Voshington shu onda Asadning hokimiyatdan ketishini xohlamaydi

389
0

Shu vaktgacha Suriya prezidenti Bashar Asadning hokimiyatdan ketishlozimligini takrorlab kelgan AQSh hukumati shu onda Asadning hokimiyatdan qulatilishini xohlamaydi. Obama idorasining Suriya masalasida tashlayotgan qadamlarini kuzatgan AQShlik ekspertlar shunday xulosaga kelishdi. Ularning ta’kidlashicha, Voshington hukumati Asadning hokimiyatdan ketishi ortidan mamlakatdagi bo’shliqni terrorchi (Islomiy) guruhlar to’ldirishidan xavotirda. Shuning uchun AQSh Asadning hokimiyatdan uzoqlashtiradigan qadamlarni tashlashdan saqlanmoqda.

Ekspertlarning bunday xulosaga kelishiga AQSh tashqi ishlar vaziri Jon Kerrining so’zlari turtki bo’lgani aytilmoqda. Jon Kerri Shvetsariyaning Jeneva shahrida BMTning Suriya masalasi bo’yicha xos vakili Steffan De Mistura bilan uchrashgan paytda “Bundan buyog’iga Asad rejimi birinchi o’rinda o’z xalqi haqida o’ylash vaqti keldi. Rejim harakatlarining natijasida Asadni yo’q qilish uchun kundan kunga yana-da ko’proq terrorchilar paydo bo’lmoqda”, dedi.

Markazi Voshingtonda joylashgan Yaqin Sharq institutining katta ekspertlaridan biri Gred Myure AQSh hukumati Suriya masalasida har doim noma’lum siyosat yurgizganligini aytadi. Myurening ochiqlashicha, AQSh hukumatining Suriya borasida aytgan gaplari qilgan ishlariga mos kelmagan.

“AQSh prezidenti Barak Obama va tashqi ishlar vaziri Jon Kerri bir tarafdan Asad ketish kerak degan bo’lsa, boshqa tarafdan Asadni saqlab qolish uchun harakatlar olib bordi”, deydi Gred Myure.

AQShning “American Enterprise” institutida mudofaa va xavfsizlik siyosati bo’yicha mutaxassis Tomas Donelli axborot agentlilariga bergan intervyusida Obama idorasi Bashar Asadning ketishini aytib kelayotgan bo’lsada, ammo uning tashlayotgan qadamlari aytayotgan so’zlariga zid ekanligini ta’kidladi. Donelliga ko’ra, AQSh hukumatining nazarida Asadning ketishi ortidan mamlakatda yuzaga keladigan bo’shliqni terrorchi (Islomiy) guruhlar to’ldirish xavfi ustundir.

“Shu onda Asad rejimining tezda qulamasligi muhaqqaq umid qilinmoqda. Agar Asadning ketishi tezlashsa bu Jabhatun nusra kabi terrorchi guruhning g’alabasiga aylanadi. Obama idorasi bu juda yomon natija bo’lishiga ishonadi deb o’ylayman”, deydi Donelli.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.