Homila jinsini aniqlash haqidagi savoliga javob

331
0

images (17)

Hizbut Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan Abu Abu Zaydning homila jinsini aniqlash haqidagi savoliga javob

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Mening savolim homila o’tqazish amaliyotida homila jinsini belgilash haqida: homila jinsini belgilash maqsadida homila o’tqazish amaliyotining shar’iy hukmi nima? Rahmat, Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh

Birinchidan: Homila jinsini belgilash haqidagi savolga javob berishdan oldin probirkada urug’lantirish haqida qisqacha eslatib o’tamiz:

Bu erda er-xotinning farzand ko’rishiga monelik qiladigan ba’zi holatlar bor. Bu holatlar ayol tuxumdoni maniydan urug’lanishiga to’sqinlik qiladi. Bu tabiiy yo’l bilan bo’ladi. Masalan, bachadon bo’yni to’silib qolgan bo’lishi yoki spermatozoidlar harakatida qandaydir zaiflik bo’lib, ular tuxumdonga etib borolmasligi yoki bundan boshqa mutaxassislarga ma’lum bo’lgan sabablar bo’lishi mumkin. Shuning uchun ba’zi olimlar tuxumdonni bachadondan tashqarida munosib sharoitlarda probirkada urug’lantirish kerak degan fikrga kelishgan. Bunda ayolga «Klomid» kabi dorilar beriladi. Bu dorilar tuxumdonning bir vaqtning o’zida bir qancha tuxum xujayralarini ajratib chiqarishiga olib keladi. Shundan keyin mutaxassis vrach qorin ichini ko’ruvchi moslama va zondni tuxum xujayralari ajralib chiqayotgani aniqlangan joyga kiritadi va tuxumdondan bir to’p tuxum xujayralarini chiqarib olib, har bir tuxum xujayrasini maxsus suyuqlik ichidagi petri tarelkasiga (Petri Dish) soladi va bu tuxum xujayralari erning spermatozoidi bilan urug’lanadi.

Probirkada urug’lantirish tamomiga etgandan keyin urug’langan tuxum xujayraning «bittasi yoki ko’prog’i» ayol bachadoniga qaytariladi. Agar Alloh Subhanahu bu urug’langan tuxum xujayrasidan bola yaralishini taqdir qilgan bo’lsa, tuxum xujayra bachadonga yopishib oladi va rivojlanib nutfaga, so’ng muzg’aga aylanadi. Agar Alloh Subhanahu taqdir qilmagan bo’lsa, tuxum xujayra o’ladi va yo’q bo’ladi.

Shunga binoan, demak shar’iy hukm quyidagichadir:

Er-xotin tabiiy yo’l bilan homiladorlikka imkon topolmaganlari uchun kasallik muolajasi sifatida bachadondan tashqarida urug’lantirish yo’liga o’tishlari joizdir. Chunki u davolanishdir. Zero Rosululloh A davolanishga buyurdilar. Abu Dovud Usoma Ibn Shuraykdan rivoyat qilgan hadisda Payg’ambar A dedilar:

«تَدَاوَوْا فَإِنَّ اللهَ عَزَّ وَجَلَّ لَمْ يَضَعْ دَاءً إِلاَّ وَضَعَ لَهُ دَوَاءً غَيْرَ دَاءٍ وَاحِدٍ الْهَرَمُ»

«Davolaninglar, chunki Alloh Azza va Jalla biror dardni qo’ygan bo’lsa, albatta uning davosini ham qo’ygan. Biroq bitta dardning – o’limning davosi yo’q».

Lekin bu quyidagi ikki shart bilan joiz bo’ladi:

Birinchi: probirkada urug’lantirish sahih nikoh bitimi bilan nikohlangan er-xotin suvidan bo’lishi lozim. Ruvayfa’ ibn Sobit Ansoriydan rivoyat qilinishicha, Rosululloh A bunday dedilar:

«لاَ يَحِلُّ لِامْرِئٍ يُؤْمِنُ بِاللهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ أَنْ يَسْقِيَ مَاءَهُ زَرْعَ غَيْرِهِ»

«Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan kishining o’z suvi bilan boshqaning ekinzorini sug’orishi halol bo’lmaydi». Bu hadisni Ahmad rivoyat qildi. Demak, har qanday ayol tuxumdonini faqat erining suvidangina urug’lantirish joiz.

Ikkinchi: probirkada urug’lantirish va uni ayol bachadoniga ko’chirish G’arbda bo’layotganidek erning vafotidan keyin emas, hayotlik chog’ida bo’lishi lozim. Chunki g’arbliklar urug’lantirib muzlatib qo’yilgan tuxum xujayrani ona bachadoniga u qachon xohlasa o’sha vaqtda ko’chirishga hech qanday monelik yo’q deb bilishadi. Ayolning eri tirikmi yoki o’lganmi buning ularga farqi yo’q! Islomda bu halol bo’lmaydi. Chunki ayolning homilaning boshlanishidanoq tirik ersiz homilador bo’lishi haromdir va bunga jazo belgilangan. Chunki zinoni isbotlash hujjatlaridan biri ersiz homilador bo’lishdir. Shuning uchun qaysi ayol ersiz homilador bo’lsa, u gunohkor bo’lib, harom va katta gunohni qilgan bo’ladi. Bunga dalil Umar va Ali Gning so’zlaridir. Sahobalardan hech kim Umar va Alining bu so’zlarini inkor qilmaganlar. Holbuki bu ish agar sobit bo’lmaganida edi, sahobalar tomonidan albatta inkor qilinar edi. Shunga ko’ra u ijmo bo’ladi.

Shunday qilib, demak bachadon tashqarisida urug’lantirish, so’ng uni ona bachadoniga ko’chirish er tomonidan xotiniga va erning hayotlik chog’ida bo’lishi lozim. Shunda bu joiz bo’ladi. Ya’ni «probirkalardagi bola» degan narsa mazkur shartlar bilan joizdir.

Ikkinchidan: homila jinsini belgilash:

Qadimdan odamlar o’zlari istagan bolani tanlashga, istamaganlarini esa imkondagi yo’l orqali yo’q qilishga urinib kelishgan.

* Masalan johiliyatda odamlar o’zlariga urushda yordamchi bo’lishlari va nasl-nasabni saqlash uchun o’g’il bola tug’ilishini istashardi. Shuning uchun ular qiz bolalarni tiriklayin ko’mib yuborishardi:

«Tiriklay ko’milgan (har bir) qizdan qanday gunoh sababli o’ldirilgani so’ralganida» [Takvir 8-9]

* Homilador ayol qornidagi narsani tasvirga tushirish imkonini beradigan boshqa vositalar paydo bo’lgach, agar homila er-xotin istamagan jinsdagi bo’lsa, uni ona qornidan tushirib yuborish uchun abortdan foydalanadigan bo’lishdi.

* Bu erda boshqa eskicha urinishlar ham bor.

* Keyinchalik, ayniqsa yangi zamonaviy texnik asboblar paydo bo’lgan paytda homila jinsini tanlashga taalluqli tadqiqotlar paydo bo’ldi. Ulardan eng ko’zga ko’ringanlaridan biri quyidagi ikki yo’l bo’ldi:

Birinchi: Ular bu yo’lni eng texnik yo’l deb aytishdi. U ularning ta’biri bilan aytganda nutfani saralab urug’lantirish yo’lidir. Bu yo’l xromosomalarni, ayolning X xromosomasini erkakning Y xromosomasidan sinov probirkasida ajratib olish uchun, ya’ni uni turli yo’llar bilan tanadan tashqarida ajratib olish uchun tajribalar o’tkazishni taqozo qiladi. Buning uchun esa, tibbiy texnik aralashuv zarur bo’ladi.

Olimlardagi bu g’oya shuki, odamga taalluqli barcha alomatlar 46 xromosomadan iborat, ulardan ikkitasi jinsga aloqador: X va Y. Ayollik xromosomasi XX bilan, erkaklik xromosomasi XY bilan belgilandi. Homila ota-onaning har biridan bittadan xromosoma oladi. Ayol homilaga faqat X xromosoma bera oladi, erkak esa yo X yoki Y. Shunga ko’ra agar tuxumdon X-xromosoma bilan urug’lansa ayol jinsidagi homila paydo bo’ladi, agar Y-xromosoma bilan urug’lansa erkak jinsidagi. Shunga tayanib olimlar X-xromosomali spermatozoid bilan Y-xromosomali spermatozoidni bir-biridan ajratib olishadi, so’ng homila erkak jinsida bo’lishni xohlashsa probirkadagi tuxumdonni Y-xromosomali spermatozoid bilan, agar homila qiz bola bo’lishini istashsa X-xromosomali spermatozoid bilan urug’lantirishadi.

Ikkinchi: ozgina farq bilan birinchisiga o’xshaydi. Bu yo’l probirkada tuxum xujayralarini urug’lantirgandan keyin amalga oshadi. Tuxum xujayralar urug’langanidan keyin tekshirib ko’riladi. XX bilan urug’langan tuxum xujayra qiz bola bo’ladi. XY bilan urug’langan tuxum xujayra o’g’il bola bo’ladi. Shuning uchun qaysi ayol homilasi o’g’il bola bo’lishini xohlasa, uning bachadoniga XY bilan urug’langan tuxum xujayra o’tqaziladi. Agar homilasi qiz bola bo’lishini xohlasa uning bachadoniga XX bilan urug’langan tuxum xujayra o’tqaziladi. Ikkala yo’l ham maqsad jihatidan bir-biriga o’xshashdir. Lekin birinchisida spermatozoid urug’lanishdan oldin tekshirib ko’riladi va erkaklik qismi ayollik qismidan ajratib olinadi. Ikkinchi yo’lda esa, urug’langan tuxum xujayra, ya’ni «homila» tekshirib ko’riladi va shundan keyin erkak homila yoki ayol homila ekanligi ajratib olinadi.

Insonning qadimdan to hozirgi asrimizgacha tug’ilajak bolaning jinsini tanlashga oid bir talay urinishlari mana shulardir.

Voqeni bilib olingandan keyin, ya’ni manot haqiqatini o’rganib chiqilgandan keyin shar’iy hukmni quyidagicha bayon qilamiz:

a) Istalmagan go’dakni o’ldirish haromdir. Chunki u bir jonni ataylab qasddan o’ldirishdir. Uning oxiratdagi jazosi jahannamda abadiy qolishdir.

«Kim qasddan bir mo’minni o’ldirsa, uning jazosi jahannam bo’lib, o’sha joyda abadiy qolajak. Va u Allohning g’azabi va la’natiga duchor bo’lgan, Alloh uning uchun ulug’ azobni tayyorlab qo’ygandir» [Niso 93]

Uning dunyodagi jazosi esa qonini to’kish bilan qasos olish, ya’ni o’ldirilganning valiysi afv etmasa yoki diya olmasa o’ldirishdir.

b) Ona qornidagi homilani – ahli uning o’zlari istamagan homila ekanini bilishgan paytda, masalan homila qiz bola bo’lishi, ota esa o’g’il bo’lishini istashi kabi – o’ldirishga kelsak, u ham haromdir va uning uchun jazo belgilangan. Buxoriy va Muslim Abu Hurayra orqali ushbu hadisni rivoyat qildi, lafz Buxoriyniki: «Huzayldan ikki ayol bir-biri bilan urishib biri ikkinchisiga tosh otib, uni va qornidagi homilasini o’ldirib qo’ydi. Shundan so’ng (qarindoshlari) Rosululloh A huzuriga janjallashib kelishdi. Rosululloh A uning homilasi diyasini bir yaxshi qul yoki cho’ri qilib hukm qildilar».

v) Spermatozoidlarning erkak qismini ayol qismidan ajratish, so’ngra tuxum xujayrani – agar o’g’il tug’ilishini istashsa – erkak qism bilan, agar qiz tug’ilishini istashsa – ayol qismi bilan urug’lantirishga kelsak, yoki erkak homilani ayol homiladan ajratib olishga kelsak, bular joiz bo’lmagan amaliyotlardir. Chunki bular davo emas, ya’ni homilador bo’lmayotgan ayolni homilador bo’lishi uchun muolaja qilingan bir muolaja emas. Boshqacha aytganda, xotinning tuxum xujayrasini tabiiy yo’l bilan erning spermatozoidi bilan urug’lantirish imkoniyati yo’qligi uchun probirkada tuxum xujayrani urug’lantirish uchun davolash yo’liga o’tilgan bir muolaja emas. Aksincha bular spermatozoiddagi erkaklik qismlarini ayollik qismlaridan ajratib olishga yoki homilalarni ajratib olishga taalluqli bo’lgan boshqa ish bo’lib, bu ish ayolning tabiiy yo’l bilan homilador bo’lishi qiyinligini muolaja qilish emas. Ya’ni bu amaliyotlar homilador bo’lmaslik kasalini davolash emas. Chunki bu amaliyotlar faqat avratlarni ochish bilangina o’tkaziladi. Chunki tuxum xujayralarni olish va ularni qaytarib o’tqazish shuni talab qiladi. Avratlarni ochish esa haromdir. Bu harom faqat davolashdagina joiz bo’ladi. Modomiki bu amaliyotlar davolanish emas ekan, demak ular harom bo’lib, hecham joiz bo’lmaydi.

So’zim yakunida shuni aytmoqchimanki, Alloh Subhanahu:

«O’qing! Sizning Parvardigoringiz (insoniyatga) qalamni (ya’ni yozishni-xatni) o’rgatgan o’ta karamli zotdir. U zot insonga uning bilmagan narsalarini o’rgatdi» [Alaq 3-5] deb aytgan ilmni shariat hukmlariga muvofiq yaxshilikda ishlatish ham mumkin, bu sababli shu ilm egasiga ajr bo’ladi. Uni yomonlikda ishlatish ham mumkin, bunda ilm egasi gunohkor bo’ladi. Bu holatda ilm insoniyatga yomon oqibatlarni olib keladi. G’arb davlatlarida kuzatilayotgan nasablarning aralash-quralash bo’lib ketgani, spermalar, tuxum xujayralar va homilalarni muzlatib qo’yish banklari, ularni oldi-sotdi qilishlar, bularning barchasidan badanlar titrab ketadi. Alloh Subhanahu bu yovuzlar haqida bunday deb haqqi rost aytdi:

«Ularning dillari boru anglay olmaydilar, ko’zlari boru ko’ra olmaydilar, quloqlari boru eshitmaydilar. Ular chorvalar kabidirlar, yo’q, ular (beaql, befahmlikda) chorvalardan ham battardirlar. Ana o’shalar g’aflatda qolgan kimsalardir» [A’rof 179]

Alloh Subhanahu ilmlarni bu koinotga omonat qilib qo’ydi va insonga bilmagan narsasini bildirib, unga – imon keltirgan kishilarning imoni yanada ziyoda bo’lishi uchun, kofir bo’lgan kimsalarning esa yuztuban ketib, dunyoda sharmanda, oxiratda esa alamli azobda bo’lishi uchun – aql, tafakkur va tadabbur xususiyatlarini joylab qo’ydi.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

10 safar 1435h

13 dekabr 2013m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.