O’zbekistonda ayollar saraton kasalliklari masalasi bo’yicha AQSh olim va doktorlari ishtirokida o’zbek-amerika seminari bo’lib o’tadi.

412
0

Akademik V. Vohidov nomidagi Davlat mahsus jarroxlik markazida 18 fevral kuni ayollar ko’krak bezi saraton kasalligini aniqlash va oldini olishlikka ixtisoslashgan tibbiyotning hamda zamonaviy jihatlarning ahvoli masalalariga bag’ishlangan o’zbek-amerika muloqoti bo’lib o’tadi. Bu tadbirda Amerikaning taniqli vrach va professorlari ishtirok etadi.Uyushtiruvchilarning so’zlariga ko’ra, seminarda 300 kishi qatnashadi. Ular orasida ko’krak bezi saraton kasalligiga chalingan ayollar ham bo’ladi. Seminarda saraton kasalligini aniqlash, oldini olish hamda davolash mavzulari muhokama qilinadi.Seminardan so’ng Amerika vrachlarining tajriba darslari namoish qilinadi.

1970 yillardan keyin rivojlangan mamlakatlarda ayollarning ko’krak bezi saraton kasalligiga chalinish holatlari keskin ravishda oshib ketdi. Bu favqulotda hodisaning asosiy sabablaridan biri deb, rivojlangan mamlakatlardagi o’zgargan turmush tarzini xisoblaydilar, ya’ni ayollarning ona bo’lish holatlari kamayib ketgan. Tug’ilayotgan farzandlar ham ona ko’kragini deyarli emmaydi.

Endi O’zbekistonga kelsak, musulmon oilalarining ko’p farzandli bo’lishligi Shariat talablaridan. Shu talabga javob berib kelgan vaqtlarida o’zbek ayollari, unga chalinish u yoqda tursin, ko’krak bezi saraton kasalligi haqida hech narsa eshitmagan edi ham. Ahvol O’zbekistonda kam farzandlik oila haqida turli qaror va ko’rsatmalar chiqa boshlagandan buyon yomonlashib bormoqda.

Mamlakatdagi bu holat G’arb manfaatlaridan bo’lib, ular bir nechtadir: Musulmonlarning dunyodagi sonini, buning bilan ularning quvvatini kamaytirish; oila o’chog’i posboni, farzandlarning asosiy tarbiyachisi onani faqat o’z sog’ligi haqida qayg’urib, farzandlarini ham mana shu qayg’uga sherik qilib, Islomning asosiy qadriyatlaridan bo’lgan olam musulmonlari azizligi haqida qayg’urmaydigan, ularning xorlanayotganlarini sezmaydigan qilib qo’yish. Manfaatlardan yana biri – farmatseftik kampaniyalarning qimmatbaxo dorilariga talabni oshirib, ularning bozorini chaqqonlatish. Aslida, bu kampaniyalar dorilari bir kasallikni davolasa, ikkinchisini keltirb chiqaradi, natijada yangi dardning dorilariga talab paydo bo’ladi.

Bu seminarlar esa mana shu manfaatlarga kiygizilgan niqob, muammoning haqiqiy echimidan chalg’itish hamda muammoni yanada keskinlashtirishdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.