Suriya hukumati muxolafati bilan hamkorlik qilishga tayyor

399
0

RUSSIA-SYRIA-LAVROV-MUALLEM

Suriya hukumati Islom va musulmonlarga qarshi kurash olib borish uchun muxolifat bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Bu haqida Suriya tashqi ishlar vaziri Valid Muallim bugun rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan Moskvada uchrashgan paytda ma’lum qildi.

Muallim 22 yanvarda belgilangan Jeneva-2 konferentsiyasiga ishtirok etishga bo’lgan Asad rejimining pozitsiyasini bildirar ekan, Suriya hukumatining birlamchi vazifasi – uning ta’biri bilan aytganda – “Terrorizm”ga qarshi kurash bo’lib qolishini ma’lum qildi. U bu borada Suriya muxolafati bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

O’z navbatida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriyalik hamkasbi Valid Muallim bilan o’tkazgan mushtarak matbuot anjumanida Suriya muxolafati, ya’ni Suriya milliy koalitsiyasi Jeneva-2 konferentsiyasiga ishtirok etishini ochiq aytmayotganligidan tashvishda ekanligini bildirdi. “Biz Suriya milliy koalitsiyasi Jeneva-2 konferentsiyasiga ishtirok etishini ta’kidlamayotganligidan tashvishdamiz”, dedi u.

Lavrov bugun, ya’ni 17 yanvar kuni Moskvada Suriya davlat vakili Valid Muallim bilan so’zlashuvni boshlashidayoq Jeneva-2 konferentsiyasiga ishtirok etishga qarshi to’siqlar haqida so’z boshladi. “Bu erda to’siqlar paydo qilish va konferentsiyani yo’qqa chiqarish uchun urinishlar bo’lmoqda”, dedi u so’z boshlar ekan.

“Muhimi, bu bosqichda fikrlar almashishimiz va Jeneva-2 konferentsiyasiga qarshi harakatlar muvaffaqiyat qozonmasligi uchun bor kuchimiz bilan harakat qilishimiz lozim. Bu esa siyosiy iroda, matonat va kuch qudrat talab qiladi. Umid qilamizki, Suriya hukumati aynan mana shu asosga tayanadi”, dedi u so’zi davomida.

Turkiston: Bu milliy koalitsiya muxolifot birlashmasi, asli muxolif yoki inqilobiy quvvat bo’lgan emas. Ularni G’arb, Asad o’rniga yoki xozirgidek uning yoniga ko’makchi bo’lib qolishi mumkunligi umidida tashkil etgan. Xozir dunyo sistemasi Asad rejimining g’alaba qozonishi mumkinligidan, yoki o’zlari uyushtirgan muxolif milliy koalitsiyasining xokimiyatga kalishidan umidlarini uzdi. Ular makr qilishda Olloxga engilganlarini tan olib, o’zlariga tobe’ kuchlarning barchasini maydonga tortib, ochiq kurashga chiqishmoqchi. Chunki Asadni tashqi kuchlar uzoq ushlab tura olmaydi. AQSh bularni barchasini Suriyaga olib kirib, mujohidlarga qarshi qo’yib, xuddi Afg’onistondagi Karzay singari grajdanlar urushini uyushtirib, o’zlari faqat maxfiy yoki oshkora ta’minot bilan shug’ullanishmoqchi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.