, YeIni ham manfaatlariga sezilarli ziyon etkazayotganidan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi. Unga ko’ra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlardan Qirg’iziston tanlab olinib, u orqali asosan Rossiyaga nisbatan joriy etilayotgan sanktsiyalardan chetlab o’tib Qirg’izistonni Rossiya uchun Yevropa mollarini kirib kelish bazasi qilib olish maqsad qilingan. Bu ish amalga oshsa yaxshi. Lekin AQShning bunga qarshi harakat qilishi va bu qarshilik asosan Qirg’izistonga qaratilishi aniq. Rossiya bevosita yordam bera olmaydi. Shuning uchun u yuqoridagi kabi qirg’iz kuch strukturalarini ishga sola boshladi. Bundan Rossiya Qirg’izistonning ichki ishlariga bevosita aralashayotganini xulosa qilish mumkin.

O’z navbatida AQSh ham Qirg’izistonga bir qator bosimlar uyushtirdi. U xavfsizlik qo’mitasiga bosim qilish orqali ularni Islom va musulmonlarga qarshi yo’naltirmoqchi bo’ldi. Islomiy jangarilar tahdidini ko’tarish yo’li bilan Hizb ut-Tahrirga qarshi harakatlanishga undadi. Holbuki, AQSh ham, boshqa yirik davlatlar ham, ularning yuvindixo’r malaylari ham Hizb ut-Tahrirni o’z farzandlaridan ham yaxshi tanishadi va uni moddiy harakatlar olib bormasligini juda yaxshi bilishadi. Amerika tomonidan moliyalashtirib kelinadigan “Ozodlik” radiosi qirg’iz xizmati (azattik.kg) tomonidan olib borilgan axborotlardan va nodavlat inson huquq himoyachilarining beparvo, e’tiborsiz munosabatlari orqali bu narsa ko’rindi.

“Azattik.kg” radiosi orqali islomiy tahdidlar o’ta vahimali qilib tarqatilishi Qirg’iziston rasmiy teleradiokompaniyalarini shu yo’nalishga undagan asoschisi bo’ldi. Nodavlat tashkilotlar esa biror marotaba musulmonlar himoyasi uchun biror xarakat olib borganlari sezilgani yo’q. Bishkekda bo’lib o’tgan matbuot anjumanidan esa huquqni buzish ishlari juda ko’p bo’lgani ma’lum bo’ldi.

Demak, Qirg’iziston hukumatini musulmonlarga qarshi harakatlantirish ortidan, ular akssado kutishgan. Ya’ni moddiy islomiy qarshilik harakatlarini kutishgan. Ularning bu iflos maqsadlariga olib borish yo’llarining oldini to’sishi mumkin bo’lgan Hizb ut-Tahrir a’zolari, Shayx Roshod qori Kamolov va Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kabi islomiy etakchilarni jamiyatdan chetlatish yoki jismonan yo’q qilish uchun bir necha xarakatlar boshlashgan. Shu yo’nalish bo’ylab Islom va Musulmonlarga qarshi olib borilayotgan amaliyotlarning deyarli barchasi, AQShning loyihasidan iborat degan gumonni quvvatlay oladi.

Hizb ut-Tahrir – Qirg’iziston viloyati matbuot bo’limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.