Isroil: Misr va ko’rfaz davlatlari bilan aloqalarimiz a’lo darajada

428
0

ыфыф Isroil mudofaa vazirligining so’zchisi Amos Giladning ma’lum qilishicha, yahud davlatining Misr va ko’rfaz davlatlari bilan aloqalari a’lo darajada, hatto bunaqasi avval kuzatilmagan.

 Isroilning G’azoda qilayotgan qatliomlarini ba’zi davlatlar og’izda bo’lsa ham tanqid ostiga olayotgan bir paytda Ko’rfaz davlatlari ya’ni Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Iordaniya, Qatar va Quvayt davlatlari hamon bir narsa deyishga shoshilmayapti. Kuni kecha Saudiya Arabistoni qiroli Abdulloh qirg’in boshlangandan buyon birinchi marotaba tanqid qilib chiqdi, ammo u Isroilning nomini bir marta ham tilga olmadi. Balki G’azodagi qirg’inlarga xalqaro tashkilotlar javobgar ekanligini ta’kidlash bilan kifoyalandi. Bundan tashqari, musulmonlarni qirg’in qilayotgan yahud askarlariga qarshi kurashayotgan guruhlarni terrorchilar safiga qo’shib qo’ydi.

 “Huffington Post” gazetasi Misr va Ko’rfaz davlatlarining nima uchun G’azo qatliomiga nisbatan sukut saqlab turganligini yoritib, bir maqola chop qildi. Maqolada keltirilishicha, Misr va Ko’rfaz davlatlari jamoatchilikdan maxfiy ravishda Isroil bilan aloqalarini yanada kuchaytirib, deyarli ittifoqdosh holiga kelib qolgan.

 Isroil mudofaa vazirligining so’zchisi general Amos Giladning bayonoti ham keltirilgan maqolada Ko’rfaz davlatlari Isroil bilan maxfiy shaklda aloqa o’rnatganliklari qayd etiladi.

 “Har bir aloqa jamoatchilikka oshkor qilinmagan holda maxfiy olib borilmoqda. Bizning Misr va Ko’rfaz davlatlari bilan tuzgan xavfsizlik bo’yicha kelishuvimiz o’ta mukammaldir. Hozirgi paytda Ko’rfaz davlatlari bilan aloqalarimiz eng yaxshi shaklda davom etmoqda. Misr davlati bilan aloqalarimiz o’tgan yili yuzaga kelgan harbiy davlat to’ntarishidan so’ng yana ham rivojlandi”, deyiladi Amos Giladning bayonotida.

 Isroilning Ko’rfaz davlatlari bilan yaqinlashuviga Eron hukumati, Al-Qoida va “Musulmon birodarlar”, jamoasi sabab bo’lganligini bildirgan Gilad Ko’rfaz davlatlari Isroil bilan aloqa o’rnatganligidan mamnun ekanligini urg’uladi.

 “Ko’rfaz davlatlari (ya’ni Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Qatar, Quvayt) va Iordaniya biz bilan norasmiy bitim tuzganliklaridan mamnundir. Arablar bu bitimning jamoatchilik oldida oshkor qilinishini aslo qabul qilishmaydi. Ammo ular hamkorlik doiralarini kengaytirishni istashadi”, dedi u.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.