Rossiya Ukrainaga beradigan tabiiy gazningnarxini oshirdi

459
0

images Rossiya Qrimni o’z tasarrufiga olgandan so’ng Ukraina bilan o’rtasidagi keskinlik tobora ortib bormoqda. Rossiyaning “Gazprom” shirkati Kievga eksport qilinadigan gazning narxini oshirganligini ma’lum qildi. Shu vaqtgacha ming kubametr gazning narxi 268,5 dollar qilib belgilangan edi. Bundan buyon Ukrainaga sotiladigan ming kubametr gazning narxi 385,5 dollar qilib belgilandi.

Shirkat boshqarmasi bergan bayonotda yangi belgilangan narx yilning ikkinchi choragining boshlanishi, ya’ni 1 apreldan kuchga kirganligi ma’lum qilindi.

 “Ukrainaga 268,5 dollarga sotiladigan ming kubametr gazning narxi 1 apreldan e’tiboran 385,5 dollarga ko’tarildi”, dedi Rossiya tabiiy gaz shirkati “Gazprom”ning rahbari Aleksey Miller.

 Ukrainaning Rossiyadan qarzini uza olmayayotganligi haqida so’z yuritgan Miller Kievning energiya bo’yicha 1 milliard 711 million dollar qarzi borligiga urg’u berdi.

 Ayni paytda NATOga a’zo 28 mamlakat tashqi ishlar vazirlari Bryusselda to’planganlar. Yig’ilishdan maqsad Ukrainaga yordam masalasini muhokama qilish ekanligi aytilmoqda.

 Yig’ilish kun tartibiga Boltiq bo’yi mamlakatlarida doimiy harbiy bazalarni joylashtirish masalasi ham kiritilgan. Chunki RossiyaningUkrainaganisbatanamallari Estoniya, Latviya va Litva davlatlarininghamxavotirigasababbo’lmoqda.

Hozirgi paytda Boltiq bo’yi mamlakatlari havo sarhadlarida NATO qiruvchi uchoqlari patruli yo’lga qo’yilgan, bir necha NATO davlatlari mintaqaga yanada ko’proq harbiy uchoq yuborish taklifi bilan chiqqanlar.

Turkiston:

Rossiyaning Qrimga nisbatan uyushtirgan bosqinchiligi, dunyo xamjamiyatini tashvishga soldi. Muammo uning bosqinchiligida emas, chunki bu ular uchun odatiy xol. Muammo Rossiyaning bosqinchilik uslubida.

 Albatta ilgari xuddi shu kabi ishlar AQSh tomonidan bir necha marotaba amalga oshirilgan edi. Masalan Yugoslaviya muammosida Kosova masalasi bo’yicha, Iroq va Afg’onistonni bosib olishida va xokazo. Lekin Angele Merkel aytganidek Rossiya o’z imkoniyatlariga to’g’ri baxo bera olmayapti. Balki to’g’ri baxo berayotganidan shu ishlarga borayotgandir. To’g’ri baxo shuki, dunyo sistemasi bir necha davlatlarning manfaatlari atrofida aylanaveradigan bo’lib qoldi. Rossiya shu davlatlar safidan juda uddabirronlik bilan surib chiqarilmoqda. U xuddi qo’lida quroli bor, lekin xech kimga keragi yo’q askarga o’xshab qoldi. Bu xolat esa uni ertami kech albatta qaddini bukadi va biror davlat yoki tashkilotlardan tuzilgan mexanizmlarga tobe’ qiladi. Bu vaqt masalasi xalos. Rossiya o’zining shu xolatga tushib qolishida xam, uni shu ketishida kutayotgan ertangi kunida xam ana shu dunyo sistemasini aybdor deb biladi. Shuning uchun u xalqaro sistemaga, menga manfaat keltirmagan, aksincha xar tomonlama xavf tug’dirib boshlagan bu sistemani va uning yashirin yoki oshkora qonun qoidalarini buzub yuboraman deb ogoxlantirdi. Bu sistema va uning qadriyatlari, etakchi davlatlar uchun xuddi shamanning dombrasi singari o’ta muxim. Ular butun dunyoni shu yolg’on qadriyatlar negizidagi chirigan demokratiyaga asoslanuvchi sistema bilan boshqarishadi va juda katta manfaatlarni qo’llariga kiritib kelishadi. Rossiya buni bilgan xolida, ularning qiyin axvolga solib qo’ydi. Rossiya bu kurashga chiqishga majbur bo’ldi, maqsadi ilgarigi sherikligini qaytarish va o’ziga bo’lgan e’tiborsizlikka barxam berish. G’arbning muammosi xam shunda, u Rossiya bilan kelishmoqchi, shuning bilan bir qatorda xalqaro normalarni xam o’z joyida ushlab qolishi kerak. Shu masala xozirda ularni boshini qotirgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.