O’zbekiston Rog’un GES loyihasini hech qachon qo’llab-quvvatlamaydi

453
0

rustam_azimov1 O’zbekiston bosh vazirining birinchi o’rinbosari, Moliya vaziri Rustam Azimov Almatida bo’lib o’tgan Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumat vakillari uchrashuvida Rog’un GES loyihasini amalga oshirishning iloji yo’qligini ta’kidladi.

 Rustam Azimov Jahon bankining “Rog’un GESning taklif etilayotgan loyihasini ko’rib chiqish bo’yicha muhim masalalar va transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari” mavzusidagi hisoboti bo’yicha ma’ruza qildi.

 Azimovning aytishicha, ushbu loyiha hujjatlari xalqaro xavfsizlik standartlariga mos emas va texnik ekspertiza shartlariga rioya qilinmagan. Bundan tashqari, u loyihaning 44 yil avval ishlab chiqilgani, bugungi kungacha u texnik yondashuvlar va qurilish me’yorlari bo’yicha eskirib qolganini, GES qurilishi uchun tez-tez zilzila bo’lib turadigan joy tanlanganini ta’kidlagan.

 Rustam Azimov ma’ruzasi yakunida O’zbekiston Rog’un GES loyihasini hech qachon qo’llab-quvvatlamasligini aytib o’tdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.