Qayraqumda ShHTga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlarining kengashi bo’lib o’tmoqda

544
0

 012Tojikiston respublikasi So’g’d viloyati Qayraqum shahrida 1 aprel kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlarining navbatdagi uch kunlik yig’ilishi o’z ishini boshladi. Mazkur yig’ilishda O’zbekitondan tashqari, barcha a’zo davlatlarning Mudofaa vazirlari ishtirok etmoqda.

 Uchrashuvda Rossiya, Xitoy, Qozog’iston va Qirg’iziston delegatsiyalarga Mudofaa vazirlari Sergey Shoygu, Chan Vantsyuan, Adilbek Jakshibekov va Taalaybek Umuralievlar boshchilik qilishadi. O’zbekistondan tashrif buyurgan delegatsiyaga esa O’zbekiston Qurolli kuchlari birlashgan shtabi boshlig’i, Mudofaa vazirining birinchi o’rinbosari Baxodir Toshmatov boshchilik qilmoqda.

Tojikiston Mudofaa vaziri Sherali Mirzo raisligida o’tayotgan yig’ilishda, ShHTga a’zo davlatlarning mudofaa vazirliklari o’rtasidagi hamkorlik va harbiy-texnikaviy yordam ko’rsatish sohalaridagi masalalar muxokama qilinadi.

Yig’ilish ishtirokchilari asosiy e’tiborni, terrorizmga qarshi kurash va narkotiklar tarqalishi bilan bog’liq masalalarga qaratadilar. Bundan tashqari Mudofaa vazirlari 2014 yili Xitoyda bo’lib o’tadigan terrorizmga qarshi kurash bo’yicha harbiy o’quv mashg’ulotlari masalalarini ham muxokama qilishlari kutilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.