O’zbekiston Markaziy Osiyoda qurollanish poygasini boshlab bermoqchimi?

1550
0

Xitoyning “Xuantsyu shibao” gazetasining xabar qilishicha, O’zbekiston Xitoydan o’rta masofaga mo’ljallangan HQ-9 zenit-raketa kompleksini xarid qilgan. Xabarda aytilishicha, Xitoy hukumati ushbu harbiy qurilmani O’zbekiston va Turkmanistonga etkazib bergan.

O’zbekiston internet saytlarida keng tarqalgan xabarlarda aytilishicha, ushbu kompleksni etkazib berish bo’yicha shartnoma 2013 yilda imzolangan. Soni juda ko’p bo’lmasa-da, “birinchi marta bunday tizimlar eksport qilinmoqda”. Ushbu raketa kompleksi samolyotlar, qanotli raketalar hamda vertolyotlarni urib tushirish uchun mo’ljallangan. Bu ballistik raketalarni ushlab qolishi mumkin bo’lgan ilk Xitoy zenit-raketa kompleksidir.

Avvalroq, O’zbekiston Xitoyning Chengdu Aircraft Industry Corporation kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan uchuvchisiz harakatlanadigan Pterodactyl (Yilong-1) hujum qiluvchi komplektini xarid qilgani haqida xabarlar tarqagan edi.

Bundan tashqari O’zbekiston hukumati Afg’onistonda o’z qo’shinlarini olib chiqayotgan AQSh, Britaniya va Germaniyaga murojaat qilib, zirhli mashinalar, mina detektorlari, vertolyotlar, navigatsiya qurilmalari va tunda ko’rish uskunalarini qoldirishni taklif qilgan, o’z navbatida Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Filipp Hammond qo’shinlarini Afg’onistondan xavfsiz olib chiqib ketilishi evaziga Buyuk Britaniya O’zbekistonga qurol va harbiy texnika sotishga qaror qilganini xabar qilgan edi.

O’tgan oy oxirida esa AQSh davlat kotibining Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha yordamchisining o’rinbosari Daniel Rozenblum AQSh O’zbekistonga 308 dona M-ATV rusumidagi zirhli mashina va boshqa turdagi 20 dona remont-evakuatsiya mashinasini etkazib berishini ma’lum qilgan edi.

O’zbekiston G’arb qurollariga ega bo’lish yo’lidagi urinishi ortidan Rossiya Qirg’iziston bilan bir milliard dollarlik, Tojikiston bilan esa 400 million dollarlik harbiy shartnoma imzolagan va o’tgan yilning oxiridan boshlab bu ikki davlatga qurol-yaroq etkazib berishni boshladi.

Rossiya va G’arb davlatlari “islomiy tahdid”ni bo’rttirib ko’rsatish yo’li bilan Markaziy Osiyo respublikalariga o’zining foydalanib bo’lingan, eskirgan qurol-yaroqlarini etkazib berish orqali bu mintaqada o’z nufuzini mustaxkamlashga, ularni qurollanishga majbur qilish orqali o’ziga iqtisodiy qaram qilishga jiddiy harakat qilishmoqda.

“Qo’rqqanga qo’sh ko’rinar” deganlaridek, Markaziy Osiyo respublikalari rahbarlari ham aslida mavjud bo’lmagan, mavjud bo’lsa ham amaldagi hokimiyatga tahdid tug’dirishi mumkin bo’lmagan “xavflardan” himoyalanish uchun davlat byudjetidan qancha mablag’ sarflanishi va oddiy xalq zimmasiga qancha qarz yuklanishiga e’tibor ham bermay harbiy salohiyatlarini yaxshilashga intilishmoqda.

Turkiston:

Albatta bu qurollanish poygasi, muayyan maqsadlar sari atayin yo’naltirilgan. Bu maqsadlar ichida, qurol sotish ortidan iqtisodiy, siyosiy, strotegik va giosiyosiy manfaatlar bor. Bu manfaatlar bir tomonlama yo’nalganida muammo unchalik xavfli bo’lmas edi. Lekin mavjud vaziyatda, bir necha tomondanlarning manfaati to’qnash, bir biriga mutloq qarama qarshi kelib qolgan. Ularning xar biri o’z manfaatlarini ilgari surib, mintaqadagi muayyan davlatlarni o’z qarashlari tomon da’vat qilish bilan birga ularni qurollantirib borishmoqda. Bu O’rta Osiyoda yashayotgan bir biriga qardosh xalqlar davlatlarining, bir birlari bilan o’rtalaridagi barcha aloqalarining keskinlashib borayotganida, sezilarli natija berayotganidan darak berib bormoqda. Mavjud vaziyatda, Rossiya olib borayotgan musulmonlar tomonidan xar xil vaximalar xavfidan ogoxlantirish jarayonidan, AQSh va Xitoy xam o’z manfaatlari yo’lida foydalanib qolishga shoshilishmoqda. Lekin shunga qaramay vaziyat keskinlashib boraveradi. Chunki bu etakchi davlatlarning xar biri, o’z manfaatlaridan kelib chiqib, dunyoqarashlarida xam bir birlaridan keskin farq qilishadi. Ular vaziyatlarni o’z dunyoqarashlariga bo’ynsudirishga urunishadi. Tabiiyki o’z ta’siri ostidagi davlatlarni xam, shu manfaatlari tomon yo’nalishga majburlashadi. Natijada bir mintaqada xar xil ko’zqarashlar asosida yo’naltirilgan bir biriga keskin qarama qarshi davlatlar paydo bo’ladi. Bu qarama qarshiliklarning kuchayib borishi, ularni bir birlaridan xavfsirashlarini kuchaytirib boraveradi. Bu jarayon, mintaqada kurollanish poygasini, bir birlariga bo’lgan muomilalarida keskinlik va ustilarida turgan katta davlatlarga bo’lgan bog’liqliklarini kuchaytirib boraveradi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.