Savolga javob Amerika Darfurga taalluqli Davha kelishuvidan qo’lini yuvib qo’ltiqqa urdimi?

494
0

images (12)

Savol:

«Suna» 2014 yil 23 martda Sudan jumhuriyati prezidentligi qoshidagi milliy ekspert Usmon Darrorning ushbu so’zlarini keltirdi: «Amerikaning Darfurda tinchlikka oid Davha hujjatiga nisbatan pozitsiyasi Darfur ichkarisidagi haqiqiy manfaat egalarining pozitsiyasi va istak-xohishlariga to’g’ridan-to’g’ri zid keladi…». U Qo’shma Shtatlarning xavfsizlik kengashidagi vakilasi Samanta Pauerning aytgan gaplarini sharhlagan edi. Samanta 2014 yil 10 martda Addis-Abebada Afrika tinchlik kengashi yig’ini oldida bunday degan edi: «Davha hujjati eskirib, unga asoslanib bo’lmaydigan bo’lib qoldi». Samanta Pauer kengashni Darfur masalasini hal qilish uchun bir yangi minbar topishga chaqirdi. Ma’lumki Amerika 2011 yil 14 iyunda mana shu Davha hujjatini imzolash ortida turgan edi. Bu Amerikaning Davha kelishuvidan qo’lini yuvib qo’ltiqqa urganini anglatadimi? Unday bo’lmasa Qo’shma Shtatlarning xavfsizlik kengashidagi vakilasi Samanta Pauerning gaplarini qanday tushunish mumkin? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.

Javob:

1 – Ha, to’g’ri, Amerika Davha kelishuvini imzolash ortida turgan va bu to’g’rida kuch sarflagan edi. Kelishuvdan maqsad evropaliklar ta’sirini uzoqlatish edi. Amerika Darfur masalasi iplarini bir o’zi ushlab turishga harakat qilib, Frantsiya va Britaniyani bu masaladan uzoqlatishga, ularni va ularning Chad va Qatardagi malaylarini imzolashlar marosimlaridagina ishtirok etuvchi, yolg’on guvoh qilib qoldirishga, ularni qochoqlarga zarur sarf-xarajatlarni va kompensatsiyalarni to’lashdagina ishtirok ettirishga harakat qildi. Ayniqsa Britaniya manfaati uchun muayyan rolni o’ynayotgan Qatarni shunday holga solishga harakat qildi. Amerika ularga bergan eng katta rol ularni qarorlar ijrosini kuzatish mexanizmi bo’lgan komissiya tarkibiga kirgizish bo’ldi. Ya’ni ular Amerikaning Darfurga taalluqli hujjatdagi qarorlarini ijro etadigan xalqaro kuzatuvchilar sifatida bo’ladigan bo’lishdi. Shunga qaramay Yevropa (Frantsiya va Britaniya) Amerikaning xuddi Sudan janubida bo’lganidek Darfurda ham bir o’zi xo’jayin bo’lib olishiga osonlik bilan taslim bo’lmaydi. Shuning uchun Yevropa garchi kelishuvga nisbatan o’z pozitsiyasini yumshatgan bo’lsa-da bu jangchining juda nari borsa bir oz dam olishidan boshqa narsa emas. Bu «dam olish» to Yevropa Darfur iplarini – hatto iplarning barchasini bo’lmasa ham – yana o’z changalida ushlab turish imkonini beradigan kayfiyatda bu kelishuvga yorib kirib oladigan bir munosib fursatni topgunga qadar davom etadi…

2 – Bu hujjat Amerika uchun muhimdir. Shuning uchun Amerika uni bir salmoqli yutuq deb hisobladi! Chunki Amerika bu kelishuvni so’nggisi deb hisoblamaydi, balki uni Darfurdagi krizisning doimiy echimi sari oldinga tashlangan bir qadam deb hisobladi. Bu esa Amerika uning ortidan boshqa qadamlarni tashlashini aytayotganini anglatadi. Amerika Darfurning keng salohiyatlarga ega avtonom boshqaruvga ega bo’lishi bilangina kifoyalanmasligi mumkin. Balki ish Darfurning Sudandan butunlay ajralib chiqishi darajasiga etadi. Bu ajralib chiqish Darfur aholisiga o’z taqdirini o’zi belgilash to’g’risida xuddi Nayvasha kelishuviga o’xshagan yana bir kelishuvni paydo qilish bilan amalga oshiriladi. Bu to’g’rida referendum o’tkazilganiga qadar va ana shundan keyin xuddi Sudan janubida bo’lganidek ajralib chiqish yuz berganiga qadar shunday qilinadi. Shuning uchun demak Amerikaning Davha hujjatidagi asosiy bandlardan voz kechishi ehtimoli yo’q. Chunki bu hujjat Amerikaning Darfur masalasida yakka xo’jayin bo’lib olish uchun tashlaydigan qadamlaridan biridir, uning ortidan Amerika yangi qadamlarni tashlaydi…

3 – Lekin ikki ish yuz berdiki, Amerika shu ikki ishga binoan Yevropaga o’zining Yevropani Darfur mavzusiga sherik qilishga va Davha kelishuvini yangidan bahs qilishga monelik qilmasligini uqtirdi. Bu aldamchi bayonotlar bilan bo’ldi. Yevropa bu bayonotlarni qabul qilgan taqdirda Davha kelishuvi borasida oldi-berdi bo’ladi, xolos. Bu oldi-berdi uning asosiy bandlarida hech bir o’zgarishga olib kelmaydi, aksincha bu bandlarni boshqa taraflarni rozi qiladigan tarzda bir oz bo’yab-bejaladi va ana shundan keyin bu kelishuv imzolanadi. O’sha ikki ish quyidagidir:

Birinchi: Davha kelishuvini imzolagan Ozodlik va Adolat harakatida kelishmovchiliklar avj olmoqda. Hatto bu harakat raisining siyosiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Ahmad Kabir Jibrilning (u Sharqiy Darfur voliysining o’rinbosari hamdir) iste’foga chiqishi haqida ketma-ket xabarlar tarqaldi. Harakat bosh sekretari Baxr Idris Abu Garda bu kelishmovchiliklarni tan olib bunday dedi: «Xavfsizlik tartib-choralari va kun tartibidagi boshqa masalalar ijrosi duch kelayotgan katta tahdidlar sharoitida harakat ichkarisidagi vaziyat unchalik yaxshi emas». U «Davha tinchlik hujjatini imzolamagan harakatlar bilan – ular ham tinchlik protsessiga qo’shilishi uchun – aloqalar bo’layotganini» ko’rsatib o’tdi. Chunki Darfurdagi barcha qurolli harakatlar tinchlik hujjatiga imzo chekkan taqdirdagina to’liq tinchlikka erishiladi (Oxirgi lahza 2014 yil 27 fevral). Demak bu harakat jips emas, aksincha u sonni ko’paytirish va imkoni boricha tezroq muayyan yutuqlarga erishish uchun to’plangan shaxslar majmuasidan iboratdir. Shuning uchun u ham Sudandagi qolgan isyonchi harakatlar kabidir. Chunki bu harakatlarning barchasida bo’linib ketishlar va kelishmovchilik hukm surmoqda. Chunki bu harakatlarning etakchilari xorijiy kuchlar bilan bog’langan bo’lib, bu etakchilarning pul va mansablardan boshqa g’ami yo’q, ularni harakatga keltiradigan omil mabda ham, fikrlar ham emas. Bu etakchilar odamlarning zulm va yomon boshqaruv sababli yuzaga kelgan yomon ahvolidan, balki davlatning boshqarishga qudrati yo’qligi va ishlarni tadbir qilishdan ojizligidan foydalanishmoqda, xolos… Bu harakatlar bevosita mustamlakachi davlatlarga suyanib ish yuritmoqda. Bu mustamlakachi davlatlar o’ziga malay bo’ladigan va o’zining mustamlakachilik maqsadlarini amalga oshirib beradigan yangi etakchilarni etishtirib chiqarishga harakat qilmoqda. Demak Ozodlik va Adolat harakati ichkarisidagi ana shu kelishmovchiliklar uning jipsligiga ta’sir qilmoqda. U Amerika tomonidan boshqa isyonchi harakatlardan ajralib chiqqanlardan tashkil qilingan harakatdir. Adolat va Tenglik harakati hamda Sudan Ozodlik harakati kabi evropaliklarga tobe bo’lgan boshqa harakatlar o’zini chetga olganidan keyin muzokaralarni olib borishi va Davha hujjatini imzolashi uchun bu harakat Amerika tomonidan tashkil etildi.

Ikkinchi: Xartumdagi rejimga qarshi davom etayotgan siyosiy tartibsizliklar. Bu tartibsizliklar oxirgi paytda shu darajada tezlasha boshladiki bu hol rejim boshlig’i Umar Bashirni tinchlantirish echimlarini izlashga majbur qildi… U notinch vaziyatga tushib qolib bu vaziyat uni Britaniyaga malay etakchilar bilan bog’lanishga majbur qildi, holbuki u ilgari ularni chetlatgan edi! Bu esa rejimda echimlar tugaganiga, uning qiyin holatga tushib qolganiga va siyosiy vaziyat unga qarshi beqaror bo’lib qolganiga dalolat qiladi.

4 – Yevropa (Britaniya va Frantsiya) bu ikki ishdan foydalanib qoldi va uni o’zining Sudan janubi mavzusidan chetlatilgani o’rnini to’lg’azish imkonini beradigan, natijada Darfur mavzusiga o’z hukmini o’tkaza oladigan yoki loaqal muhim echimda rolga ega bo’lib olishi imkonini beradigan bir qulay fursat deb bildi. Shunga ko’ra demak Yevropa malaylari Sudan janubida Amerikaning u erdagi nufuzini zaiflashtirish va Amerikani u erda band qilib qo’yish uchun zo’r berib ish olib borishdi. Bu malaylar Darfurda ham – Amerikani Darfur muammosi echimidan Yevropani chetlatmaslikka majbur qilish va ana shundan keyin Yevropaning echim borasida salmoqli ra’yi bo’lishi uchun – yangi siyosiy voqeni zo’rlab tiqishtirish maqsadida ish olib borishdi. Buning Sudan janubi va Darfur borasidagi tafsiloti quyidagichadir:

a) Darfur haqida aytadigan bo’lsak, oxirgi paytda e’tiborni tortadigan rivojlar yuz berdi. Chunki Darfurdagi ba’zi isyonchi harakatlar u erdagi hodisalarni keskinlashtirdi. Bu ana shu harakatlar 2014 yil fevral oyining boshida qattiq hujumlarni uyushtirishni boshlagan paytda yuz berdi. Oqibatda shimoliy Darfur regioni poytaxti Fashir notinch bo’lib qoldi, Janubiy Darfur poytaxti Nyala ham notinch bo’lib qoldi. Bu ikki shahar aholisi qo’rquv va notinchlik holatida bo’lib qoldi. Isyonchilar Fashirdan 60 km. uzoqlikdagi Tovila mintaqasini egallaganidan keyin shunday vaziyat yuzaga keldi. Nyaladan 50 km. uzoqlikdagi mintaqada joylashgan 45 qishloqqa ham qurolli jamoalar hujum qildi. Masalan axborot agentliklarining xabar tarqatishicha, Davha kelishuvini imzolamagan Sudan Ozodlik harakati hamda Ozodlik va Adolat harakati Haskanita va Luayt «Jaru Nabiy» mintaqalariga hujum uyushtirib bu ikki mintaqani egallab oldi. Bu ikki harakat Mallitga va voliy Usmon Kabirning tug’ilgan joyi Tovishaga ham hujum qildi. Darfur shimoli voliysi Usmon Yusuf Kabir joniga qasd qilindi. Suiqasd chog’ida uning haydovchisi va tan soqchilaridan biri o’ldirildi. «Sudan armiyasi bu hujum bo’lganini tan oldi, uni qoraladi, Darfurdagi isyonchi Sudan Ozodlik harakati etakchisi Mini Arko Manavining yollanmalarini bu urinishi amalga oshirishda aybladi, ularni tinchlik va barqarorlikka putur etkazishga urinishda, shimoliy Darfur viloyatidagi Mallit shahri fuqarolarini qo’rquvga solishda aybladi. Ishonchli manbalarning aytishicha Kabir o’tgan shanba kuni (2014 yil 15 mart) isyonchilar hujum qilgan Mallit mintaqasini ziyorat qilgan, aholi esa uni kutib olishni rad qilgan, u shahardan qaytayotgan chog’da u tushgan avtomashinalar kolonnasi bir qurolli pistirmaga duch kelgan». (Saudiyaning vatan gazetasi, 2014 yil 18 mart). Bir necha davlatlar harbiylaridan tuzilgan tinchlik saqlovchi kuchlarning – Amerika vakilasi ko’rsatib o’tganidek – bu hujumlarga to’sqinlik qilolmagani bu hodisalarni yanada qaynoq va ta’sirli tus oldirdi. Chunki bu kuchlarning barchasi ham Amerikaga tobe bo’lmay, ularning ichida evropaliklarga tobe bo’lgan kuchlar ham bor. Shuning uchun ham Amerika vakilasi bu kuchlarning rolini va ularning evropaliklarga tobe isyonchi harakatlar keltirib chiqargan oxirgi hodisalarning alanga olishiga yo’l qo’ymaslikdan iborat o’z vazifasini bajarmaganligini tanqid qildi.

b) Sudan janubida esa Darfur hodisalari oxirgi oylarda inglizlar malayi Rik Machar Amerika malayi Salva Kiirga qarshi isyon ko’targan hodisalar bilan bir vaqtga to’g’ri keldi. Bu isyon hamon davom etmoqda va Amerikani tashvishga solmoqda, Amerika unga hozirgacha chek qo’ya olgani yo’q… Shunday qilib Yevropa (Britaniya va Frantsiya) Davha hujjati imzolanganidan buyongi nisbiy tinchlikdan keyin Darfurda urushni yangidan avj oldirish uchun o’ziga malay bo’lgan isyonchi harakatlarni harakatga keltirdi… Bu harakatlardan Yevropaning ularni rejalashtirgani aniq ko’rinib turibdi. Maqsad Davha hujjatini imzolamagan harakatlarni ta’sirli shaklda sherik qilishga va ularning maydonga yana qaytishiga ko’nishga majbur qiladigan bir yangi siyosiy voqeni paydo qilishdir. Bu isyonchi harakatlarning evropaliklar tomonidan tayyorlangan reja bilan harakatga kelganini Sudan Ozodlik harakati – axborot ishlari va umumiy aloqalar bo’yicha Manavi qanoti raisi yordamchisi Ubayda Abdulloh Taishiyning aytgan gaplari tasdiqlab turibdi. U bunday dedi: «Harakatning Darfur regionidagi g’alabalari yangi siyosiy voqeni o’rnatdi». (Sudan tribun sahifasi 2014 yil 18 mart).

5 – Bularning barchasi Amerikani o’zining vakilasi orqali Yevropaga Amerika Davha kelishuvini yana muzokaralar stoliga qo’yishga va bu hujjatni imzolamagan isyonchi harakatlarning Davha hujjati bekor qilinishi bilan yoki undagi asosiy bandlarga o’zgarish kiritilishi bilan o’zlari uchun darhol bir «ta’sirli» rol bo’lishi to’g’risidagi istaklarini qabul qilishga tayyor ekanini uqtirish uchun ana shu bayonotlarni berishga majbur qildi… Holbuki Amerikaning aslida bu hujjatdagi asosiy keng ko’lamli rejalarga mahkam yopishib olgani yaxshi ma’lum. Chunki Amerika bu hujjatni o’zining Darfurni ajratib tashlashga oid loyihasi yo’lida tashlangan birinchi qadam va bir muhim yutuq deb hisoblaydi. Bayonotdan maqsad esa Davha kelishuvini imzolamagan harakatlar – to bu kelishuvga bir oz bo’yab-bejashlar kiritilganidan keyin – uni imzolash uchun kelguniga qadar ularni maydonga kiritib turish uchun bir aldovdir, xolos. Amerikaning Darfurda tinchlik Davha hujjatidagi keng ko’lamli rejalarni olib tashlashni istamasligini ko’rsatib turgan dalil Amerika vakilasi Pauerning Addis-Abebada Afrika tinchlik va xavfsizlik konferentsiyasida «Davha hujjati eskirib, unga asoslanib bo’lmaydigan bo’lib qoldi…» deb aytgan ana shu iboraning o’zining rasmiy bayonotiga kiritmaganidir. Pauer bu rasmiy bayonotni ikki kundan keyin chiqardi va u «Amerika tashqi ishlar vazirligi sayti IIP Digital»da 2014 yil 14 martda nashr qilindi. Pauerning ana shu konferentsiyada so’zlagan nutqi Amerika tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida odatdagidek nashr etilmadi, balki Pauerning o’sha konferentsiyada aytgan so’zlarini o’z ichiga olgan bir yangi ifodadagi bayonot qo’yildi, unda faqat ana shu ibora yo’q! Bu esa so’z o’yini bo’layotganini ko’rsatib turibdi. Chunki Pauer ana shu iborani o’z nutqida aytdi, lekin uni tashqi ishlar vazirligining saytida aytmadi, uni rasmiy deb hisoblanib qolmasligi uchun aytmadi, chunki bu saytda nashr qilingan narsa Amerika idorasining siyosatini ifodalaydigan bir rasmiy murojaat bo’lib qoladi. Shunday qilib demak Davha hujjati Amerika yutuqlaridan biri bo’lib, bu hujjat Amerikani Darfur masalasiga – bu masalada bir o’zi xo’jayin bo’lib olishi uchun – mahkam yopishib oladigan qilib qo’ydi. Bu hujjat 2006 yildagi Abuja kelishuvi va 2009 yildagi adolat va tenglik harakati bilan tuzilgan doira kelishuvi kabi Yevropaning qo’li bor kelishuvlarni bekor qildi. Shuning uchun demak Amerikaning bu hujjatdagi asosiy bandlardan voz kechishi ehtimoldan uzoqdir. Amerika bu hujjat ortidan xuddi Nayvasha kelishuviga o’xshab Darfurning o’z taqdirini o’zi belgilashiga oid to’la tinchlik kelishuvini tuzishni rejalashtirmoqda.

6 – Sudanning Amerika vakilasi aytgan gaplarga norozilik sifatida bergan bayonotlari bo’lib ko’ringan narsaga kelsak, bu bayonotlar ko’z bo’yamachilikdan boshqa narsa emas. Bularning barchasidan maqsad Amerika to’qigan aldovni mukammalashtirishdir, xolos. Amerika shu orqali evropaliklarga o’zini Yevropa va uning malaylarini rozi qiladigan rejani – hatto bu reja Sudan rejimini rozi qilmasa ham! – tayyorlayotgan qilib ko’rsatmoqchi. Bundan maqsad Amerikaning rostdan ham Yevropani o’z malaylarini Davha hujjati bo’yicha so’zlashuvlarda ishtirok etishga undashga chaqirayotganiga ishonishni paydo qilishdir. Amerika agar Yevropa malaylari bu muzokaralarni qabul qiladigan bo’lishsa ularning bu kelishuvni bo’yab-bejash bilan band bo’lib qolishlarini, u eriga o’zgartirish kiritish, bu eriga kiritmaslik, qabul qilish va rad etish uchun uzoq vaqt ketishini va ana shu asnoda isyonchilarning harbiy harakatlari o’tmishga aylanmagan taqdirda ham to’xtab, tinchib turishini yaxshi biladi! Bu muzokaralar muhitini loyqalatmaslik lozim, degan bahona bilan bo’ladi. Sudan rejimining Amerika vakilasi gaplaridan norozi bo’lgani bir quruq baqir-chaqirdan boshqa narsa emasligini shu vakilaning o’zi 2014 yil 14 martda o’zining bayonotida bildirgan narsalar aniq ko’rsatib turibdi. Chunki Amerika vakilasi o’sha bayonotida Sudan hukumatining siyosiy dialogga tayyor ekanini aytib, qurolli guruhlarni to’la tinchlik siyosiy echimiga erishish maqsad qilingan shu siyosiy dialogda ishtirok etishga chaqirdi. Vakilaning 2014 yil 14 martda nashr qilingan bayonotida quyidagilar keldi: «Biz Sudan hukumatining yanvar oyida o’zining siyosiy dialogga boshchilik qilishga tayyor ekanini bildirganini albatta hisobga olamiz. Bu dialogda siyosiy qatlamdagi barcha faol kuchlar hamda zo’ravonlikni rad etadigan qurolli jamoalar qatnashadi… Biz barcha qurolli guruhlarni, jumladan Sudan hukumati qo’llab-quvvatlayotgan yarim harbiy jamoatlarni ham barcha zo’ravonlik hujumlariga chek qo’yishga va Sudandagi qonli nizolarni, jumladan Darfur bo’yicha saqlanib qolayotgan kelishmovchiliklarni hal qilishga doir to’la tinchlik echimiga erishish maqsad qilingan siyosiy dialogda ishtirok etishga chaqiramiz…» (Amerika tashqi ishlar vazirligi sayti IIP Digital 2014 yil 14 mart). Bu esa Sudan rejimi bilan Amerika o’rtasida to’la kelishuv borligini va Amerika o’zini zohirda Sudan rejimiga qarshi go’yo ana shu harakatlar tomonida qilib ko’rsatmoqchi ekanini, o’zining go’yo ana shu harakatlar o’z hujumlarini to’xtatib, Amerika nazorati ostida bo’ladigan rejim bilan muzokaralarga kelishi uchun rejimning bu harakatlar talablariga bo’ysunishini istayotgandek qilib ko’rsatmoqchi ekanini ko’rsatib turibdi.

7 – Xulosa: Amerika vakilasining Davha kelishuviga qarshi aytgan gaplari bir aldov, xolos. Maqsad Yevropa va uning malaylarini Amerika ularni Darfur muammosi echimiga sherik qilishni jiddiy istayotganiga ishontirish va Davha kelishuvini Darfur muammosini hal qilish uchun yig’iladigan guruhlar o’rtasida barchaning roziligi bilan va hech qaysi tarafni chetlatmay muhokama qilinishiga rozi ekanligini uqtirishdir… Aslida esa Amerika Davha kelishuvidagi asosiy keng ko’lamli rejalarga mahkam yopishib kelmoqda va o’zining bayonotlari bilan o’zini jiddiy qilib ko’rsatmoqchi, o’zini Yevropa va bu kelishuvni imzolamagan harakatlar manfaatlari tarafdori qilib ko’rsatmoqchi… Ularni bunga ishontirish uchun o’zining go’yo Sudan rejimi bilan kelisholmayotganday ko’rsatib ana shu bayonotlarni berdi! Shuning uchun bularning barchasi –aytib o’tganimizdek – Yevropa va uning malaylarini aldab, ularni Darfur muammosini hal qilish kelishuvi borasidagi siyosiy muzokaraga tortish va ana shundan keyin isyonchi harakatlarni Darfurdagi o’z qurolli amaliyotlarini muzokaralar muhitini bulg’amaslik degan bahona bilan to’xtatishga majbur qilishdir.

Musulmonlar masalalarida mustamlakachi kofir davlatlarning xo’jayin bo’lib olgani juda alamlidir. Bu musulmonlar yurtlaridagi zolim, malay hokimlar ko’zi oldida ro’y bermoqda. Bu mustamlakachilar Islom va uning ahliga qarshi ochiqdan-ochiq makru hiylalarni qilishmoqda, musulmonlar yurtlaridagi bironta hokim bunga yo’q deb qarshi chiqishga jur’at qilolmayapti!

«Mana shu. Albatta, Alloh kofirlarning hiylasini zaif qilguvchi zotdir» [Anfol 18]

23 jumodul-avval

1435h 24 mart 2014m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.